OJS Tashkent State University of Economics
Not a member yet
    554 research outputs found

    RANDOM FOREST ALGORITMI YORDAMIDA BANK SOHASIDA FIRIBGARLIKNI ANIQLASH

    No full text
    Kredit karta firibgarligi butun dunyo bo‘ylab moliyaviy institutlar va iste’molchilar uchun jiddiy tahdid hisoblanadi. Ushbu masalani hal qilish uchun ushbu loyiha mashinasozlik (machine learning) usullaridan, xususan RandomForest Classifier modelidan foydalanib, firibgarlik bilan bog‘liq tranzaksiyalarni aniqlashni maqsad qilgan. Ma\u27lumotlar to‘plami Kaggle platformasidan olingan bo‘lib, tranzaksiya tafsilotlari, jumladan, tranzaksiya summalari va firibgarlik yoki sof tranzaksiyalarni ko‘rsatib beradigan belgilardan iboratdir. Loyiha ma’lumotlarni tahlil qilish va vizuallashtirishdan boshlanadi, bu esa ma’lumotlar to‘plamining xususiyatlarini aniqlashga yordam beradi. Tasniflash chizmalari va korrelyatsiya matritsalari kabi turli ma\u27lumotlar vizuallashtirish texnikalaridan foydalanib tushunarli naqshlar aniqlanadi

    O‘ZBEK TILI MATNLARINI LOGISTIK REGRESSIYA USULI ASOSIDA SENTIMENT TAHLIL QILISH

    No full text
    Sentiment tahlili matnlarning hissiy ohangini aniqlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu tadqiqotda Logistik Regressiya (Logistic Regression, LR) usuli yordamida o‘zbek tili matnlarining hissiy ohangi tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi o‘zbek tili matnlarini ijobiy, salbiy yoki neytral toifalarga ajratish uchun LR modelini qo‘llash va uning samaradorligini baholashdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun o‘zbek tili milliy korpusidan olingan matnlar to‘plami ishlatilib, matnlar avval tozalangan va tokenizatsiya qilingan. Modelni o‘qitish jarayonida matnlarning vektorlashtirilgan ko‘rinishini yaratish uchun TF-IDF usuli qo‘llanilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, LR usuli o‘zbek tili matnlarini sentiment tahlil qilishda 77.88% dan yuqori aniqlik va yuqori F1-score ko‘rsatkichlariga erishgan. Modelning samaradorligini oshirish maqsadida turli parametrlar sinovdan o‘tkazilgan hamda matnni oldindan qayta ishlash usullari optimallashtirilgan. Ushbu tadqiqot o‘zbek tili uchun sentiment tahlilining kelajakdagi rivojlanishiga hissa qo‘shadi va LR usulining boshqa tillardagi samaradorligi bilan taqqoslash imkonini beradi. Shuningdek, maqolada modelning cheklovlari ko‘rsatilib, kelajakda chuqur o‘rganish usullarini qo‘llash bo‘yicha takliflar berilgan

    MASHINANI OʻQITISH ALGORITMI ORQALI MAKTAB O‘QUVCHILARINING PSIXOLOGIK HOLATINI IKKITA SINFGA AJRATISH: STRESS MAVJUD VA STRESS MAVJUD EMAS

    No full text
    Ushbu maqolada maktab o‘quvchilarining psixologik holatini “stress bor” va “stress yo‘q” sinflariga ajratish uchun XGBoost (Extreme Gradient Boosting) masinani o‘rgatish algoritmi asosida klassifikatsiya modeli ko‘rib chiqiladi. Dastlab maqolada qaralayotgan masalaning matematik modeli quriladi. Keyin masala uchun ishlatiladigan model XGBoostning matematik modeli va qaralayotgan masalani yechishni matematik modeli ko‘rib chiqiladi. Maqolada qaralayotgan masala uchun maktab o‘quvchilarining psixologik xususiyatlari asosida ma’lumotlar to‘plami yaratilgan. Pyton dasturlash tilida maqolada qaralayotgan masala uchun dasturiy ta’minot tuzilgan. Maqolada qaralayotgan masala uchun XGBoost regulyarizatsiya gradientlarni optimallashtirish va parallellashgan hisoblash imkoniyatlari ortiqcha moslashuv muammosini samarali yecha oldi. Model qaralayotgan masalani sinflarga ajratish natijalariga qisqacha qaraladigan bo‘lsa, aniqlik (accuracy) 82% tashkil qildi. Bu natija qaralayotgan masala uchun yuqori hisoblanadi.   XGBoost Support vector machine (SVM) va tasodifiy ormon mashinani o‘rgatish algoritmlariga solishtirganda yuqori tezlik va aniqlik ko‘rsatkichlari namoyish qildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ushbu yondashuv maktab sharoitida real vaqt rejimida maktab o‘quvchilaridagi stressni aniqlash tizimlarini yaratishda kelajakda asosiy vosita bo‘la oladi

    АЛГОРИТМ ТЕСТИРОВАНИЯ РАДИОСТАНЦИИ НА ТЕПЛООТВОДЕ УСИЛИТЕЛЯ МОЩНОСТИ

    No full text
    В статье представлен алгоритм тестирования радиостанции на теплоотводе усилителя мощности, входящего в состав приёмо-передающего блока возимой радиостанции. Диагностика проводится путём измерения напряжений в контрольных точках, расположенных вблизи теплоотвода, с использованием цифрового мультиметра. Алгоритм учитывает два режима работы: при перегреве (с отключёнными контроллерами нагрева) и при нормальном тепловом состоянии. По результатам измерений производится заключение о техническом состоянии кейса усилителя, контроллеров декодера или самого теплоотвода. Алгоритм ориентирован на выявление предотказного состояния отказоопасных элементов

    XORIJIY SAYYOHLAR TASHRIF QARORIGA IJTIMOIY MEDIANING TA’SIRI: TAHLIL VA NATIJALAR

    No full text
    Ushbu tadqiqotda xorijiy sayyohlarning muayyan manzilga tashrif buyurish qaroriga ijtimoiy medianning ta’siri o‘rganildi. Ijtimoiy tarmoqlar turizm marketingida yangi kuch sifatida shakllanib, sayyohlarning axborot izlash va tanlov jarayonlarini tubdan o‘zgartirmoqda. Maqolada so‘nggi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar va so‘rovnomalar asosida ijtimoiy medianing o‘rni tahlil qilinib, global miqyosda sayyohlarning qanchalik ijtimoiy tarmoqlardagi kontentga tayanishi statistik ma’lumotlar orqali yoritilgan. Tadqiqot uchun xorijiy sayyohlardan olingan ma’lumotlar Spearman korrelyatsiyasi, ANOVA va logistik regressiya kabi statistik usullar yordamida tahlil qilindi. Natijalar yosh guruhlari va platforma tanlovi sayohat qarorlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini, shuningdek, ijobiy onlayn baholar va sharhlar sayyohlik manzillari jozibasini oshirishini ko‘rsatdi. Yosh sayyohlar Instagram va TikTok kabi vizual platformalardan ko‘proq ilhom olsalar, yoshi kattaroq avlod Facebook va an’anaviy manbalarga tayanishi aniqlandi. Ijtimoiy media reytinglari va boshqa foydalanuvchilarning tavsiyalari turistlarning kutgan natijalari shakllanishiga ta’sir etib, ular sayohatdan qoniqish darajasini ham belgilashi mumkin. Xulosa o‘rnida, turizm sohasida ijtimoiy mediadan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar berilib, xorijiy tajribalarni O‘zbekistonda qo‘llash yo‘llari ko‘rsatildi.&nbsp

    MODELS AND ALGORITHMS UTILIZING DEEP LEARNING FOR THE DETECTIONAND ANALYSIS OF EYE DISEASES BASED ON MEDICAL IMAGING

    No full text
    This article describes one of the serious consequences of diabetes, the negative impact on the visual system.The purpose of the work is to review the resources devoted to the problem of diagnosing diabetic retinopathy from eye images using neural networks. Materials and methods.The use of modern methods, approaches and algorithms is considered at stages such as data set collection and preparation, data pre-processing, image recognition task, transfer learning, comparison of methods, model ensembles, system development. Possible promising steps in future research are outlined.Results.During the analysis of publications on methods of diagnosing diabetic retinopathy using neural network-based eye images, the following directions for improving the existing results were identified: increasing the image data set, image pre-processing methods, interpretation of the neural network model, computational power implementation algorithms on mobile devices, classification problems and eye lesion segmentation, false negative and false positive diagnoses, model ensembles, using recurrent and capsule neural networks

    REACT ILOVALARI SAMARADORLIGINI OPTIMALLASHTIRISH USULLARI VA MATEMATIK TA’MINOTI

    No full text
    Maqolada React asosida ishlab chiqilgan web‑ilovalarning samaradorligini oshirishga qaratilgan usullar va ularning matematik ta’minoti tahlil qilinadi. Zamonaviy web-interfeyslar tezkorlik, kam resurs talab qilishi va yuqori foydalanuvchanlik talablarini qondirishi zarur. Shu munosabat bilan, maqolada web‑ilovaning yuklanish vaqti, xotira sarfi va qayta renderlar soniga ta’sir etuvchi omillar asosida bir nechta matematik modellar taklif etilgan. Xususan, memoizatsiya va lazy loading kabi texnik usullarning amaliy ta’siri hisoblab chiqilgan va integral samaradorlik indeksi (E) orqali baholangan. Tadqiqot davomida real kod fragmentlari va optimallashtirilgan arxitektura variantlari asosida eksperimentlar o‘tkazildi. Hisoblash natijalari taklif etilgan modellarning ishonchli ekanini tasdiqladi hamda React ilovalarini samaradorlik jihatdan baholash va takomillashtirish uchun universal yechimlar ishlab chiqish imkonini beradi

    STATISTICAL ANALYSIS AND FORECAST OF THE DYNAMICS OF COTTON YIELD IN THE NAMANGAN REGION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

    No full text
    Observations changing over time, conducted in an ordered sequence, are called a time series. In the article, the statistical regularity of the series of dynamics   is studied - the average cotton yield in the Namangan region of the Republic of Uzbekistan (according to the data provided by the Central Statistical Office of the Republic of Uzbekistan for 1991-2018); the study was conducted using the method of statistical analysis of time series. Point and interval estimates for the average cotton yield were constructed, with a 95% guarantee, explicit trends were identified, and yield in the region was predicted for subsequent years. It was found, using the statistical Durbin-Watson tests, that the average cotton yield in the region has an autocorrelation relationship

    QORAQALPOG‘ISTON HUDUDI IQLIM-TUPROQ SHAROITIGA MOSLASHGAN O‘SIMLIKLAR BO‘YICHA MA’LUMOTLAR BAZASINI LOYIHALASH

    No full text
    Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining tuproq-iqlim sharoitiga moslashuvchan o‘simliklar bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash, tizimlashtirish va saqlashga ixtisoslashgan ma’lumotlar bazasini kontseptual, mantiqiy va fizik darajada loyihalashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Ushbu ma’lumotlar bazasi agroekologik tahlil, o‘simlik tanlash, mahsuldorlik prognozlash va yerdan samarali foydalanish qarorlarini qo‘llab-quvvatlovchi axborot infratuzilmasi sifatida xizmat qiladi. Loyihalash jarayonida normallashtirish, indekslash va kognitiv ob’ektlar o‘rtasidagi bog‘lanishlar matematik asosda ifodalangan. Tadqiqot “AL-9424104879 – Orol dengizi qurigan tubi tuproq-iqlim sharoitiga mos o‘simliklarni tasniflash va yerdan foydalanish samaradorligini oshirish algoritmlari” loyihasi doirasida amalga oshirilgan

    “SANOAT-5”DA RAQAMLI MEHNAT BOZORI

    No full text
    Maqolada raqamli iqtisodiyotning asosiy jihatlari va raqamli bandlikni shakllantirish jarayonlari ko‘rib chiqiladi. Raqamli texnologiyalarning tarqalishi natijasida yuzaga kelgan mehnat faoliyatining yangi shakllarining paydo bo‘lishi uchun shart-sharoitlar va zarur shart-sharoitlar tahlil qilinadi. U mehnat bozori tarkibidagi o‘zgarishlarni, raqamli muhitni rivojlantirish bilan bog‘liq kasb va mutaxassisliklarning paydo bo‘lishini, shuningdek, iqtisodiy jarayonlarni avtomatlashtirish va raqamlashtirish ta’sirida bandlikning an’anaviy shakllarini o‘zgartirishni batafsil o‘rganadi

    0

    full texts

    554

    metadata records
    Updated in last 30 days.
    OJS Tashkent State University of Economics
    Access Repository Dashboard
    Do you manage Open Research Online? Become a CORE Member to access insider analytics, issue reports and manage access to outputs from your repository in the CORE Repository Dashboard! 👇