Science and Education scientific journal
Not a member yet
    1500 research outputs found

    Bolalar musiqa va san’at maktablarida dumbra kuylari orqali vatanga muxabbat tuyg‘usini kuchaytirish

    Get PDF
    Ushbu maqolada bolalar musiqa va san’at maktablarida milliy cholg‘u san’ati, xususan dumbra ijrochiligini o‘qitishning tarbiyaviy va ma’naviy ahamiyati yoritilgan. Dumbra kuylarining badiiy mazmuni, ularning Vatan, yurt, tabiat, el-yurt dardini ifodalashdagi o‘rni tahlil qilinadi. O‘quvchilarda vatanga muhabbat tuyg‘usini kuchaytirishda milliy kuylar, ijro jarayoni, ustoz-shogird an’anasi, sahna madaniyati hamda musiqani ongli idrok etish vositalari asosida shakllantirishning pedagogik va psixologik asoslari ochib berilgan. Maqolada shuningdek, o‘quvchilarning milliy o‘zlikni anglashiga xizmat qiluvchi metodlar, mashg‘ulot shakllari va tarbiyaviy yondashuvlar izohlanadi

    Boshlang‘ich sinflarda musiqiy ta’limni samarali tashkil etish yo‘llari

    Get PDF
    Mazkur ilmiy maqolada boshlang‘ich sinflarda musiqiy ta’limni samarali tashkil etishning nazariy-metodik asoslari, ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalar, o‘quvchilarning musiqiy idrokini rivojlantirish yo‘llari hamda dars jarayonining psixologik-pedagogik omillari yoritiladi. Musiqiy ta’limning boshlang‘ich bosqichida o‘quvchi shaxsini estetik tarbiyalash, musiqaga bo‘lgan qiziqishini shakllantirish, ritmik sezgirlik, kuylash ko‘nikmalari, musiqiy eshituv va badiiy tafakkurni rivojlantirish muhim sanaladi. Maqolada interfaol metodlar, AKT vositalari, o‘yin texnologiyalari, integrativ yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim hamda musiqa darslarining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi metodik tavsiyalar keng tahlil qilinadi

    Теория периодических решений по восстанавлений процесса работоспособности борцов на послесоревновательном этапе

    Get PDF
    В статье раскрывается эффективность обучения упражнениям находится в прямой зависимости от уровня развития физических качеств детей и подростков. Применение на начальном этапе занятий спортом в значительном объеме упражнений, направленных на развитие быстроты и силы, способствует более успешному формированию и закреплению двигательных навыков. Игровая форма выполнения упражнений соответствует возрастным особенностям юных спортсменов. Величина тренировочных нагрузок и повышение уровня тренированности зависит от темпов восстановительных процессов в организме спортсмена. Средства восстановления подразделяют па три типа: педагогические, медико-биологические и психологические

    Сложная многоголосная музыка и пластичность мозга в смещенном одних структур мозга относительно других

    Get PDF
    В статье раскрывается подростковый возраст, который имеет большое значение не только потому, что головной мозг в этот период пластичен; не менее важно, какие именно области мозга пластичны. Нейронная пластичность, это - способность мозга изменять свою структуру и функции для адаптации к новому опыту. Она играет важную роль в обучении, формировании памяти и восстановлении после неврологических заболеваний и травм. Сложная - многочисленные разрешения (возможны последовательные разрешения в неразрешенные аккорды), Диссонансы, хроматизмы и все такое. Самый богатый и сложный жанр музыки - опера. Нейропластичность, - способность мозга изменять свою структуру и функции для адаптации к новому опыту

    Maktab o‘quvchilariga dutor ijrochilik mexanizmini takomillashtirish metodi

    Get PDF
    O‘zbek xalq cholg‘ulari musiqaning barcha tarmoqlariga mos shakllanib, asrlar osha rivojlanib kelgan. O‘zbek milliy cholg‘ularida ijrochilik tarixini o‘rganishda o‘rta asrlar musiqa ilmiga oid asarlar asosiy manbalardan hisoblanadi. Milliy cholg‘ularimizning tarixiy jarayonini bilish aynan o‘sha davrda yashab ijod qilgan olimlarning asarlarida keltirilgan. Ana shunday qadimiy-tarixiy cholg‘u sozlaridan biri bu dutor cholg‘usidir. Dutor cholg‘usi xususidagi dastlabki ma’lumotlarni Mavlono Zaynulobidin al Xusayniyning Alisher Navoiyga bag‘ishlangan "Musiqiy ilm va amaliyot qonuni" risolasida uchratamiz. XV asrning ikkinchi yarmida bitilgan bu risolada o‘sha zamonda kvarta intervali oralig‘ida sozlanuvchi, o‘n bir pardaga ega bo‘lgan dutor tavsiflanadi

    Mehnat ta’tilining ishlab berilmagan kunlari uchun ish haqidan ushlab qolish

    Get PDF
    Ish haqidan ushlab qolish asoslari va tartibi, ish haqidan ushlab qolish miqdoriga qo‘yilgan cheklovlar, xodimning xohishiga ko‘ra ish haqini tasarruf etishga oid eng muhim nazariy qoidalar va amaliyotni tahlil etishga bag‘ishlangan. Ushbu maqolada ish haqi va ish haqidan ushlab qolish tushunchalari, ish haqidan ushlab qolishning tasniflanishi, soliqlar va yig‘imlarni undirish uchun ish haqidan ushlab qolish, sud qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini, shuningdek vakolatli organlarning qonuniy talablarini bajarish uchun ish haqidan ushlab qolish, ish haqi hisobiga berilgan avansni ushlab qolish, xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun ish haqidan ushlab qolish, intizomiy jarimani undirish uchun ish haqidan ushlab qolish, mehnat ta’tilining ishlab berilmagan kunlari uchun ish haqidan ushlab qolish bo‘yicha yoritilgan

    Psixologik ta’lim va uning mazmuni

    Get PDF
    Mazkur maqola psixologik ta’limning mazmuni, uning ahamiyati va ta’lim jarayonida tutgan o‘rni haqida ma’lumot beradi. Psixologik ta’limning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinib, uning shaxs rivojlanishiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada psixologik ta’limning asosiy yo‘nalishlari va usullari haqida fikr yuritiladi

    Zamonaviy sharoitda ta’limni psixologik ta’minlashning asosiy yo‘li

    Get PDF
    Ushbu maqolada stressni boshqarish bo‘yicha psixologik treninglar, o‘qishdagi muvaffaqiyatni oshirishga yordam beruvchi psixologik maslahatlar, o‘quvchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishi mumkin bo‘lgan holatlar, o‘quvchilarda ruhiy barqarorlikni ta’minlash uchun ijobiy psixologik muhit yaratish ham muhim ahamiyatga ega. Kalit so‘zlari: induvidual, diagnostika, emotsional, stress, kreativ, kogniti

    Surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda temir tanqisligi kamqonligini davolashga zamonaviy yondoshuvlar

    Get PDF
    Surunkali yurak yetishmovchiligi, chap qorincha qon xaydash fraksiyasi (CHQQXF) kamaygan va tasdiqlangan temir tanqisligi bo‘lgan bemorlarda tomir ichiga temir bilan uzoq muddatli davolash simptomlarni, funksional imkoniyatlarni va hayot sifatini yaxshilaydi

    Cholg‘u ijrochiligi darslarida o‘quvchilarni ijro texnikasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (dutor sinfi misolida)

    Get PDF
    Ijro texnikasini rivojlantirish - bu san’atkorning asarlarni mukammal ijro etish mahoratini oshirishga qaratilgan jarayon. Ushbu jarayon uzluksiz mashq qilish, texnik uslublarni o‘rganish va ijodiy yondashuvni talab qiladi. Ijro texnikasini rivojlantirish metodikasi turli sohalarda - musiqa, teatr, sport va boshqa ijodiy yo‘nalishlarda qo‘llaniladi. Dutor - o‘zbek xalq cholg‘usi bo‘lib, uning ijrochiligi katta mahorat va texnikani talab qiladi. Doimiy mashqlar va tahlil orqali san’atkor o‘z mahoratini oshiradi va yangi marralarni zabt etadi. Dutor sinfi darslarida ijro texnikasini rivojlantirish uchun to‘g‘ri metodik yondashuv, muntazam mashqlar, innovatsion texnologiyalar va ota-onalar bilan hamkorlik zarur. Bu usullar o‘quvchilarning nafaqat texnik mahoratini oshiradi, ijodiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi

    1,500

    full texts

    1,500

    metadata records
    Updated in last 30 days.
    Science and Education scientific journal is based in Uzbekistan
    Access Repository Dashboard
    Do you manage Open Research Online? Become a CORE Member to access insider analytics, issue reports and manage access to outputs from your repository in the CORE Repository Dashboard! 👇