Science and Education scientific journal
Not a member yet
1500 research outputs found
Sort by
“Kirim-chiqim” komponentli O‘zbek va Ingliz paremiologik birliklarining lingvomadaniy xususiyatlari
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida kirim-chiqim komponentiga ega bo‘lgan paremiologik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlari tahlil qilinadi. Maqolada pul, foyda, xarajat, tejamkorlik, isrof va iqtisodiy faoliyatga oid madaniy va milliy qarashlar xalq maqollari va iboralari orqali aks ettirilishi o‘rganilgan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ingliz va o‘zbek tillaridagi “kirim-chiqim” asosli maqollar jamiyatning iqtisodiy dunyoqarashi, qadriyat tizimi va hayot falsafasini ifodalab beradi
Fortepiano mashg‘ulotlarida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim yondashuvini tatbiq etish
Mazkur maqolada fortepiano mashg‘ulotlarida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim yondashuvining nazariy asoslari, amaliy tatbiqi va pedagogik samaradorligi tahlil etilgan. Bugungi kunda musiqa ta’limining maqsadi faqat texnik ko‘nikmalarni shakllantirish emas, balki har bir o‘quvchining shaxsiy ehtiyojlarini, qiziqishlarini, emotsional holatini hisobga olgan holda ularning ijodiy salohiyatini ochib berishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimini joriy etishdan iborat. Ushbu maqolada fortepiano darslarida individual yondashuv, shaxsiylashtirilgan ta’lim usullari, motivatsiya, erkin ifoda, refleksiya va ijodiy faoliyatga asoslangan metodlar haqida fikr yuritiladi. Fortepiano darslariga talabaga yo‘naltirilgan yondashuv nafaqat individual repertuar tanlash, balki o‘quvchi va uning qiziqishlarini ta’lim jarayonining markaziga qo‘yadigan keng qamrovli tizimdir
Zilziladan jabrlangan bolalarga psixologik yordam koʻrsatish tadbirlari
Аnnotаtsiyа: Ushbu mаqolаdа zilzilаdan jabrlangan bolalarga psixologik yordam ko‘rsatishga tаyyorgаrlik ko‘rish, zilzilа vаqtidа to‘g‘ri hаrаkаt qilish vа zilzilаdаn keyin bolalarga qanday psixologik yordam berish uchun bаjаrilishi kerаk bo‘lgаn tаdbirlаr hаqidа hаmdа birinchi yordаm ko‘rsаtishdа bаjаrilishi kerаk bo‘lgаn tаdbirlаr keltirilgаn. Kаlit so‘zlаr: zilzilа, vahima, dalda, ruhiy jarohat, psixologik yordam, birinchi yorda
Moliyaviy hisob va soliq hisobi o‘rtasidagi farqlar va ularni uyg‘unlashtirish masalalari
Ushbu maqolada moliyaviy hisob va soliq hisobi o‘rtasidagi o‘ziga xosliklar, ularning maqsad va vazifalari hamda farqli jihatlari tahlil qilingan. Moliyaviy hisobning asosiy vazifasi xo‘jalik sub’yektining moliyaviy ahvolini aniq va shaffof ko‘rsatishdan iborat bo‘lsa, soliq hisobi davlat byudjeti oldidagi majburiyatlarni bajarishga qaratilganligi yoritib beriladi. Shuningdek, buxgalteriya amaliyotida ikki xil hisob yuritish korxonalar uchun ortiqcha vaqt va xarajat talab qilishi sababli ularni uyg‘unlashtirish masalalari ham ko‘rib chiqiladi. Maqolada xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (XMHS) yaqinlashish, milliy standartlarni takomillashtirish va elektron hisob tizimlarini joriy etish orqali soliq va moliyaviy hisobotlarning integratsiyasini kuchaytirish zarurligi ta’kidlanadi
Transforming science classrooms through evidence-based teaching practices
The transformation of science classrooms through evidence-based teaching practices has become increasingly essential in modern education. Traditional instruction, often reliant on lectures and rote memorization, fails to engage students fully or foster deep understanding of scientific concepts. Evidence-based teaching integrates instructional strategies validated through empirical research, ensuring that classroom practices effectively promote learning, critical thinking, and problem-solving. This article examines the theoretical foundations, practical applications, and outcomes of evidence-based approaches in science education, including active learning, formative assessment, scaffolding, differentiation, and technology integration. It highlights the role of metacognition and collaborative learning in enhancing student engagement and cognitive development. Challenges associated with implementing research-informed practices, such as resource limitations and teacher readiness, are also discussed. The findings suggest that evidence-based teaching not only improves academic performance but also cultivates scientific literacy, critical reasoning, and lifelong learning skills. By embedding research-informed practices in science instruction, educators can create dynamic, student-centered learning environments that prepare learners to navigate complex scientific and real-world challenges effectively
Farzand tarbiyasida oilaviy muhitning psixologik ta’siri
Ushbu maqolada farzand tarbiyasida oilaviy muhitning psixologik ta’siri chuqur tahlil etiladi. Unda ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar sifati, oiladagi emotsional qo‘llab-quvvatlash darajasi hamda ziddiyatli vaziyatlarning bolalar shaxsiy rivojlanishiga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy asosda yoritilgan. Maqolada oilaviy tarbiya jarayonini yanada samarali tashkil etishning psixologik omillari ko‘rsatilib, sog‘lom psixologik muhitni shakllantirishga doir amaliy tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalari pedagoglar, psixologlar, ota-onalar va oilaviy tarbiya masalalari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun amaliy ahamiyat kasb etadi
Olma mevasini quritib qoqi olish va olma qoqisi talqonidan foydali konfetlar tayyorlash texnologiyasi
Ushbu maqolada olma mevasini laboratoriya sharoitida quritib undan talqon tayyorlash va bu talqondan foydalangan holda inson salomatligi uchun foydali bo‘lgan konfetchalar tayyorlash texnologiyasi haqida atroflicha to‘xtalib o‘tilgan
Maktabgacha yoshdagi o‘quvchilar uchun musiqiy mashg‘ulotlarni tashkil etishning innovatsion strategiyalari
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqiy mashg‘ulotlarni zamonaviy talablar va innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishning ilmiy-amaliy jihatlari keng ko‘lamda tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida innovatsion mashg‘ulotlarning tuzilishi, rejalashtirish xususiyatlari, tashkiliy-pedagogik shartlari, moddiy-texnik ta’minot talablari, pedagoglarning raqamli kompetensiyalari, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimlari, innovatsiyalarni joriy etishning bosqichlari va mexanizmlari, innovatsion faoliyatning samaradorligini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari, xavf-xatarlar va ularni bartaraf etish yo‘llari ham keng ko‘rib chiqilgan
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ansambl ijrochiligi elementlarini o‘rgatish texnologiyasi
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar bilan ansambl ijrochiligi elementlarini o‘rgatishning zamonaviy pedagogik texnologiyalari va metodlari tahlil qilingan. Ansambl musiqa qilishning bolalarning musiqiy, ijtimoiy, emotsional va kognitiv rivojlanishiga ta’siri ilmiy asoslangan. Yoshga mos ansambl turlari, ta’lim bosqichlari, pedagogik tamoyillar va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasi batafsil yoritilgan. Vokal, instrumental, xor-vokal va aralash ansambllarni shakllantirish, repertuar tanlash, mashqlar tizimi va konsert faoliyatini tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan. Shuningdek, ansambl ishida pedagogning roli, bolalar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish usullari va pedagogik monitoring masalalari ko‘rib chiqilgan
Musiqiy ta’limning shakli va vositalari va musiqiy ta’limdagi tabaqalashtirilgan yondashuvlar
Maqolada musiqiy ta’limning turli shakllari, vositalari hamda tabaqalashtirilgan (differensiallashtirilgan) yondashuvlarning nazariy-amaliy asoslari kompleks tahlil qilingan. Maqolada musiqiy ta’limning moddiy-texnik vositalari, didaktik materiallar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ularning samarali qo‘llanilishi masalalari yoritilgan. Tadqiqotda tabaqalashtirilgan yondashuvning mohiyati, o‘quvchilarni musiqiy qobiliyatlari, o‘zlashtirish sur’ati, qiziqishlari va individual xususiyatlari bo‘yicha guruhlarga ajratish mezonlari, har bir tabaqа uchun maxsus dastur va metodika ishlab chiqish tamoyillari tahlil qilingan. Maqolada shuningdek, musiqiy ta’limda shakl, vosita va tabaqalashtirilgan yondashuvlarning uyg‘un qo‘llanilishi orqali ta’lim samaradorligini oshirish, har bir o‘quvchining maksimal musiqiy rivojlanishiga erishish va musiqiy ta’lim sifatini takomillashtirish yo‘llari ilmiy asoslangan