Science and Education scientific journal
Not a member yet
1500 research outputs found
Sort by
Innovative technologies and financial mechanisms for their stimulation
This article examines the role and importance of scientific research in the creation of mechanisms and methods for financing new technologies for sustainable economic development and their implementation, as well as proposals and recommendations for achieving an effective solution to issues aimed at financing and commercializing the transfer of innovations, which is one of the main factors in economic development
Fortepiano o‘qitishda o‘quvchining emotsional idrokini rivojlantirish usullari
Ushbu maqolada fortepiano ta’limi jarayonida o‘quvchilarning emotsional idrokini rivojlantirish usullari, bu usullarning nazariy asoslari, amaliy metodlari va pedagogik yondashuvlari chuqur tahlil qilingan. Fortepiano o‘rgatishda faqat texnik ko‘nikmalar emas, balki musiqiy asarlarning mazmuni, xarakteri va emotsional boyligini his qilish ham muhim o‘rin egallaydi. Emotsional idrokni rivojlantirish orqali o‘quvchilar chuqurroq musiqiy tafakkurga ega bo‘ladi, ijrochilik madaniyati shakllanadi va musiqaga bo‘lgan individual munosabat kuchayadi. Pianino o‘qitishning o‘yinga asoslangan yondashuvi, ayniqsa, bolalar uchun o‘quv jarayonini yanada qiziqarli, rag‘batlantiruvchi va samarali qilish uchun o‘yin elementlaridan foydalanadigan usuldir
Ko‘p o‘lchovli massivlar va ularning funksiyalarini zamonaviy metodlar yordamida tadqiq qilish
Mazkur maqolada ko‘p o‘lchovli massivlar va ularda belgilangan funksiyalarni zamonaviy matematik, analitik, statistika va algoritmik metodlar yordamida tadqiq etishning nazariy va amaliy asoslari yoritiladi. Ko‘p o‘lchovli massivlar sonli modellashtirish, sun’iy intellekt, tasvirlarni qayta ishlash, fizik jarayonlarni kompyuterda model qilish, katta hajmdagi ma’lumotlar tahlili kabi yo‘nalishlarda asosiy matematik obyekt hisoblanadi. Maqolada ko‘p o‘lchovli massivlar ustida qo‘llaniladigan zamonaviy tahlil metodlari - spektral tahlil, raqamli differensial operatorlar, interpolatsiya, optimallashtirish, gradient usullari, konvolyutsiya, tensorli hisoblashlar va mashinaviy o‘qitishdagi algoritmlar keng o‘rganiladi
Bog‘cha yoshidagi bolalarda ritmik sezgirlikni rivojlantirish metodikasi
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida bog‘cha yoshidagi (3-7 yosh) bolalarda ritmik sezgirlikni rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari, psixofiziologik mexanizmlari, pedagogik texnologiyalari va amaliy metodikasi fundamental darajada tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida ritm tushunchasi, uning musiqiy va biologik mohiyati, ritmik sezgirlikning psixologik va fiziologik asoslari, miya faoliyati va ritm idroki o‘rtasidagi bog‘liqlik, sensomotor koordinatsiya, ritm va harakat integratsiyasi, ritm va nutq munosabatlari, ritmik qobiliyatlarning tuzilishi va komponentlari keng ko‘lamda o‘rganilgan. Tadqiqotda ritmik sezgirlikni rivojlantirishning kompleks metodikasi taqdim etilgan: ritmik mashqlar tizimi, ritmik o‘yinlar, ritmik gimnastika, vokal-ritmik mashqlar, musiqiy-ritmik harakatlar, raqsning ritmik asoslari, ritmik improvizatsiya va kompozitsiya
O‘quvchilarning mustaqil dutor ijodini shakllantirish yollari, dutor mashg‘ulotlarida audiovizual materiallardan foydalanish
Ushbu maqolada o‘quvchilarda dutor chalish ko‘nikmalarini mustaqil ravishda shakllantirishning pedagogik, psixologik va metodik asoslari yoritilgan. Xususan, dars jarayonida audiovizual materiallardan foydalanishning samaradorligi, o‘quvchilarda ijodiy mushohada, musiqiy eshitish, ritmik his, barmoq texnikasi va sahnaviy ifodaviylik qobiliyatlarini rivojlantirish mexanizmlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, dutor ijodining bosqichma-bosqich shakllanish modeli ham tavsiflanadi. Musiqa ta’limining samaradorligini oshirishda audiovizual texnologiyalarni qo‘llash dolzarb masala bo’lib turibdi
Musiqiy ta’lim mashg‘ulotlarida interfaol metodlarning qo‘llanishi
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqiy mashg‘ulotlarni interaktiv metodlar asosida tashkil etishning nazariy-metodologik asoslari va amaliy texnologiyalari tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida interaktiv ta’lim tushunchasi, uning pedagogik mohiyati, klassik va zamonaviy ta’lim metodlari taqqoslashi, interaktiv yondashuvning psixologik-pedagogik asoslari keng o‘rganilgan. Maqolada musiqiy mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan asosiy interaktiv metodlar atroflicha yoritilgan. Tadqiqot natijalari asosida musiqiy mashg‘ulotlarni interaktiv metodlar yordamida samarali tashkil etish, bolalarning faolligini oshirish, musiqaga qiziqishni shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan
Bolalar bog‘chasida musiqiy tarbiya sifatini monitoring qilishning zamonaviy usullari
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqiy tarbiya jarayonini baholashning zamonaviy monitoring usullari ko‘rib chiqilgan. Raqamli texnologiyalar, diagnostik vositalar va sifat ko‘rsatkichlarini tahlil qilish asosida bolalarning musiqiy rivojlanishini kuzatish metodlari taqdim etilgan. Monitoring tizimining samaradorligi, pedagogik jarayonni takomillashtirish yo‘llari va amaliy tavsiyalar keltirilgan. Zamonaviy monitoring tizimida texnologik vositalardan keng foydalanilmoqda. Har bir bosqichda bolalarning quyidagi ko‘nikmalari baholanadi: ohang sezgisi, ritm hissi, musiqiy xotira, tovush rangi, ijodiy ifodalanish qobiliyati va harakatlar koordinatsiyasi
Bog‘cha yoshidagi o‘quvchilarda musiqiy tafakkurni rivojlantirishning innovatsion yo‘llari
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda musiqiy tafakkurni rivojlantirishning zamonaviy innovatsion metodlari va yondashuvlari tahlil qilingan. Musiqiy tafakkurning tarkibiy qismlari, shakllanish bosqichlari va rivojlanish omillari ko‘rib chiqilgan. Kreativ pedagogika, improvizatsiya, STEAM-yondashuv, neyropedagogika yutuqlari va raqamli texnologiyalar asosida musiqiy intellektni rivojlantirish usullari taqdim etilgan. Amaliy tajribalar, eksperimental ishlар natijalari va pedagoglar uchun metodik tavsiyalar keltirilgan. Musiqiy tafakkurni rivojlantirishning bolalarning umumiy kognitiv qobiliyatlari va shaxsiy rivojlanishiga ta’siri ilmiy asoslangan
Musiqiy ta’lim shakllarini tanlashda differensial yondashuvning o‘rni
Maqolada musiqiy ta’lim jarayonida tashkiliy shakllarni tanlash va qo‘llashda differensial yondashuvning ahamiyati, nazariy asoslari va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda frontal, guruhli, individual va juftlik ishi kabi turli ta’lim shakllarining o‘ziga xos xususiyatlari, ularning afzallik va cheklangan tomonlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada o‘quvchilarning musiqiy qobiliyatlari, yosh xususiyatlari, o‘rganish uslublari, psixologik va fiziologik xususiyatlari asosida optimal ta’lim shaklini tanlash mezonlari va algoritmlari yoritilgan. Tadqiqotda shuningdek, turli ta’lim shakllarini differensiatsiya qilishning metodik asoslari, o‘quv jarayonini loyihalashtirishda shakllarning dinamik o‘zgarishi, har bir shakl uchun moslashtirilgan pedagogik texnologiyalar hamda ta’lim shakllarini tanlavda pedagogning professional kompetensiyalari masalalari ilmiy asoslangan
Pedagogik innovatsiyalar yordamida fortepiano darslarini boshqarish
Ushbu maqola fortepiano darslarini boshqarishda pedagogik innovatsiyalarning o‘rni, ahamiyati va amaliy qo‘llanilishini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qiladi. Zamonaviy ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalar, raqamli vositalar, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, interfaollik, monitoring va sifatni boshqarish tizimlari dars jarayonining samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Fortepiano ta’limida innovatsion yondashuvlar o‘quvchining ijodiy tafakkurini rivojlantiradi, texnik mahoratini mustahkamlaydi, o‘quv jarayonini individuallashtiradi hamda dars sifatini boshqarishning yangi mexanizmlarini shakllantiradi. Maqolada fortepiano ta’limida pedagogik innovatsiyalarni qo‘llashning metodik tamoyillari, boshqaruv strategiyalari, innovatsion texnologiyalar turlari va ularning amaliy samaradorligi tizimli yoritilgan