OJS Tashkent State University of Economics
Not a member yet
554 research outputs found
Sort by
TANLANMA OBYEKTLARI ORASIDAGI YASHIRIN QONUNIYATLARNI ANIQLASH
Maqolada berilganlarni intellektual tahlil qilish yo‘li bilan yashirin qonuniyatlarni topish, hamda topilgan qonuniyatlarga asoslanib qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lgan arpa navlarini aniqlash masalasi qaralgan. Natija sifatida arpa navlarining qurg‘oqchilikka chidamliligini ta’minlovchi informativ alomatlar aniqlangan
VIDEO ANALYTICS TERMS, AREAS OF APPLICATION, VIDEO TECHNOLOGIES CONTENT ANALYSIS
Video analytics is a technology that uses computer vision methods to automatically obtain various data based on the analysis of a sequence of images coming from video cameras in real time or from archived recordings. Video analytics is software for working with video content . The software is based on a set of computer vision algorithms that allow video monitoring and data analysis without direct human intervention. Video analytics algorithms can be integrated into various business systems, most often used in video surveillance and other security areas.
MATNLARNI RAQAMLASHTIRISH VA MASHINALI O‘QITISHDA WORD2VEC METODINING AHAMIYATI
Tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) ‒ tilshunoslik, kompyuter fanlari, sun’iy intellektning kompyuter va insonning o‘zaro ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘limi. U asosan, tabiiy tilni qayta ishlash va baholash uchun metod, algoritm va axborot tizimlarini loyihalash, ishlab chiqish masalalari bilan shug‘ullanadi. Hozirda NLP usullari vositasida katta hajmdagi til korpuslari va millionlab veb-sahifalar bir soniya ichida tahlil qilinadi. Shuningdek, NLP vazifalarini yechishda statistik va neyron tarmoqli metodlar qo‘l kelmoqda. Ko‘pgina NLP ilovalari chuqur neyron tarmoq usullaridan foydalanib, texnologik taraqqiyot, kompyuter quvvatining ortishi va katta hajmdagi til korpuslarining mavjudligi tufayli samarali ishlamoqda. Matnli ma’lumotlarining aksariyati strukturlanmagan, Internetda mavjud yoki turli manbalarda joylashgan. Matnli ma’lumotlar to‘g‘ri olingan, jamlangan, formatlangan va tahlil qilingan bo‘lsa, ahamiyatli va foydali bo‘la oladi. Matn tahlilini to‘g‘ri amalga oshirish kompaniya va tashkilotlarga turli yo‘llar bilan foyda keltirishi mumkin. Strukturalanmagan matnni tahlil qilish usullari matn tasnifi, hissiyotlarni tahlil qilish, NER obyektlarni aniqlash va mavzuni modellashtirish kabi vazifalarini qamrab oladi. NLPning ushbu vazifalari turli kontekstlarda qo‘llaniladi. Ularni bajarish uchun, birinchi navbatda, mashina inson tilini tushunishi, qayta ishlashi uchun nutq va matnlarni raqamli shaklga o‘tkazish zarur. Tabiiy tilni talqin qiluvchi, tushunuvchi aqlli tizimlarni ishlab chiqishda strukturlanmagan matnli ma’lumotlar bilan ishlash, ularni sun’iy intellekt metodlari vositasida qayta ishlash maqsadida raqamli shaklga o‘tkazish lozim. So‘zlarni joylashtirish – bu tabiiy tildagi leksik birliklarning umumiy semantikasi va lingvistik shablonlarini qamrab oluvchi so‘zlarning muayyan (fiksirlangan) uzunlikdagi vektor ko‘rinishlari. NLP tadqiqotchilari bunday tasvirlarni olishning turli usullarini taklif qilishgan. Jumladan, Word2ec 2013-yilda Google kompyaniyasi tadqiqotchilari tomonidan ishlab chiqilgan matnni qayta ishlashga va raqamlashtirishga mo‘ljallangan metod bo‘lib, uning asosiy maqsadi so‘zlarni vektorlar orqali ifodalashdan iborat. Word2vec metodi vostasida matndagi so‘zlarning semantikasi ma’no jihatdan kodlanadi. Ushbu maqolada Python tilidagi NumPy paketidan foydalangan holda word2vec metodi orqali o‘zbek tili matnlaridagi so‘zlarni raqamlashtirishni amalda qo‘llash masalasi tahlil qilinadi
VIZUALIZATSIYA MASALALARIDA SUN’IY INTELLEKTNING ROLI
Maqоlada ma’lumоtlarni vizualizatsiya qilish muammоlari va bu muammоlarni hal qilishda sun’iy intellektning pоtensial rоli muhоkama qilinadi. Maqоlada ma’lumоtlarni samarali vizualizatsiya qilish zarurati, ma’lumоtlarni vizualizatsiya qilishning an’anaviy usullarining cheklоvlari, ma’lumоtlarni vizualizatsiya qilishni yaxshilashda AIning rоli, sun’iy intellektga asоslangan ma’lumоtlarni vizualizatsiya qilish bо‘yicha axlоqiy mulоhazalar va fоydalanuvchiga yо‘naltirilgan dizaynning ahamiyati kabi mavzular yоritilgan. Maqоlada, shuningdek, murakkab muammоlarni hal qilishda ma’lumоtlarni vizualizatsiya qilish va AI imkоniyatlari ta’kidlangan, shu bilan birga ulardan fоydalanishda ehtiyоtkоrlik va mas’uliyat zarurligi ta’kidlangan. Umuman оlganda, maqоlada ma’lumоtlarni vizualizatsiya qilish bilan bоg‘liq muammоlar va ushbu muammоlarni hal qilishda AI salоhiyati har tоmоnlama va chuqur о‘rganiladi
SURUNKALI KASALLIKLARNI MASOFADAN MONITORING QILUVCHI DASTURIY ILOVA ISHLAB CHIQISH
So‘nggi o‘n yil ichida bemorlarning sog‘lig‘ini masofadan nazorat qilish tizimlariga katta e’tibor berildi. Keksayib qolgan aholi sonining ko‘payishi va tibbiy yordamning yuqori narxi bemorlarning ahvolini masofadan nazorat qilishni ta’minlashda katta rol o‘ynaydi. Maqolaning maqsadi surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarning sog‘lig‘ini masofadan turib kuzatish uchun smartfon dasturiy ilovasini ishlab chiqish jarayoniga bag‘ishlanadi. Tavsiya etilgan tizim uch xil turdagi diabet 2-tur, aretrial gipertoniya va yurak qon tomir kasalliklari kabi surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarning ahvoli to‘g‘risida mutaxassisga yoki shifokorga tashvishli xabarlarni va monitoring tizimiga hisobotlarni yuborishi mumkin. Ushbu hisobotlar davolovchi shifokor tomonidan istalgan vaqtda dunyoning istalgan nuqtasidan kerakli tavsiyalar berish uchun ishlatilishi mumkin
HUJJATLARDAN JADVALLARNI CHIQARIB OLISH MASALASI, USULLARI VA DASTURIY TA’MINOTLAR TAHLILI
Hozirgi kunda matnli elektron hujjatlarni bir maqsad yo’lida qayta ishlash, jumladan, hujjat matnini mavzusiga ko’ra tasniflash, NLP algoritimlari, kalit so’zlar yordamida zarur axborot birliklarini chiqarib olish borasida juda ham ko’plagan ilmiy amaliy tadqiqot ishlari olib borilgan va bu davom etmoqda. Natijada matnlarni qayta ishlash va zarur axborotlarni chiqarib olishga qaratilgan Text Mining, sun’iy intelekt va ML vositalari asosida dasturiy ta’minotlar amaliyotga joriy etilmoqda. Mazkur maqola hujjatlardan jadvallarni ajratib va undagi ma’lumotlarni chiqarib olish borasidagi ilmiy-amaliy tadqiqotlar tahlil qilinadi
TIBBIY TASVIR TAHLILINING DEEP LEARNING YORDAMIDA RIVOJLANISH TENDENSIYASI
Ushbu maqola tibbiy tasvirlarni deep learning (chuqur o‘qitish) algoritmlari yordamida tahlil qilish asoslari va ustunliklari keltirilgan, neyron tarmoqlari va deep learning modellarning hisoblash nazariyalari va ular asosida ma’lumotlarni samarali tahlil qilish usullari tushuntirilgan. Tibbiy tasvirlashda turli ilovalar uchun deep learning modellardan foydalangan holda so‘nggi tadqiqotlar, jumladan, organlarni va to‘qimalarni segmentatsiyalash, obyektlar va hujayralar xususiyatlarini tahlil qilish, kompyuter yordamida tashxis qo‘yish kabi tadqiqotlar tahlil qilingan
БИЛИМЛАР БАЗАСИНИ ЛОЙИҲАЛАШ ВА БОШҚАРИШ
Катта ҳажмдаги маълумотлардан керакли ахборотни излашда инструментал дастурий модулларнинг ҳаёт циклини узайтириш ҳамда самарадорлигини ошириш учун ишлатиладиган технологиялар, интеллектуал тизимлари, ақлли дастурий маҳсулотлар яратиш ва жорий қилиш муҳимдир. Хизмат кўрсатиш соҳаларда фойдаланилаётган ахборот тизимлари ва уларнинг дастурий таъминотларини яратишда, уларга кўмаклашувчи самарали ҳисоблаш алгоритмларни ишлаб чиқиш муаммолари долзар
SHAXSNI TANIB OLUVCHI BIOMETRIK TIZIMLAR
Ushbu maqolada shaxsni identifikatsiyalovchi biometrik tizimlarda koʻp faktorli biometrik tizimnig tadbiqi taklif qilingan. Xаvfsizlik – hаr kuni biz tо‘qnаshаdigаn hаyоtimizning jihаti eshikni qulflаymiz, qimmаtbаhо nаrsаlаrni begоnа kо‘zlаrdаn berkitаmiz vа hаmyоnni duch kelgаn jоydа qоldirmаymiz. Bu "rаqаmli dunyоgа" hаm rаsm bо‘lishi shаrt, chunki hаr bir fоydаlаnuvchining kоmpyuteri qаrоqchi hujumi оb’ekti bо‘lishi mumkin. Hоzirgi kundа butun dunyо mаmlаkаtlаridа аxbоrоtni muhоfаzа qilish dаvlаt tizimining tаshkiliy аsоslаri vа vаzifаlаrini о‘rgаnish, аxbоrоt xаvfsizligi vа mа’lumоtlаrni muhоfаzа qilish sоhаsidаgi xаlqаrо tаjribа, аxbоrоt xаvfsizligini tа’minlаshning usul vа vоsitаlаri hаmdа mа’lumоtlаrni muhоfаzа qilishning kоmpleks tizimlаrini yаrаtish, shаxs, jаmiyаt vа dаvlаtning аxbоrоt xаvfsizligi, dаvlаt оrgаnlаrining аxbоrоt xаvfsizligini tа’minlаsh sоhаsidаgi аsоsiy fаоliyаt yо‘nаlishlаri, аxbоrоt xаvfsizligining оbyektlаri, tаhdidlаr vа ulаrning mаnbаlаri, аxbоrоtlаrni kriptоgrаfik vа texnik himоyаlаsh аsоslаri, аxbоrоtlаrni muhоfаzа qilishning tаshkiliy chоrа-tаdbirlаrini ishlаb chiqish keng yо’lgа qо’yilgаn vа buni tаkоmillаshtirish bо’yichа qаtоr ishlаr qilinmоqdа. Taklif etilgan koʻp faktorli biometrik texnologiyalarni tasniflashda, ishlatiluvchi biometrik alomatlar turi bo’yicha, biometrik tizimlar ikki guruhga ajratilib olindi. Biometrik parametrlardan koʻplab sohalarda xavfsizlikni ta\u27minlash maqsadida foydalanilib kelinmoqda. Mobil qurilmalarda turli biometrik parametrlardan autentifikasiyalash jarayonida foydalanilishi, ulardan mobayl bankingda autentifikasiyalashda ham foydalanish imkoniyati keltirib chiqardi. Shaxsni aniqlashning yuqori ishonchliligini ta\u27minlovchi biometrik texnologiyalarining xarakteristikalari koʻrib chiqilgan
КОРПОРАТИВ ЭЛЕКТРОН КУТУБХОНА ТИЗИМЛАРИДА ЮРИДИК АДАБИЁТЛАРНИ ИНТЕЛЛЕКТУАЛ ҚИДИРИШ ТИЗИМИ ФУНКЦИОНАЛ ТУЗИЛМАСИ
Ҳуқуқшунослик соҳасидаги илмий ва ўқув адабиётларни қидириш илғор тажрибаларини таҳлил қилиш тегишли ва ишончли адабиётларни қидиришнинг энг самарали усуллари ва воситаларини аниқлашга имкон беради. Илмий журналлар, электрон кутубхоналар ва маълумотлар базалари каби онлайн манбалардан фойдаланиш энг кенг тарқалган усуллардан биридир. Ушбу манбалар ҳуқуқшуносликнинг турли масалалари бўйича катта ҳажмдаги маълумотларга киришни таъминлайди, бу эса ҳуқуқшунослар ва талабаларга керакли материалларни тезда топишга имкон беради. Ахборотни самарали қидириш учун турли хил воситалар, жумладан калит сўзлар, қидирув филтрлари ва натижаларни долзарблиги бўйича саралаш, семантик алоқаларни ўрнатиш усуллари қўлланилади. Ушбу мақолада юридик адабиётларни интеллектуал қидириш тизими функционал тузилмаси ёритилган бўлиб, интеллектуал қидирув тизимлари қуйитизимлари ва улар ўртасида алоқаларни таъминлаш, эксперт билимларидан фойдаланиш жараёнлари кўрсатиб ўтилган