Science and Education scientific journal
Not a member yet
1500 research outputs found
Sort by
Цифровые права в сфере здравоохранения как основные права человека
В условиях стремительного развития цифровых технологий концепция прав человека приобретает новые измерения, особенно в сфере здравоохранения. В статье рассматриваются цифровые права как неотъемлемая часть основополагающих прав человека, акцентируется внимание на праве на защиту персональных данных, доступ к телемедицине, использовании искусственного интеллекта и предотвращении цифровой дискриминации. Анализируются основные вызовы, возникающие в процессе цифровизации медицины, включая угрозу утечек информации, алгоритмическую предвзятость и неравномерный доступ к цифровым услугам. Особое внимание уделено международным и национальным правовым инициативам, в том числе стратегии «Цифровой Узбекистан-2030», направленным на защиту цифровых прав пациентов. Подчеркивается необходимость формирования глобальных стандартов в области цифрового здравоохранения, чтобы обеспечить справедливость, безопасность и равенство в доступе к медицинским услугам
Al-Xorazmiy merosining STEAM yo‘nalishiga ta’siri
Ushbu maqolada IX asrda yashab ijod qilgan buyuk alloma Al-Xorazmiy va uning zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni, xususan, STEAM (fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika) ta’limidagi o‘rni yoritilgan. Maqolada Al-Xorazmiyning algebra, algoritmlar, astronomiya va geografiya fanlariga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi hamda uning bugungi STEAM yondashuvidagi ahamiyati ochib beriladi
O‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari
Maqolada o‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari, o‘zaro bog‘liqligi va farqlari ilmiy manbaalarga tayangan holda tahlil qilingan. Faoliyat tushunchasining ta’rifi, faoliyat turlari va mazmuni haqida so’z yuritilgan. Shuningdek, o‘quvchilarning kognitiv faoliyatining mazmun-mohiyati yoritilgan, bir qator mashqlar tahlil qilingan
Changes in product unevenness during different spinning process stages
In this scientific article, research work was carried out on product unevenness during the passes of the spinning process, and the results are presented in figures
Этномиллий қадриятларнинг ижтимоий-психологик хусусиятлари
Ушбу мақолада халқимиз ўтмиши, миллий қадриятларни улуғлаш - инсоний фазилатлардан биридир. Халқимизнинг асрлар давомида шаклланган урф-одатлари, анъаналари ва ҳаётий тажрибасини ўрганиш ҳамда унинг мазмун-моҳиятини кейинги авлодларга янада такомиллашган, ҳаётга татбиқ этиладиган ҳолда етказиш - ҳар бир авлоднинг муқаддас бурчи ҳисобланади
Маъмурий форма ва академик эркинлик: олий таълимдаги зиддиятли тенденциялар
Мақолада олий таълимда профессор-ўқитувчиларнинг кийиниши масаласи фалсафий нуқтаи назардан таҳлил қилинади. Мажбурий форма кийиш амалиётининг талабаларга таъсири ва таълимдаги шахсият, маданият ва маънавият муҳимлиги ёритилади. Фалсафий таҳлил орқали, профессор-ўқитувчиларнинг ташқи кўриниши талабаларнинг маънавий ва ахлоқий камолотига таъсир кўрсатади, шунинг учун ёш авлодга маънавий намуна бўлишнинг муҳимлиги таъкидланади. Мақолада мажбурий форма ва ўқитувчи шахсияти ўртасидаги муаммолар ҳамда ўқитувчининг индивидуалликка эга бўлиши кераклиги кўрсатилади
Xalqaro investitsiyalarni jalb qilishda iqtisodiy zonalarning roli
Maqolaning mazmuni xalqaro investitsiyalarni jalb qilishda iqtisodiy zonalarning xalqaro investitsiyalarni jalb qilishdagi o‘rni, ularning turlari, rivojlanish mexanizmlari va samaradorlik ko‘rsatkichlari o‘rganadi. Mamlakatimiz tajribasi, shu bilan bir qatorda, xalqaro amaliyotdagi ilg‘or tajribalar tahlil qilinib, takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Mazkur ilmiy ishda iqtisodiy zonalar xorijiy investitsiyalarni jalb etishda samarali vosita sifatida baholangan. Mamlakatimizda va bir qator xorijiy mamlakatlar (Xitoy, BAA, Polsha) tajribasi asosida amaliy tahlil o‘tkazilgan. Xalqaro investitsiyalarni jalb qilishda iqtisodiy zonalar orqali TXI hajmini oshirishga qaratilgan taklif va strategiyalar ishlab chiqilgan
Davlat byudjeti mablag‘lari sarflanishida moliyaviy nazoratni takomillashtirish yo‘llari
Ushbu maqolada O‘zbekiston davlat byudjeti mablag‘lari sarflanishi ustidan moliyaviy nazoratni tashkil etish va uni takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari dinamikasi, davlat maqsadli jamg‘armalari hajmining o‘zgarishi hamda tashqi qarz hisobidan moliyalashtirilayotgan dasturlar ko‘lami statistik ma’lumotlar asosida o‘rganilgan. Shuningdek, natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish konsepsiyasining joriy etilishi istiqbollari muhokama qilingan
Jangovar harakatlar davrida tabiatni hisobga olish tadbirlari
Jangovar harakatlar davrida tabiatni hisobga olish masalasi harbiy strategiya va taktikada muhim o‘rin tutadi. Hududning relyefi, iqlim sharoitlari, gidrografik tarmog‘i, o‘rmon va cho‘l zonalari, shuningdek, ob-havoning o‘zgaruvchanligi jangovar harakatlar samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois harbiy amaliyotda tabiiy sharoitlarni chuqur o‘rganish, qo‘shinlarning joylashuvi va harakatlanish yo‘nalishlarini to‘g‘ri belgilash, moddiy-texnik ta’minotni tashkil etishda tabiat omillarini hisobga olish zarur. Mazkur tadbirlar jangovar tayyorgarlikni oshirish, qo‘shinlarning jang maydonidagi harakatchanligini ta’minlash va talafotlarni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi
Nafasni boshqarishning badiiy va texnik jihatdan uyg‘unlashuvi
Mazkur maqolada vokal ijrochiligining eng muhim omillaridan biri - nafasni boshqarish masalasi badiiy va texnik jihatdan tahlil etiladi. Nafasning fiziologik asoslari, uni ijro jarayonida boshqarish mexanizmlari hamda musiqiy ifoda bilan uyg‘unlikda ishlash uslublari yoritilgan. Shuningdek, vokal texnikasining rivojlanishida diafragmatik nafas, rezonans va emotsional holatning o‘zaro ta’siri o‘rganiladi. Tadqiqot xonandalarning texnik mahoratini oshirish, ijodiy ifoda imkoniyatlarini kengaytirish va vokal pedagogikasini takomillashtirishga qaratilgan. Vokal san’atida tovush sifati, barqarorlik, musiqiy ifoda va emotsional ta’sirchanlikning asosi nafasni to‘g‘ri boshqarish bilan chambarchas bog‘liqligi ko’rsatib berilgan