OJS Tashkent State University of Economics
Not a member yet
554 research outputs found
Sort by
FOYDALANUVCHI AXBOROTGA BO‘LGAN EXTIYOJINI NAVIGATSIYA PROFILI ORQALI QONOATLANTIRISH
Mazkur maqolada foydalanuvchi navigatsiya profillari asosida shaxsga yo‘naltirilgan tavsiyalarni shakllantirish masalasi tadqiq etilgan. Foydalanuvchi navigatsiya profili veb-saytlar doirasida foydalanuvchining sahifalar bo‘ylab harakatlari, tashrif buyurilgan sahifalar, bosilgan havolalar hamda qidiruv so‘rovlari asosida shakllantiriladigan ma’lumotlar to‘plami sifatida qaraladi. Tadqiqotda qidiruv so‘rovlari yetarli bo‘lmagan yoki foydalanuvchi yangi mavzu bo‘yicha qidiruv amalga oshirayotgan holatlarda navigatsiya profillaridan foydalanish orqali mos tavsiyalarni shakllantirish yondashuvi taklif etilgan. Navigatsiya profillarini samarali guruhlash maqsadida CLOPE klasterlash algoritmidan foydalanish asoslab berilgan. Ushbu algoritm foydalanuvchi harakatlari va sahifalar o‘rtasidagi o‘xshashliklarni hisobga olgan holda klasterlar hosil qilish imkonini beradi. Maqolada klasterlash jarayonini baholash uchun profit va Dprofit funksiyalari kiritilgan bo‘lib, ular klasterlar sifatini optimallashtirish, yangi navigatsiya profilining mavjud klasterga qo‘shilish samaradorligini aniqlash hamda foydalanuvchiga mos keluvchi eng optimal klasterni tanlashga xizmat qiladi.Taklif etilgan yondashuv foydalanuvchining real vaqt rejimidagi harakatlarini tahlil qilish, joriy axborot ehtiyojlarini aniqlash va ularga mos sahifalarni tavsiya qilish imkonini beradi. Natijada tizimning shaxsga yo‘naltirilganlik darajasi oshadi, foydalanuvchi tajribasi yaxshilanadi va tavsiyalar dolzarbligi ta’minlanadi
BIR TOMONLAMA FUNKSIYALAR VA ULARNING KRIPTOGRAFIYADA QO‘LLANILISHI
Mazkur maqola bir tomonlama funksiyalar va ularning zamonaviy kriptografiyada qo‘llanilishiga bag‘ishlangan. Unda bir tomonlama funksiyalarning matematik asoslari, xususiyatlari, turlari va ularning axborot xavfsizligini ta’minlashdagi roli yoritilgan. Ayniqsa, shifrlash algoritmlari, xesh funksiyalari, raqamli imzo, parollarni himoyalash kabi sohalarda ushbu funksiyalarning qo‘llanilishi batafsil tahlil qilingan. Maqolada bir tomonlama funksiyalarni amaliyotda qo‘llashning afzalliklari va cheklovlari, shuningdek, ular bilan bog‘liq xavflar ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari bir tomonlama funksiyalarning zamonaviy axborot xavfsizligi tizimlarida ahamiyatini tushunishga yordam beradi
GUI MUHITIDA MULOQOT OYNALARI VA ULARNI SOZLASH, BOSHQARISH ELEMENTLARI
Ushbu maqolada GUI muhitida muloqot oynalarni boshqarish va sozlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tilgan . GUI muhitida muloqot oynalarning komponentalari va ulardan foydalanish uchun ma’lumotlar keltirilib o‘tilgan. Muloqot oynalardan foydalanagan xolda C++ Builder 6 muxitida bir oynadan boshqa oynaga o‘tguncha ruxsat beriluvchi login va parol muloqot oynasi ishlab chiqilgan
SARATON KASALLIKLARINI ERTA ANIQLASHNING MUHIMLIGI VA ZAMONAVAIY TEXNOLOGIYALARGA ASOSLANGAN USUL VA ALGORITMLARI
Saraton kasalliklari jahon bo‘ylab millionlab insonlarning hayotiga tahdid soluvchi eng jiddiy muammolardan biridir. Ularni erta bosqichda aniqlash hayotiy muhim bo‘lib, davolash natijalarini sezilarli darajada yaxshilaydi. Zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellekt asosidagi algoritmlar tibbiyotda yangi imkoniyatlar yaratib, kasallikni erta bosqichda aniqlashda muhim rol o‘ynamoqda. Tadqiqotda saraton kasalliklarini erta aniqlashning ahamiyati, zamonaviy texnologiyalarning bu boradagi o‘rni va algoritmlar yordamida diagnostika samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilingan. Saraton kasalliklarini erta aniqlashning muhimligi jahonda ushbu kasallikka chalingan insonlarning kundan kunga oshib borish tendensiyalari, kasallik turlarini keskin ko‘payishi, kasallikni aniqlash protseduralarining qiyinlashib borishi va hokazo sabablar kesimida nazariy va amaliy chuqur o‘rganilayotganligi bilan asoslanadi. Shuningdek, tadqiqot natijalari tahlili shuni ko‘rsatadiki, insonning kasallik belgilari, yaʼni genetik, ekologik, turmush tarzi, biologik, ijtimoiy-iqtisodiy, xavfli odat va sharoit kabi omillariga bog‘likligi bilan asoslangan. Yurtimizga zamonaviy texnologiyalarning kirib kelishi ushbu kasallikni texnik jihozlar va aloqa vositalari yordamida tez va aniq tashhislash imkonini berganligi asoslandi. Saraton kasalliklarining zamonaviy texnologiyalariga asoslangan erta aniqlashda tasviriy diagnostika, biomarkerlar yordamida tahlil va genetik tahlil usullari ishlab chiqildi. Har bir usullar kesimida sun‘iy intellekt va chuqur o‘qitish, prediktiv modellar, tasvirni segmentatsiyalash kabi algoritmlar taklif etildi
FOYDALANISHLARNI BOSHQARISHNING TAKOMILLASHTIRILGAN MODELI
Ushbu maqolada fotorobot asosida identifikatsiyalash tizimlarida foydalanuvchilarning huquqlarini boshqarish modeli takomillashtirilgan. Ruxsatlarni nazoratlash modellarining tahlili asosida RBAK modeli ustunligi ta’kidlanadi. Huquqlarni taqsimlash konsepsiyasining muhimligi va uning rolli modelga tadbiqi bayon etilgan. Statik va dinamik sohalardagi xavfsizlik mexanizmlari, huquqlarni boshqarish algoritmlari va komponentlar o‘zaro aloqasi tahlil qilinib, takomillashgan modelning samaradorligi asoslab berilgan. Ushbu model ko‘pfoydalanuvchili tizimlarda xavfsizlikni oshirish va vakolatlarni nazorat qilishni ta’minlaydi
RADIOLOGIK DIAGNOSTIKA TASVIRLARINI TAHLIL QILUVCHI VEYVLETLARGA ASOSLANGAN KONVOLUTSION NEYRON TARMOQ ARXITEKTURASI
Maqolada eng keng tarqalgan o‘pka kasalliklarini aniqlash uchun ko‘p sinfli chuqur o‘rganishli tasniflash modeli taqdim etiladi. Tadqiqotimizning asosiy masalasi chuqur o‘rganish tizimini ishlab chiqish va ko‘p toifali pnevmoniya, sil, sog‘lom o‘pka va eng so‘nggi COVID-19 ni tasniflashdan iborat. Chuqur o‘rganish sohasidagi tadqiqotlar raqamli tasvirlarda o‘pka kasalliklarini tasniflash va tashxislash muammolariga muhim yechimlarni taqdim etishda davom etmoqda. Shuning uchun, biz bu tadqiqotda ushbu muammolarni ikkinchi tartibli Dobeshi veyvletini qo‘llagan holda veyvlet-CNN arxitekturasi orqali hal qilishga harakat qildik
INTERNATIONAL EXPERIENCE OF E-GOVERNMENT
In today\u27s digital age, e-government is transforming the way governments interact with citizens, making public administration more transparent, efficient, and accessible. This article explores the benefits, challenges, and future prospects of digital governance, highlighting its role in reducing corruption, streamlining services, and fostering citizen engagement. While e-government offers numerous advantages, it also faces obstacles such as cybersecurity risks and digital inequality. With emerging technologies like artificial intelligence and blockchain, the future of e-government promises even greater innovation and efficiency. In this article written how digital transformation is reshaping governance worldwide
THE IMPORTANCE OF EXPLAINABILITY IN MEDICAL AI AND PREDICTOR REDUCTION IN CARDIOVASCULAR RISK ASSESSMENT
This article discusses the critical importance of explainability in medical AI, particularly in the context of cardiovascular risk prediction. It highlights the necessity of transparent AI systems for clinician trust, patient-centered care, regulatory compliance, and bias detection. The role of predictor reduction using XAI methodologies, such as SHAP and LIME, is emphasized as a means to enhance model efficiency and interpretability. The article also explores the challenges of achieving explainability, the evolving landscape of XAI research, and the future prospects of integrating explainable models with real-world healthcare systems. Ultimately, it underscores the need for interdisciplinary collaboration to ensure AI-driven medical decision-making is both effective and ethically sound
MULTISPECTRAL REMOTE SENSING DATA PROCESSING FOR CROP DETECTION
Multispectral remote sensing plays a crucial role in crop detection and health assessment by providing detailed spectral information for agricultural monitoring. This study focuses on the processing of multispectral imagery to analyze crop conditions, using data acquired from a drone WingtraOne II equipped with a multispectral sensor. Images were captured on multiple dates during the 2024 growing season to track vegetation changes over time. The data processing workflow includes radiometric and geometric corrections, mosaicking, and orthorectification to ensure accuracy and consistency. Vegetation indices such as NDVI, SAVI, and EVI were calculated to assess crop vigor and detect potential stress factors. The findings highlight the effectiveness of multispectral imaging in precision agriculture, providing valuable insights for optimizing crop management
NUTQ SIGNALINI XALAQITLARDAN TOZALASH ALGORITMLARI
Ushbu maqolada nutq signalini xalaqitlardan tozalashning zamonaviy algoritmlari ko‘rib chiqilgan. Ayniqsa, suxandonni identifikatsiyalash tizimlarida fon xalaqitlarining salbiy ta’sirini kamaytirish masalasi muhokama qilinadi. Nutq signalini qayta ishlash bosqichlari, spektral tahlil usullari, binar va yumshoq niqoblar asosida ishlab chiqilgan ikki bosqichli algoritmlar, shuningdek, signal sifatini baholash mezonlari (PESQ va MOS) haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Keltirilgan algoritmlar nutqni tozalashda yuqori aniqlikka erishish imkonini beradi