OJS Tashkent State University of Economics
Not a member yet
554 research outputs found
Sort by
АНАЛИЗ И КЛАССИФИКАЦИЯ ПОСТОЯННЫХ АТАК ОТКАЗА В ОБСЛУЖИВАНИИ (PDOS)
В постоянно развивающейся сфере киберугроз атаки постоянного отказа в обслуживании (PDoS) становятся одной из наиболее разрушительных форм киберагрессии. В отличие от широко известных атак отказа в обслуживании (DoS), которые вызывают временные перебои в работе сервисов, PDoS-атаки направлены на нанесение необратимого ущерба системам, что зачастую требует значительных восстановительных работ и даже замены аппаратного обеспечения. Для разработки эффективных мер защиты, а также устранения существующих пробелов в знаниях, в данной работе проводится детальное исследование PDoS-атак, с акцентом на их отличительные особенности, механизмы реализации и возможные пути дальнейшего развития. На основе всестороннего анализа практических случаев выявлены разнообразные тактики и стратегии, используемые злоумышленниками, включая атаки на устройства Интернета вещей (IoT), манипуляции загрузочными процессами и эксплуатацию уязвимостей встроенного программного обеспечения. В рамках исследования предложена новая классификация векторов атак PDoS, раскрывающая механизмы компрометации целевых систем. Полученные результаты подтверждают необходимость разработки адаптивных и устойчивых механизмов защиты, способных эффективно противостоять угрозам PDoS-атак в условиях все более взаимосвязанной цифровой среды
FIZIK ENTROPIYA MANBALARI ASOSIDA POST-KVANT KRIPTOGRAFIK ALGORITM YARATISH
Kvant hisoblash qurilmalarining rivojlanishi an’anaviy kriptografik algoritmlarning buzilishiga olib kelishi mumkin. Bu tadqiqot ishida oddiy qurilmalardagi fizik entropiya manbalaridan foydalangan holda post-kvant xavfsizligini ta’minlovchi yangi gibrid kriptografik algoritm - Fizik Entropiya Manbaali Gibrid Post-Kvant Xavfsizlik Algoritmi (FE-GPKXA) taklif etiladi. Algoritmda mikrofon shovqini, tarmoq trafigining vaqt belgilari, foydalanuvchi harakatlari, tizim sensorlari va kamera sensori kabi mavjud fizik entropiya manbalari bilan NTRU va Ring-LWE panjaraga asoslangan kriptografik yondashuvlardan foydalaniladi. O‘tkazilgan tajribalarga ko‘ra, bu algoritm maxsus kvant qurilmalarisiz ham yuqori darajadagi tasodifiylikni ta’minlash va post-kvant xavfsizligini saqlash imkonini beradi. FE-GPKXA algoritmi ayniqsa cheklangan resursli muhitlarda, jumladan mobil va IoT qurilmalarida katta ahamiyatga ega
АНАЛИЗ ОСОБЕННОСТЕЙ ПЕРЕХОДА ОТ ТЕЛЕМАТИЧЕСКИХ СЛУЖБ К СЛУЖБАМ МУЛЬТИМЕДИА
Телекоммуникационные сети являются неотъемлемой частью общества, ускоряя обмен информацией и играя важную роль в цифровизации услуг. В данной статье рассматриваются значение телекоммуникационных сетей, направления их развития и причины появления новых видов услуг. В частности, приведены преимущества мультимедийных сервисов на основе IP-протокола, технологии и процессы интеграции услуг
TIBBIY TASVIRLAR ASOSIDA TERI KASALLIKLARINI SAMARALI TASNIFLASH USULLARI
Teri kasalliklari har yili millionlab insonlarning umriga zomin bo‘layotgan global sog‘liqni saqlash muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Teri kasalliklarini erta aniqlash, to‘g‘ri va aniq tashxislash kasallikni oldini olishda juda muhim sanaladi. Bugungi kunda teri kasalliklarini erta aniqlash uchun ko‘plab tadqiqotlar olib borilmoqda. Teri kasalliklarini erta bosqichlarda tasniflash uchun kompyuter yordamida avtomatik aniqlash texnikasidan foydalangan holda, olimlar tomonidan bir qancha yechimlar taklif qilinmoqda. Ushbu maqolada an’anaviy mashinani o‘qitish (ML) va chuqur o‘qitish (DL) usullariga asoslangan ba’zi teri kasalliklarini aniqlashning turli usullari o‘rganib chiqildi. O‘rganilgan ma’lumotlar asosida ushbu usullar uchun tadqiqotlar bo‘shlig‘i umumlashtirildi. Tadqiqot davomida kuzatilgan asosiy muammolar teri tasvirini olish, olingan tasvirlarga oldindan qayta ishlov berish muammosi, ma’lumotlar muvozanati muammosi, xususiyatlarni ajratib olish usullarining xilma-xilligi, klassifikator parametrlarini optimallashtirish, tasvir segmentatsiyasi va tasniflashning umumiy texnikasi kabilardan iborat. Umumiy qilib aytganda, ushbu tadqiqot ishining asosiy maqsadi teri kasalliklarini aniqlash uchun qo‘llaniladigan mavjud usullarni o‘rganish. Shuningdek tadqiqotchilarga yaxshiroq yechimlarni topishga yordam beradigan ML va DL modellarini qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar bo‘shlig‘ini to‘ldirish, tasniflashdagi mavjud qiyinchiliklarni va so‘nggi yutuqlarni topish hisoblanadi
IOT MA’LUMOTLARINI XAVFSIZLIGINI BLOCKCHAIN ASOSIDA TA’MINLASH
Buyumlar Interneti (IoT) xavfsizligi ilm va sanoat sohasida hali ham muhim muammo bo‘lib qolmoqda. IoT ma’lumotlarining ko‘plab imkoniyatlariga qaramay, IoT tizimining an’anaviy markazlashgan arxitekturasi cheklangan bo‘lib, xavfsizlik yechimlarini ta’minlay olmaydi. Ushbu maqolada IoT ma’lumotlari xavfsizligi muammosini hal qilish uchun blokcheynga asoslangan ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash arxitekturasi taklif qilinadi. Taklif etilgan arxitektura ma’lumotlarning izchilligi orqali IoT ma’lumotlarining xavfsizligini ta’minlaydi. U taqsimlangan IoT tugunlariga qayta ishlangan ma’lumotlar ustida kelishuvga erishish imkonini beradi va kelishilgan ma’lumotlarni blokcheyn reyestriga yozishga qaror qiladi
RAQAMLI TA’LIM PLATFORMASI UCHUN MA’LUMOTLAR BAZASI ARXITEKTURASINI LOYIHALASHTIRISH VA OPTIMALLASHTIRISH
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan raqamli o‘quv platformasi doirasida ma’lumotlar bazasini loyihalashtirish va optimallashtirish masalalari yoritiladi. Django asosida ishlab chiqilgan platformaning uch asosiy moduli (o‘quvchilar, o‘qituvchilar, real vaqt muloqoti) uchun ER modeli va jadvallar tuzilmasi taklif etiladi. Shuningdek, ma’lumotlar xavfsizligi, normallashtirish bosqichlari va tizim samaradorligini oshirishga qaratilgan yondashuvlar ko‘rib chiqiladi
TA’LIM MA’LUMOTLARINI INTELLEKTUAL TAHLIL QILISH UCHUN MASHINANI O‘RGATISH ALGORITMLARINING QO’LLANILISHI
Ta’lim jamiyatning barcha sohalari asosini tashkil etadi. Shuning uchun, sifatli ta’limni ta’minlash har bir davlat uchun muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda sifatli ta’limni kafolatlash uchun bir qancha vositalar qo‘llanilmoqda. Mashinani o‘rgatish algoritmlari hozirgi paytda ta’lim tizimiga samarali tatbiq etilayotgan sohalardan biridir. Ushbu maqolada keltirilgan har bir ilova bir nechta mashinani o‘rganish algoritmlaridan iborat bo‘lib, ta’lim sohasida mashinani o‘rgatish algoritmlarining qo‘llanilishini umumiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqamiz. Mashinani o‘rgatish algoritmlariga tayanuvchi ilovalarning maqsadi talabaning psixologik holatini aniqlash, unda qiziqish uyg‘otgan fanni belgilash, talabaning o‘rganayotgan fan bo‘yicha bahosini bashorat qilish hamda uni sinflarga ajratishdan iborat. Har bir ilovada qo‘llanilayotgan mashinani o‘rganish algoritmlarini batafsil tahlil qilib o‘tamiz. Ushbu ilovalar moslashuvchan xususiyatga ega bo‘lib, ular ta’limning har bir bosqichida samarali qo’llanilishi mumkin. Shuningdek, ilovalarga asoslangan ta’lim platformalari ham arzon narxda yaratiladi. Maqolada ta’lim sohasida har bir mashinani o‘rgatish algoritmining samaradorligi ham muhokama qilinadi
RAQAMLI VA YASHIL IQTISODIYOT: O‘ZBEKISTON TAJRIBASI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining zamonaviy iqtisodiyot modeliga o‘tish jarayonida ikki muhim ustuvor yo‘nalish — yashil iqtisodiyot va raqamli iqtisodiyotning shakllanishi, huquqiy asoslari, amaliy tajribalari va istiqbollari tahlil qilinadi. Avvalo, “Yashil o‘sish strategiyasi” va “Raqamli O‘zbekiston – 2030” kabi strategik hujjatlar asosida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va maqsadli ko‘rsatkichlar yoritiladi. Nur Navoi quyosh elektr stansiyasi, Zarafshon shamol elektr stansiyasi kabi yirik investitsion loyihalar, shuningdek, IT xizmatlari eksporti, elektron davlat xizmatlari, raqamli to‘lov tizimlari kabi yo‘nalishlar orqali O‘zbekiston iqtisodiyotining ekologik va texnologik transformatsiyasi ko‘rsatib o‘tiladi. Maqola davomida statistik ma’lumotlar, hukumat qarorlari, ilmiy adabiyotlar va xalqaro tajribalarga asoslangan holda tahliliy yondashuv qo‘llanilgan. Natijada, raqamli va yashil iqtisodiyot o‘zaro bog‘liq, zamonaviy iqtisodiy taraqqiyotning ajralmas qismlari sifatida talqin etiladi
ПОСТРОЕНИЕ МОДЕЛИ СУГЕНО ДЛЯ РЕШЕНИЯ ЗАДАЧ ДИАГНОСТИКИ РАКА ГРУДИ
This paper investigates the application of the Sugeno fuzzy logic model to solve a diagnosis problem based on medical data. The diagnosis problem is a key one in medical practice, especially in the field of early detection of diseases such as cancer. As an example of a diagnosis problem, we consider the diagnosis of breast cancer based on medical images and cell characteristics. For this purpose, the classic breast_cancer dataset containing information on various cell characteristics from breast biopsies is used. The Sugeno model is an extension of the Mamdani fuzzy logic model, which uses fuzzy rules for decision making and has an output function shape that depends on the values of the input variables. In this paper, the Sugeno model is adapted to solve the problem of breast cancer diagnosis based on cell characteristics. To build the model, pre-processing and data analysis, including normalization and feature selection, are performed. Then, fuzzy rules are defined based on expert knowledge or data mining. The model is trained on a training set and evaluated on a test set using classification quality metrics. The experimental results demonstrate the effectiveness of the Sugeno model in solving the problem of breast cancer diagnosis based on medical data. The resulting model is capable of classifying cell samples with high accuracy, which could be useful for the early detection and treatment of breast cancer and other types of cancer
SVM ALGORITMI ASOSIDA SUN’IY NUTQNI ANIQLASH VA IDENTIFIKATSIYA QILISHNING INTELLEKTUAL YONDASHUVI
Ushbu maqolada sun’iy nutqni aniqlash va uni identifikatsiya qilish uchun SVM (Support Vector Machine) algoritmiga asoslangan yondashuv taklif etiladi. Taklif etilgan pipeline 8 kHz chastotada yozilgan nutq yozuvlarini qayta ishlashga moslashtirilgan bo‘lib, akustik xususiyatlar sifatida quyidagi parametrlar tanlangan: MFCC₁–MFCC₁₃, F₀, H, Eₗₒg, ZCR, ΔMFCC, Jitter va HNR. Ushbu parametrlar nutq signalining kepstral, fonatsion va prosodik xususiyatlarini qamrab olib, model uchun informativ vakillikni ta’minlaydi. Xususiyatlar freym darajasida ajratilib, utterance (gap) darajasida statistik agregatsiyalar (o‘rtacha qiymat, dispersiya, percentillar, diapazon) yordamida fiks uzunlikdagi vektorlarga aylantiriladi. Olingan vektorlar z-score normalizatsiyasi orqali standartlashtiriladi. Klassifikatsiya bosqichida esa RBF yadrosiga ega SVM modeli qo‘llaniladi. Model gipermetrlari nested k-fold cross-validation yordamida optimallashtiriladi, sinflar o‘rtasidagi nomutanosiblik esa sinf og‘irliklari orqali balanslanadi. Baholash jarayonida Accuracy, Macro-F1, ROC-AUC hamda anti-spoofing vazifasiga xos EER/HTER mezonlari qo‘llanilgan. Shuningdek, ablyatsiya tahlili(modelning qaysi qismi yoki qaysi xususiyat(lar) haqiqatan foyda berayotganini aniqlash uchun u(lar)ni tizimli ravishda olib tashlab (yoki alohida qo‘shib) ko‘rsatkichlar qanday o‘zgarishini solishtirish usuli) orqali har bir parametrning model natijalariga qo‘shgan hissasi alohida o‘rganilgan. Eksperimental natijalar shuni ko‘rsatdiki, MFCC parametrlarini ΔMFCC, Jitter va HNR kabi qo‘shimcha xususiyatlar bilan boyitish modelning diskriminativ qobiliyatini sezilarli darajada oshiradi. Taklif etilgan yondashuv yengil, barqaror va real vaqtli tizimlarga integratsiyaga tayyor bo‘lib, sun’iy nutqni aniqlashda yuqori aniqlikni ta’minlaydi