OJS Tashkent State University of Economics
Not a member yet
554 research outputs found
Sort by
CLOUD COMPUTING AND DATA STORAGE
Bulutli hisoblash - bu mahalliy serverlar yoki shaxsiy kompyuterlarda emas, balki Internet tarmog\u27ida joylashgan tarmoq serverlarida katta hajmdagi ma\u27lumotlarni saralash, saqlash va qayta ishlash uchun talab bo\u27yicha xizmatdir. Tarmoqdagi ilova va bulut xizmatlarini ishga tushirish orqali foydalanuvchiga virtual resurs taqdim etiladi. Ushbu hujjatni namoyish qilish uchun Hadoop va MapReduce infratuzilmasiga asoslangan dastur amalga oshirildi. Ushbu ilova turli parametrlar bo\u27yicha sinovdan o\u27tgan. Taklif etilgan usulning samaradorligi eksperimental natijalarda ko\u27rsatilgan. Ushbu usul boshqa zamonaviy hisoblash usullariga nisbatan sezilarli yaxshilanishni anglatadi
TEMATIK MODELLASHTIRISHNING ZAMONAVIY USULLARI
Tematik modellashtirish – tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing, NLP) vazifalarining muhim komponenti bo`lib, turli sohalarda ishlatilishi mumkin. Tematik modellarida ikkita asosiy muammo mavjud: natijani bashorat qilish uchun ishlatilishi mumkin bo\u27lgan mavzularni aniqlash va allaqachon topilgan mavzularni tushunishni osonlashtirish. Ushbu maqolada, tematik modellashtirishning zamonaviy usullari hisoblangan manfiy bo\u27lmagan matritsa faktorizatsiyasi (Non-negative Matrix Factorization), yashirin semantik taqsimot (Latent Semantic Allocation, LSA), ehtimoliy yashirin semantik tahlil (Probabilistic Latent Semantic Analysis,PLSA), lda2vec chuqur o\u27rganish modeli va tBERT haqida fikr-mulohaza yuritiladi. Tematik modellashtirish odatda katta hajmdagi til korpusiga qo‘llaniladi. Tematik modellashtirish uchta turdagi so‘zlarning klasterlarini hosil qiladi – birgalikda keladigan so‘zlar; so‘zlarning taqsimlanishi va mavzu bo‘yicha so‘zlarning gistogrammasi. Ushbu maqolada o`zbek tili korpusidagi namunaviy matnlarga LDA usulini qo`llash orqali olingan natijalar keltiriladi
ЭЛЕКТРОН ДАВЛАТ ХИЗМАТЛАРИ
Ушбу мақолада электрон давлат хизматларининг ташкил этувчилари, уларга талаблар ва хизматлар ташкил этилганлик ҳолати таҳлил этилади. Давлат органлари тегишли функционал фаолиятини самарали амалга ошириш учун автоматлаштирилган бошқарув тизимларидан фойдаланиш аҳамияти ҳамда бу борада мамлакатимизда амалга оширилаётган ислоҳотлар ва уларнинг натижадорлиги қаралган. Миллий э-ҳукуматдаги электрон давлат хизматларининг ташкил этилганлик ҳолати ва хизмат кўрсатиш жараёни таҳлил қилинган
VEB-SAYTLARNI SHAXSIYLASHTIRISHGA YONDASHUVNI TANLASH, SHAXSIYLASHTIRISHNING KONTSEPTUAL DARAJALARI
Ushbu maqolada, veb-saytlarni shaxsiylashtirishga yondashuvni tanlash, shaxsiylashtirishning kontseptual darajalarini ta’kidlash, shaxsiylashtirishning kontseptual darajalaridagi kombinatsiyalar, ma’lumotlarni shaxsiylashtirishning turli yondashuvlari, va foydalanuvchidan foydalanuvchiga filtrlashning bosqichlari ko\u27rsatilgan. Shaxsiylashtirish asosida veb-saytlar joylashtirilgan, va foydalanuvchilar uchun foydali ma’lumotlarni qulaylik bilan toppish, olish imkoniyatlarini oshirish uchun ma’lumotlarni filtrlash va joylashtirishning turli yondashuvlari keng joriy etilgan
FRAKTAL NAZARIYASI ASOSIDA KOMPYUTERDA MUSIQA YARATISH TEXNOLOGIYASI
Fraktal texnologiya nafaqat badiiy tasvirni shakllantirish, shuningdek tasvirlarni siqish imkonini beruvchi muhim vositadir. Kompyuter nuqtai nazaridan, fraktal fan va texnologiyada asosan fraktal badiiy tasvirni yaratish va siqish uchun qo‘llaniladi. Shuningdek musiqa yaratish doirasi ham fraktal xususiyatlarga ega bo‘lib, bu kompyuterda fraktal texnologiyani qo‘llashni talab qiladi. Fraktal texnologiya orqali biz musiqani avtomatik ravishda yaratishimiz mumkin, bu orqali esa yuqori sifatli, yuqori aniqlikdagi musiqa effektiga erishiladi. Musiqiy kompozitsiya sohasida musiqashunoslar klassik musiqani tahlil qilishning muhim vositasi sifatida bo‘lib, fraktaldan foydalanishi mumkin. Musiqa avtomatik ravishda ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan fraktaldir. Ushbu maqola fraktal musiqa texnologiyasini o‘rganish holatini tahlil qiladi
SAYOHAT TURIZMIDA BIRGALIKDA FILTRLASHGA ASOSLANGAN TAVSIYA TIZIMLARIDA MATRITSANI FAKTORIZATSIYA QILISH MASALASI
Dunyo bo‘ylab ijtimoiy tarmoqlar va turuzim munosabatlari jadal rivojlanishi bilan individual sayohatchilarning ehtiyojlariga mos keladigan sayohat marshurtini rejalashtirish, mahsulot va xizmatlarni taklif qilish dolzarb masala bo’lib qolmoqda. Sun’iy intellektga asoslangan shaxsga yo’naltirilgan tavsiya tizimlari yordamida sayohatchilarga mos transport, mahmonxona, turar joy, sayohat obyektlarini tavsiya qilishi mumin. Birgalikda filtrlashga asoslangan tavsiya tizimlari boshqa foydalanuvchilarning tanlovlari reyting ko‘rsatkichlariga ko‘ra foydaliligini aniqlashga asoslangan tavsiya tizimidir. Matritsani faktorizatsiya qilish usuliga asoslangan model yordamida sayohatchilarning yangi sayohat obyektga qo’yiladigan bahosini (“yoqadi” yoki “yoqmaydi”) bashorat qilish orqali tashrif buyurishi mumkun bo’lgan sayohat obyektini tavsiya qiladi
VAQTLI QATOR BO‘YICHA TEKISLASH USULLARIDAN FOYDALANISH ORQALI QASHQADARYO VILOYATINING TURIZM SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI
Maqolada vaqtli qator bo‘yicha tekislash usullaridan foydalanish orqali Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyatini rivojlantirish imkoniyatlarini davrlar oralig‘ini kengaytirish va sirg‘anchiqli o‘rtacha hisoblari usullari orqali ishlab chiqilgan va taklif qilingan
XAOTIK AKSLANTIRISHLARGA ASOSLANGAN S JADVALLARNI HOSIL QILISH ALGORITMI
Mazkur maqolada sinus va tent xaotik akslantirishlaridan birgalikda foydalanish orqali hosil qilingan akslantirish yordamida S jadvallarni hosil qilish algoritmi taklif etilgan. Hosil qilingan xaotik akslantirishning bifrukatsiya diagrammasi va LE kо‘rsatkichi bо‘yicha tahlil natijasi uni kriptografik akslantirishlarni hosil qilishda yetarligini kо‘rsatdi. Taklif etilgan algoritm asosida 4, 5 va 8 bitli S jadvallar hosil qilinib, umumiy kriptografik talablarga baholandi. Baholash natijalari hosil qilingan S jadvallarni amaldagi mavjudlaridan qolishmasligini va ulardan amaldagi kriptografik shifrlash algoritmlarida foydalanish mumkinligini kо‘rsatdi
MASOFADAN ZONDLANGAN SENTINEL-2 PLATFORMASI TASVIRLARINI TASNIFLASH ALGORITMLARI
Yangi avlod masofadan zondlash texnologiyalari va missiyalari orqali yerni yuzini kuzatish yordamida atrof-muhit monitoringi, global harorat o‘zgarishi, yerdan foydalanish kabi muhim masalalarni o‘rganish mumkin. Bu borada Yevropa Ittifoqining Compernicus tashkiloti tomonidan ishga tushirilgan Sentinel platformalaridan tadqiqotlar va ochiq turdagi ilovalarni ishlab chiqishda foydalanish ancha samarali hisoblanadi. Ushbu maqolada Sentinel-2 platformasidan olingan tasvirlarga ishlov berish bosqichlari, mazkur platforma ma’lumotlaridan foydalanib, yerdan foydalanishni tasniflash uchun mashinali o‘qitish algoritmlari, jumladan, K-means, maksimal ehtimollik, minimal masofa hamda tasodifiy o‘rmon tasniflash algoritmlari natijalarining solishtirma tahlili keltirilgan. Algoritmlarni baholash uchun True Positive (TP), True Negative (TN), Kappa indeksi va Precision kabi ko‘rsatkichlari qo‘llanilgan. Ushbu maqolada Xorazm va Andjion viloyati qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan hududlari tadqiqot obyekti sifatida qaralgan va ekinlar uchun ajratilgan maydonlarning tasniflash natijalari keltirilgan
TA’LIM SOHASIDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH
Sun\u27iy intellektning (AI) ta\u27limga integratsiyasi an\u27anaviy o\u27rganish usullarini tubdan o\u27zgartirdi, shaxsiylashtirilgan tajribalarni taklif qildi, samaradorlikni va o’quvchilarning natijalarini oshirdi. Ushbu maqola aqlli repetitorlik tizimlaridan tortib, moslashuvchan o\u27quv platformalarigacha bo\u27lgan ta\u27limda AIning turli xil qo\u27llanilishini o\u27rganadi. Ta\u27limda AIning afzalliklari, muammolari va kelajakdagi istiqbollarini o\u27rganib chiqib, biz uning talabala va o’quvchilarning o\u27rganish va o\u27qituvchilarni o\u27qitish usullarini o’zgartirish imkoniyatlari haqida tushuncha berishni maqsad qilganmiz