Science and Education scientific journal
Not a member yet
1500 research outputs found
Sort by
Nutqida muammolari boʻlgan bolalarga boʻlgan munosabat va ularning ijtimoiy adaptatsiyasi
Ushbu maqolada nutqida muammolari bo‘lgan bolalarga bo‘lgan musobatlar, ularning xarakteri, ijtimoiy muhitga moslashishi,moslashish davomida ota-ona va o‘qituvchilarning ro‘li, bolalarni inklyuziv ta’limda o‘qitish va bu asosida Prezdentning qarorlari, nutqida muammolari bo‘lgan bolalar bilan turli xil metodikalar olib boorish haqida ochib berilgan
Musiqa maktablari bilan umumiy о‘rta ta’lim tizimida musiqiy-pedagоgik hamkоrlikni rivоjlantirish imkоniyatlari
O‘zbekistonning milliy musiqiy an’analarini saqlab qolish va targ‘ib etish, xalq qo‘shiqlari, maqom va an’anaviy ijrochilik uslublari adabiyotlarda keng ko‘rib chiqilgan. Bu borada xalq madaniyatini o‘quv dasturlariga integratsiyalash orqali milliy qadriyatlarni yosh avlodga yetkazish masalalari yoritilgan. Innovatsion texnologiyalar va qo‘shma loyihalar orqali o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini oshirish, ta’lim jarayonini interaktiv va samarali qilish imkoniyati mavjud. O‘quvchilarning musiqiy ta’limini yanada boyitish maqsadida san’at maktablari va umumta’lim maktablari o‘rtasida almashinuv dasturlarini joriy etish muhimdir. Bunday dasturlar orqali o‘quvchilar turli muhitlarda ta’lim olib, ijodiy rivojlanishlariga ko‘maklashuvchi tajriba orttiradilar
Milliy cholg‘ularda ansambl ijrochiligi
Ijrochilarning ansamblning yangi shakllarini izlashga intilishi cholg‘u ijrochilik madaniyatining tabiiy rivojlanish jarayonini aks ettiradi. Musiqa ijrochiligining rivojlanish jarayonida musiqa makonida va umuman ijrochilik san’atida mustaqil hodisani ifodalovchi juda xilma-xil ansambl cholg‘u shakllari va janrlari paydo bo‘ldi. milliy cholg‘ularda ansambl ijrochiligi O‘zbekiston musiqa san’atining boy merosi bo‘lib, xalqning an’analari, tarixi va ruhiyatini aks ettiradi. Zamonaviy ijodkorlar tomonidan yangi usullar va texnikalar qo‘llanilishi milliy ansambl ijrochiligini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi
Nosog‘lom oila muhitida voyaga yetayotgan bolalarda ijtimoiy adaptatsiya muammosining psixologik xususiyati
Mazkur maqolada oilaviy muammolarning yosh avlod kelajagiga, ijtimoiylashuviga salbiy ta’siri ko‘rib chiqiladi. Agar bola disfunktsional oilada yashasa, u shaxsni to‘g‘ri shakllantirishning asosiy omili bo‘lgan -hissiy qulaylik va ota-onalar bilan muloqotdan mahrum bo‘ladi. Noto‘g‘ri xatti-harakatlar, nosog‘lom ahloqiy muhitga ega ota-onalar bolaning hissiy va psixologik sohasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va natijada deviant xulqli bolalar shakllanadi
Лечение кариеса молочных зубов у детей с заболеваниями желудочно-кишечного тракта
В данной статье рассматривается вопром о лечении кариеса молочных зубов у детей с заболеваниями желудочно-кишечного тракта
Развитие навыков слушания музыки в процессе обучения игре на скрипке у старших школьников
Статья посвящена важности развития навыков слушания музыки у старших школьников в процессе обучения игре на скрипке. Рассматриваются основные аспекты слухового восприятия музыки, такие как интонационный слух, восприятие музыкальных структур, работа с динамикой и темпом. Подчеркивается роль музыкального слуха в техническом и художественном развитии скрипача. Автор выделяет значимость разнообразного музыкального репертуара, а также практики в ансамблях и оркестрах для формирования целостного музыкального восприятия
Qoraqalpoq xalq eposlari va jirovlik san’atining musiqiy jihatlari: an’anaviy va zamonaviy yondashuvlar
Ushbu maqola qoraqalpoq xalq eposlari va jirovlik san’ati musiqasining an’anaviy va zamonaviy jihatlarini tahlil qiladi. Maqolada qoraqalpoq xalqining epos va jirovlik san’ati, musiqaning ijro shakllari, vokal texnikalari, instrumental asboblar va musiqiy ritmlarining o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada zamonaviy texnologiyalar va global madaniyatning qoraqalpoq musiqasiga ta’siri, shuningdek, an’anaviy va zamonaviy yondashuvlarning uyg‘unlashuvi tahlil qilinadi. Ushbu tahlil qoraqalpoq musiqasining o‘ziga xosligini saqlab qolish hamda zamonaviy yangiliklarni qamrab olish jarayonida yuzaga kelgan o‘zgarishlarni yoritadi
O‘quvchilarning atrofimizdagi olam, tabiat to‘g‘risidagi tasavvur va tafakkurini shakllantirishda tabiiy va tasviriy san’at fanlarini integratsiyalashning ahamiyati
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tasviriy san’at va tabiatshunoslik darslarida fanlararo aloqadorlikga alohida e’tibor qaratish lozim. Bunda har bir o‘qituvchi yuksak pedagogik mahoratga ega bo‘lishi kerak. Ushbu maqolada tasviriy san’at va tabiatshunoslik darslarida o‘quvchilarning inson, tabiat, jamiyat, ekologiya, axloq, tasviriy san’at haqidagi bilimlarini rivojlantirshning ahamiyati bayon etilgan
The Importance of Developing Digital Literacy Skills in Optimizing the Professional Competence of Future Foreign Language Teachers
This article explores the critical role that digital technology skills play in shaping the professional competence of future foreign language teachers. As education becomes increasingly digitized, proficiency in digital tools is essential for modern teaching. The article delves into the necessity of including digital literacy in teacher training programs, emphasizing its potential to enhance student engagement, facilitate interactive learning environments, and improve teaching effectiveness. Through mixed-method research, this study provides insights into the current digital competencies of future foreign language teachers and offers practical recommendations for developing these skills. The research also highlights examples of how digital tools, such as language learning apps and learning management systems (LMS), are already being integrated into the teaching practices of future educators
Puflama cholg‘ular ijrochiligi - Klarnet
Ushbu maqola klarnet cholg‘usining puflama cholg‘ular oilasidagi o‘rni, rivojlanish tarixi, texnik va ijroviy xususiyatlarini o‘rganadi. Maqolada klarnet ijrochiligining anatomik-fiziologik asoslari, puflab chalish texnikasi, applikatura, artikulyatsiya, dinamik va tembr imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, klarnet ijrochiligining tarixi, uning orkestr va ansambl tarkibidagi roli, repertuar xususiyatlari hamda zamonaviy klarnet ijrochiligining tendensiyalari va rivojlanish istiqbollari tadqiq etiladi. Maqolada klarnet ijrochiligidagi turli maktablar, ularning o‘ziga xos an’analari, ijro uslublari va pedagogik yondashuvlari ham ko‘rib chiqiladi