OJS Tashkent State University of Economics
Not a member yet
    554 research outputs found

    O‘ZBEK TILIDAGI SHARHLARNING ARIM MODELI ORQLI SENTIMENT REYTINGINI ANIQLASH

    No full text
    Foydalanuvchi sharhlari faqat umumiy reytingdan iborat bo‘lmay, balki bir nechta o‘ziga xos jihatlar bo‘yicha batafsil baholashlarni ham o‘z ichiga oladi va tushuntirish matni bilan birga keladi. Umumiy reyting odatda taqrizchining umumiy qoniqish darajasini raqamli ko‘rsatkich sifatida aks ettiradi. Aspektga oid reytinglarni o‘z ichiga olgan sharhlar soni ortib borayotgan bo‘lsa-da, sharhlarning sezilarli qismi hamon faqat umumiy reytingni o‘z ichiga oladi. Bunday sharhlardan yashirin aspekt darajasidagi fikrlarni avtomatik ravishda ajratib olish foydalanuvchilarga to‘liq matnni o‘qimasdan asosiy nuqtalarni tushunish imkonini beradi. Bu vazifa asosan ikkita kichik vazifani o‘z ichiga oladi: aspektni aniqlash va aspektga oid reytingni bashorat qilish. Ko‘pchilik mavjud tadqiqotlar so‘nggi yillarda ko‘payib borayotgan aspektlar baholaridan foydalana olmaydi. Ushbu maqolada, biz baholanmagan sharhlar ustidan aspektlar bahosi chiqarish samaradorligini oshirivuchi ikkita sun’iy intellekt modelini ko‘rib chiqamiz. Xususan, biz sentiment so‘zlari va aspektlar baholarini hosil qiluvchi jihat darajasidagi sentiment taqsimotlarini ko‘rib chiqamiz

    SUN’IY INTELLEKT KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKDA RAQOBATBARDOSHLIK OMILI SIFATIDA

    No full text
    Sun’iy intellekt tadbirkorlar uchun mijozlarga xizmat ko‘rsatishdan tortib, ma’lumotlarni tahlil qilish va kontent yaratishgacha bo‘lgan keng ko‘lamli muammolarni hal qilishga, tezroq va samaraliroq ishlashga yordam beradigan kuchli vositadir. Ba’zi kompaniyalar mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati va tezligini oshiradigan vositalarni joriy qilmoqdalar. Boshqalar esa katta hajmdagi maʼlumotlarni tahlil qilish yoki oddiy vazifalarni avtomatlashtirish uchun sunʼiy intellektdan foydalanadilar. Ushbu maqolada biz sunʼiy intellekt tadbirkorlarga biznes jarayonlarini optimallashtirish va yuqori samaradorlikka erishish hamda raqobatbardoshlikni oshiruvchi muhim omil sifatida ko‘rib chiqamiz

    TIBBIYOTDA IOT TEXNOLOGIYALARINI QO’LLASHNING ZAMONAVIY YONDOSHUVLARI TAHLILI

    No full text
    Ushbu maqola tibbiyotda Internet of Things (IoT) texnologiyalarini qo‘llash tajribalarini tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor masofaviy bemor monitoringi, kardiologiya, endokrinologiya va nevrologiya/reabilitatsiya sohalariga qaratilgan. Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, AQSh, Xitoy, Yaponiya va Germaniya, Hindiston, Fransiya, Buyuk Britaniya, Finlyandiya Saudiya Arabistoni davlatlarida tibbiyot sohasida IoT texnologiyalari jadal rivojlanmoqda. Amaliy misollarda diabetni boshqarishda doimiy glyukoza monitoringi, yurak kasalliklarida aqlli soatlar, reabilitatsiyada esa egzoskelet va VR/AR tizimlarining qo‘llanishi keltirilgan. Shu bilan birga, ma’lumotlar xavfsizligi, qurilmalar standartlashuvi va infratuzilma cheklovlari asosiy muammo sifatida ko‘rsatib o’tilgan. Yechim sifatida esa xalqaro standartlarni joriy etish, ma’lumotlarni himoya qilishni kuchaytirish va IoT’ni sun’iy intellekt hamda 5G texnologiyalari bilan integratsiya qilish taklif qilindi

    MINTAQA IQTISODIY BARQARORLIGINI BAHOLASH INDIKATORLARI VA USLUBLARI

    No full text
    Mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish faqat yalpi iqtisodiy o‘sish emas, balki iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik barqarorlikni uyg‘unlashtirgan kompleks yondashuvni talab etadi. Barqaror rivojlanish indeksi (BRI)ni shakllantirishda iqtisodiy, raqamli, ijtimoiy, ekologik va innovatsion yo‘nalishlardagi ko‘rsatkichlar integratsiyalashgan holda qo‘llanildi. Natijalar hududiy rivojlanishni matematik asosda baholash, resurslardan oqilona foydalanish va strategik ustuvor yo‘nalishlarni belgilash imkonini beradi

    ABOUT ONE METHOD OF FORMING CADASTRAL INFORMATION OF TELECOMMUNICATION FACILITIES

    No full text
    This article presents a method for creating a digital cadastre of telecommunications facilities based on the principles of single data entry, continuous event-driven updating, spatiotemporal modeling, and integration with departmental information systems. The proposed architecture improves the reliability and manageability of cadastral data, as well as regulatory compatibility with national and international standards. The article discusses the stages of method implementation, including data collection, standardization, database formation, quality control, and monitoring. It is shown that the application of the developed approach improves the integral quality of data, reduces updating time, reduces the number of duplicate records, and increases infrastructure coverage. The practical significance lies in the formation of a reliable information foundation for planning and regulating the development of telecommunications networks within the digital economy

    SUN’IY YO‘LDOSH TASVIRLARI VA SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA OROL DENGIZI HUDUDLARINI TADQIQ ETISH: TAJRIBALAR VA ILMIY MUAMMOLAR

    No full text
    Orol dengizi ekologik inqirozining oqibatlarini o‘rganish, uning geografik va ekologik holatini monitoring qilish dolzarb bo‘lgan ilmiy-texnik muammolardan hisoblanadi. Ushbu maqolada Orol dengizi hududlarida hozirgi kunga qadar olib borilgan ilmiy izlanishlar, mavjud muammolar va sun’iy yo‘ldosh tasvirlari hamda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari yordamida tadqiq qilish tahlil qilingan. Xususan, mashinali o‘qitish (MO‘) va chuqur o‘qitish (ChO‘) algoritmlarining tuproq sho‘rlanishi, o‘simlik qoplamining o‘zgarishi hamda suv sathining pasayishini aniqlashdagi roli ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, mavjud geoma’lumotlar bazalari, ulardan foydalanish, sun’iy intellekt modellari uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar to‘plamlariga dastkabki ishlov berish usullari tahlil etilgan. Maqola yakunida Orolbo‘yi mintaqasida SI asosida samarali monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish uchun taklif va tavsiyalar berilgan

    KVANT HISOBLASH ASOSIDA FAKTORIZATSIYA MASALASINI YECHISHDA SHOR ALGORITMIDAN FOYDALANISH

    No full text
    Mazkur maqolada kvant hisoblash nazariyasining Piter Shor tomonidan 1994-yilda ishlab chiqilgan Shor algoritmi tahlil qilinadi. Ushbu algoritm butun sonlarni faktorlash  masalasini polinomial vaqt ichida yechimini topish imkonini beruvchi kvant yondashuvni taqdim etadi. Maqolada Shor algoritmining kvant va klassik qismlari batafsil yoritilgan, kvant Furye transformatsiyasi yordamida funksiyaning davrini topish jarayoni va undan foydalanib faktorizatsiyani amalga oshirish bosqichlari tushuntirilgan. Asosiy e’tibor algoritmning amaliy qo‘llanilishiga, xususan qishloq xo‘jaligi sohasidagi ma’lumotlarni shifrlash va identifikatsiya qilish jarayonlarida foydalanish imkoniyatlariga qaratilgan. Maqolada Shor algoritmi yordamida shifrlangan urug‘ turlarining kodlari faktorizatsiya qilinib, ularning asl identifikatorlari aniqlanadi. Shu orqali kvant algoritmlarni agroinformatika, raqamli urug‘ identifikatsiyasi, va ma’lumotlarni xavfsiz saqlash tizimlarida qo‘llash istiqbollari asoslab berilgan

    NARXLARNI MONOPOLIYAGA QARSHI TARTIBGA SOLISHNING BOZOR INSTITUTSIONALIZATSIYASINING MAKROIQTISODIY USTUVORLIKLARI

    No full text
    Maqolada monopoliyaga qarshi davlat tomonidan narxlarni tartibga solishning bozor institutsionalizatsiyasining makroiqtisodiy ustuvorliklari o‘rganilgan.  Monopoliyaga qarshi tartibga solishning makroiqtisodiy ustunvorliklarining tahlili amalga oshirilgan.  Narxlarni monopoliyaga qarshi tartibga solish mexanizmini takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha xulosa va takliflar ishlab chiqilgan

    GASTROENTEROLOGIK KASALLIKLARNI KOʻP MEZONLI TASHXISLASH JARAYONLARI UCHUN AXBOROT MODELI

    No full text
    Mazkur tadqiqot ishida gastroenterologik kasalliklarni ko‘p mezonli tashxislash jarayonlarini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan axborot modeli ishlab chiqilgan bo‘lib, taklif etilgan model bemordan olinadigan elektrogastrogramma signallari, klinik simptomlar, laborator va instrumental tekshiruv natijalarini kompleks tahlil qilishga asoslanadi. Axborot modeli signalni yig‘ish, filtrlash, tahlil qilish va qaror qabul qilish bosqichlarini o‘z ichiga olgan holda matematik va algoritmik yondashuvlar asosida shakllantirilgan. Bemorning biofizik signallarini qayta ishlash jarayonida Butterworth bandpass filtri qo‘llanilib, signalning foydali chastota diapazonlari ajratib olinadi. Filtrlangan signal ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan diagnostik signallar bilan kosinus o‘xshashligi usuli yordamida solishtiriladi va kasalliklarga tegishlilik darajalari  aniqlanadi. Qaror qabul qilish jarayonida avtomatlashtirilgan algoritmlar bilan bir qatorda ekspert shifokor ishtiroki ham ta’minlanadi, bu esa tashxisning aniqligi va ishonchliligini oshiradi. Tizimning funksional modeli IDEF0 diagrammalari asosida ishlab chiqilib, unda axborot oqimlari, kirish va chiqish ob’ektlari, boshqaruv va mexanizmlar aniq belgilangan. Tadqiqot natijalari gastroenterologik kasalliklarni tezkor, aniqligi yuqori va xolis tarzda tashxislash imkonini beruvchi axborot tizimini yaratishga xizmat qiladi hamda tibbiy qaror qabul qilish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashda muhim amaliy ahamiyatga ega

    SIMSIZ SENSOR TARMOQLARDA TUGUNLARNI ICHKI JOYLASHTIRISHDA SUN’IY NEYRON TARMOG‘ INI QO‘LLASH

    No full text
    Ushbu maqolada simsiz sensor tarmoq (SST) da signal quvvatini aniqlash jarayonida tugunlarni joylashtirishda aniqlikni oshiruvchi usul keltirilgan. Taklif etilayotgan usulga ko‘ra ma’ lumotlar bazasini klasterlash orqali butun maydon hududlarga bo‘linadi. Har bir mintaqa uchun qabul qilingan signal quvvatining prototipi aniqlanadi va ixtisoslashtirilgan sun’iy neyron tarmoq (SNT) faqat ushbu mintaqaga (klaster) tegishli bo‘lgan maxsus usul yordamida o‘qitiladi. Yakuniy joylashuv taxmini tanlangan SNT tomonidan taqdim etilgan koordinatalarni birlashtirish orqali olinadi. Sensor tugunlari ularning joylashishini taxmin qilish uchun faqat signal quvvati prototiplarini va SNT ning sinaptik og‘irliklarini saqlashi kerak. Ushbu yondashuv qabul qilingan signal quvvati xaritasini saqlash uchun zarur bo‘lgan xotira hajmini sezilarli darajada kamaytiradi. Ushbu maqolada turli xil SNT topologiyalari ko‘rib chiqilgan. Joylashtirish aniqligini oshirish, shuningdek o‘quv jarayonini tezlashtirishga to‘liq ulangan neyron tarmoqlardan foydalanish orqali erishildi. Taklif etilgan usul sinovdan o‘tkazildi. Oldingi va mobil sensorli tugunlardan foydalangan holda haqiqiy ichki muhitda tugunlar joylashtirishning zamonaviy yondashuvlari bilan taqqoslandi

    0

    full texts

    554

    metadata records
    Updated in last 30 days.
    OJS Tashkent State University of Economics
    Access Repository Dashboard
    Do you manage Open Research Online? Become a CORE Member to access insider analytics, issue reports and manage access to outputs from your repository in the CORE Repository Dashboard! 👇