OJS Tashkent State University of Economics
Not a member yet
554 research outputs found
Sort by
AXBOROT RESURSLARIDAN FOYDALANISH KO‘RSATKICHLARINI NORMALLASHTIRISH ASOSIDA BILIM OLUVCHILARNING BILIM DARAJASINI BAHOLASH USULLARI
Ushbu tadqiqotda axborot resurslaridan foydalanish tizimida bilim oluvchilar bilimlarini baholashning samarali usullari tahlil qilingan. Tadqiqotda bilim oluvchilar bilimlarini aks ettirishda o‘quv ko‘rsatkichlari, xususan, tashriflar soni, o‘qilgan materiallar soni va tashrif davomiyligi kabi parametrlari normallashtirilgan. Ko‘rsatkichlarni normallashtirish jarayoni max/abs va max/min usullari asosida amalga oshirilgan. Ushbu usullar yordamida ko‘rsatkichlar o‘zaro taqqoslanadigan shaklga keltirilgan va natijalar ilmiy tahlil qilingan. Olingan natijalar bilim oluvchilarining bilim darajasini obyektiv baholash imkonini beradi va tizimni takomillashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash, shuningdek, bilimni baholash tizimining ishonchliligini va samaradorligini oshirishga yordam beradi
QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDA YERNI MASOFADAN ZONDLASHNING MASHINALI O‘QITISHDA QO‘LLASH
Ushbu maqolada yerni masofadan zondlash tasvirlaridan foydalanib, boshoqli don ekinlarini aniqlash va tasniflash metodlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi, Fandom Forest algoritmini qishloq xo‘jaligi ekinlariga tasniflash. Qishloq xo‘jalik ekinlarini yerning masofadan zondlash tasvirlari orqali tahlil qilish uchun Random Forest algoritmi ishlatilib, tasvirlarda o‘quv tanlanmadan foydalanib tasniflaydi, buning uchun kaggle.com platformasidan foydalanildi. Random Forest bir nechta “Decision Tree”lardan iborat bo‘ladi, so‘ngra har bir “Decision Tree”dan chiqqan natijaga qarab qaysi biri ko‘proq ovoz olsa, o‘sha natija sifatida qaraladi. Ma’lumotlar to‘plamida 100 ta xususiyat bo‘ladi, bu xususiyatlar ildiz tuguni bo‘lishini Jini indeksidan foydalaniladi. Jini indeks jadvalida to‘g‘ri bo‘linish uchun "xa" yoki "yo‘q" qaror qabul qilinadi. Tadqiqot natijasiga ko‘ra, Jini indeksi asosida obyektlar tasniflandi
OʻZBEK TILI MATNLARI UCHUN UNIGRAM TIL MODELINI ISHLAB CHIQISH: MUAMMO VA YECHINLAR
Tabiiy tilni qayta ishlashda kontekstdagi keyingi qaysi soʻzni bashorat qilish vazifasi tilni modellashtirish deb ataladi. Usbu maqolada avvalo unigram modeli, ya’ni yagona soʻzlarga asoslangan model tavsiflanadi. Soʻngra, “noma’lum” soʻzlar deb nomlanuvchi modelda oʻrgatilmagan soʻzlar ehtimolligini bashorat qilish jarayoning murakkabligi va bu muammoni bartaraf qilish uchun Laplasni silliqlash usuli keltirladi. Soʻngra ushbu silliqlash usuli turli modellarning kombinatsiyasi boʻlgan model interpolyatsiyasi sifatida koʻrish mumkinligini namoyish qilinadi. Shuningdek, yuqoriroq n-gramm modellari va ushbu n-gramm modellarining model interpolyatsiyasining ta’sirini koʻrsatiladi. Ma’lumotlar toʻplami (dataset) sifatida Alisher Navoiyning “Navodir un-nihoya” devoni – oʻquv ma’lumotlar toʻplami (train data), “Badoyi-ul-bidoya” devoni va Pirimqul Qodirovning “Avlodlar dovoni” asari n-gram (n=1) modelida baholash toʻplami (evaluation text) sifatida tanlangan. Maqolada matnlar uchun oʻrtacha logarifmik ehtimollik baholash koʻrsatkichini hisoblash usullari va algortimlari keltirilgan boʻlib, unigram til modelini amalda qoʻllanilish ketma-ketligi tavsiflangan. Yakuniy natija shuni koʻrsatadiki, berilgan baholash matnlarining unigram modeli mos ravishda -11.98 va -14.86 oʻrtacha logarifmik ehtimolga ega boʻlgan. Oʻquv matni va 1-kitobning oʻrtacha logarifmik ehtimoli natijalarning oʻxshashligi ularning bir xil seriyaning birinchi va ikkinchi kitoblari ekanligida hisoblanadi. Biroq, Pirimqul Qodirovning “Avlodlar_dovoni” matnining unigram taqsimoti oʻquv taqsimotidan tubdan farq qiladi. Chunki ular turli vaqtlar, janrlar va turli mualliflarning ikki xil kitobidir
YUQORI N-GRAM MODELLARINI O’ZBEK TILI MATNLARIGA QOʻLLASH
Tabiiy tilni qayta ishlashda kontekstdagi keyingi qaysi so’zni bashorat qilish vazifasi tilni modellashtirish deb ataladi. N-gram tahlili tilni qayta ishlashning muhim usuli boʻlib, u til tuzilishini tushunishga va gapdagi fragmentdan keyin qanday so`z kelishini bashorat qilishga yordam beradi. N-gramlarni tahlil qilish matn yaratish, imloni tuzatish va hissiyotlarni tahlil qilish kabi murakkab vazifalarda foydalidir. NLP modellari til qoliplarini yaxshiroq tushunishi va qaysi so\u27zlar birgalikda paydo bo\u27lishini o\u27rganish orqali samaraliroq bashorat qilishlari mumkin. N-gram modellari mashina tarjimasi, chatbotlar va qidiruv tizimlari kabi turli xil NLP ilovalarini yaxshilashga yordam beradi
DEVELOPMENT OF A MULTI-CLASS MODEL FOR CLASSIFICATION OF LAND, AIR AND WATER TRANSPORT BASED ON THE RESNET34 ARCHITECTURE
This paper focuses on the identification and classification of land, air and water vehicles. The study used a deep learning approach to identify the type of vehicles based on images. In particular, a multi-class vehicle detection model was developed using a deep convolutional neural network based on the ResNet-34 architecture on a specially prepared dataset. The use of these technologies is becoming important not only for tracking and monitoring moving objects, but also for reducing traffic congestion, preventing traffic accidents and improving the reliability of unmanned vehicles
TO‘LQIN TARQALISH JARAYONINI SIGNAL PROTSESSORLARI ASOSIDA RAQAMLI ISHLOV BERISHNING IMKONIYATLARI
Raqamli signal protsessorlari yordamida to‘lqin tarqalish jarayonlarini tahlil qilish va ularga ishlov berishning nazariy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Ushbu yondashuv zamonaviy texnologiyalarda signallarni aniqlash, filtrlash va optimallashtirish uchun muhim vosita hisoblanadi. Maqolada raqamli signal protsessorlari (DSP) vositalarining tuzilishi, ularning samaradorligi va real vaqt tizimlaridagi o‘rni batafsil yoritiladi. DSP yordamida amalga oshiriladigan asosiy texnikalar, jumladan Fourier transformatsiyasi, spektral tahlil, konvolyutsiya va filtrlarni sozlash usullari keng muhokama qilinadi. Mazkur maqolada raqamli signal protsessorlari yordamida to‘lqin tarqalish jarayonlarini tahlil qilish va ularga ishlov berishning nazariy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Ushbu yondashuv zamonaviy texnologiyalarda signallarni aniqlash, filtrlash va optimallashtirish uchun muhim vosita hisoblanadi. Maqolada raqamli signal protsessorlari (DSP) vositalarining tuzilishi, ularning samaradorligi va real vaqt tizimlaridagi o‘rni batafsil yoritiladi. DSP yordamida amalga oshiriladigan asosiy texnikalar, jumladan Fourier transformatsiyasi, spektral tahlil, konvolyutsiya va filtrlarni sozlash usullari keng muhokama qilinadi. Tadqiqotning muhim qismi telekommunikatsiya, radiolokatsiya va tibbiyot kabi sohalarda raqamli signallarni qayta ishlash texnologiyalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Bu sohalarda DSP texnologiyalari ma’lumotni shovqinlardan tozalash, chastota spektrini samarali tahlil qilish va yuqori aniqlikdagi signallarni uzatishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada, shuningdek, DSP asosida ishlov berish tizimlarining cheklovlari va yechimlari, jumladan energiya samaradorligi va real vaqt ishlashni optimallashtirish muammolari tahlil qilingan
MADANIY MEROS INTERPRETATSIYASI BARQAROR ROVIJLANISH ASOSIY STRATEGIK KOMMUNIKATSIYASI SIFATIDA
mazkur maqola madaniy merosni, xususan, Jahon madaniy meros obyektlarini interpretatsiya qilishga qaratilgan strategik kommunikatsiya bu jarayonda muhim rol o‘ynab, madaniy merosni asosiy tarkibiy qism sifatida e’tirof etiladi. Bu esa barqarorlik tamoyillarini targ‘ib qilishdan ko‘ra kuchliroq ahamiyatga ega. Madaniy merosning o‘zi barqarorlikni me’morchilik, an’analarni saqlash va materiallarni qayta ishlatish orqali talqin qiladi, bu esa yerni tabiiy sharoitlarini saqlab qolishga hissa qo‘shadi. Shu sababli, ushbu maqola Jahon madaniy merosi obyektlari misolida barqaror turizm rivojlanishi uchun strategik kommunikatsiyani qo‘llab-quvvatlovchi samarali talqin vositalari yordamida madaniy merosni talqin qilishni tushuntirish va tahlil qilishni maqsad qilib oladi
LMS AXBOROT TIZIMINI ISHLAB CHIQISH KONSEPSIYASI VA TAMOYILLARI
Ta\u27limni boshqarish tizimi (Learning Management Systems, LMS) ta\u27lim xizmatlarini taqdim etishni o\u27z ichiga olgan tizimdir. Dastlab, bu tizimdan faqat o\u27quv markazlari, oliy ta`lim muassasalari tomonidan foydalanilgan bo\u27lsa, tez orada yirik kompaniyalar undan foydalanishni boshladilar. Hozirgi tendentsiya uyda o\u27qitishga qaratilgan bo\u27lib, bu LMS tobora ko\u27proq qo\u27llanilishida aks etadi. Shunday qilib, ushbu tizimning rivojlanishi kompaniyalarga o\u27z xodimlari uchun malaka oshirish platformasini joriy qilish imkonini beradi. LMSning asosiy vazifasi mavjud bilimlarni boshqarishdan iborat. Hozirgi kunda talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirish va sifatli kadrlarni tayyorlash uchun LMS tizimlarini yaratish nafaqat elektron ta’limning dasturiy platformasini ishlab chiqish, balki elektron ta’lim jarayonini boshqarish va bilim olish, axborot olish uchun samarali muhitni yaratishdir. Shu sababli zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda keng qamrovli LMS tizimlarini yaratish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi. Xodimlar, o\u27quvchilar va talabalar, kurs ishtirokchilari va o` quv mashg`ulotlarini amalga oshirishdagi eng muhim bosqich elektron ta\u27limni boshqarish tizimini (LMS) ishlab chiqishdir. Ushbu maqolada LMS axborot tizimini ishlab chiqishning zamonaviy konsepsiyasi va tamoyillari keltiriladi
AXBOROT TIZIMLARDA ELEKTRON HUJJATLARNI IZLASH VA TEZKOR SARALASH USULLARI
Bugungi kunda korxona va muassasalarning oldida turgan asosiy muammo-bu axborotning ortiqcha yuklanishi. Foydali hujjatlarni hech qanday qiziqish uyg‘otmaydigan hujjatlardan ajratish ham shaxslar, ham tashkilotlarning qo‘shimcha vaqti va resurslarini talab qiladi. Raqamli hujjatlarning ortishi ularga bo‘lgan talablarni o‘zgartirib, elektron hujjatlarni jamlash, izlash va tezkor saralash hamda foydalanish uchun qulay taqdim etish masalalari yechish talab qilinmoqd
VIZUALLASHTIRISH TIZIMLARIDA YOMG‘IR VA QOR MUAMMOLARINI TASVIRGA DASTLABGI ISHLOV BERISH YORDAMIDA BARTARAF ETISH
Mazkur maqolaning mazmuni yomg‘ir-qorli ob-havo sharoitida olingan rangli tasvirlarda yomg‘ir chiziqlarini tozalashdir, bu muammo tasvirni qayta ishlash algoritmidan foydalangan holda bartaraf etiladi. Amaldagi algoritm yomg‘irdan kelib chiqqan tasvir nuqsonlarini qayta ishlaydi. Yomg‘ir paytida olingan tasvirni 1) past chastotali qismga bo‘lish mumkin, ya’ni yomg‘ir va qor chiziqlari bo‘lmagan tasvir 2) tasvirda ba’zi yoki bir nechta tafsilotlarni ham o‘z ichiga olgan yuqori chastotali qism. Yomg‘irdan kelib chiqqan nuqsonlarni L0 gradientini minimallashtirish texnikasi deb nomlangan usul yordamida tozalash mumkin. Ushbu usulning asosiy roli yomg‘ir piksellarini olib tashlash orqali yomg‘irli tasvirdagi yomg‘ir chiziqlarini tekislashdir. Yomon ob-havo sharoitida olingan tasvirlarni qayta ishlashda qor va yomg‘ir ikkita asosiy muammo hisoblanadi. Ushbu uslub tasvirda mavjud bo‘lgan nolga teng bo‘lmagan gradient sonini boshqarishi mumkin. Yomg‘ir chiziqlarining qirralari saqlanib qoladi va nuqsonlar kamayadi. Yaxshilangan kontrastli tasvirni olish uchun gistogrammani sozlash texnikasi deb nomlangan usul qo‘llaniladi