Science and Education scientific journal
Not a member yet
1500 research outputs found
Sort by
The role of English teaching in the professional activities of future leaders
In this article the attention which is aimed at learning foreign languages in the country and special aspects of teaching English in higher educational institutions are performed. The importance of the English language in preparing future leaders in higher education and its role in their professional activities are demonstrated through examples
Umumta’lim maktab o‘quvchilarida musiqa san’atiga qiziqishni oshirishning pedagogik texnologiyalari: nazariy va amaliy asoslari
Ushbu maqolada umumta’lim maktablari o‘quvchilarida musiqa san’atiga qiziqishni oshirishning pedagogik texnologiyalari, nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Musiqa ta’limining nazariy jihatlari, estetik, psixologik, ijtimoiy va didaktik yondashuvlar asosida rivojlantirilgan. Amaliy asoslar doirasida o‘quvchilarda musiqa san’ati bilan qiziqishni oshirish uchun qo‘llaniladigan metodlar, usullar va pedagogik texnologiyalar ko‘rib chiqiladi. Maqolada musiqa o‘qituvchilarining roli, interaktiv usullar, kompyuter texnologiyalari va musiqa festival va tadbirlarining ahamiyati alohida ta’kidlanadi. Yondashuvlarning barchasi o‘quvchilarda estetik va ijodiy salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan
Компьютерная графика и ИИ как средство развития когнитивных навыков у детей дошкольного возраста
В данной работе рассматриваются возможности применения компьютерной графики и технологий искусственного интеллекта для развития когнитивных навыков у детей дошкольного возраста. Анализируются ключевые аспекты использования цифровых инструментов, таких как интерактивные визуализации, адаптивные обучающие программы и игровые методики, направленные на повышение внимания, памяти и логического мышления детей. Особое внимание уделяется интеграции данных технологий в образовательный процесс с учетом специфики дошкольного образования и доступности оборудования в условиях Узбекистана. В статье предоставляются результаты экспериментального исследования, проведенного в дошкольном учреждении, демонстрирующие эффективность предложенной методики. Оценивается степень вовлеченности детей и педагогов в процесс обучения, а также выявляются преимущества и возможные ограничения использования компьютерной графики и ИИ в дошкольном образовании. На основе полученных данных формулируются практические рекомендации по внедрению данных технологий в образовательную среду, учитывая технические и методические аспекты их использования
Роль публицистики Шарафа Рашидова в развитии русско-узбекских общественно-культурных связей
В данной работе рассматривается публицистическое наследие Шарафа Рашидова как значимый фактор развития русско-узбекских общественно-культурных связей. Анализируются ключевые аспекты его публицистики, включая темы национальной идентичности, межкультурного взаимодействия и популяризации узбекской культуры. Особое внимание уделяется методике интегративного анализа, которая позволяет выявить стилистические и содержательные особенности его текстов. Представляются результаты исследования, демонстрирующие влияние его публицистики на общественное сознание и культурное сотрудничество между народами. В ходе исследования предоставляется сравнительный анализ публицистики Рашидова и работ его современников, что позволяет определить его уникальный вклад в развитие гуманитарного диалога
Xonandalik uslubiyoti asoslari
Ushbu maqolada xonandalik san’atining nazariy va amaliy asoslari, uning tarixiy rivojlanishi, zamonaviy xonandalik uslubiyotining yo‘nalishlari hamda professional xonandalik mahoratini oshirish yo‘llari tahlil qilingan. Maqolada ovoz apparatining anatomik-fiziologik xususiyatlari, ovoz imkoniyatlarini rivojlantirish usullari, nafas olish texnikasi va ovoz ustida ishlash metodikasi yoritilgan. Shuningdek, xonandalik san’atini o‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik yondashuvlar, zamonaviy ta’lim uslublari, klassik va zamonaviy xonandalik maktablari hamda ularning o‘ziga xos xususiyatlari batafil ko‘rib chiqilgan. Maqola xonandalik bo‘yicha mutaxassislar, vokal pedagoglar, musiqa o‘qituvchilari va xonandalik san’atiga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan
Musiqa ta’limida innovatsion g‘oyolardan foydalanish orqali metodologik qarashlarni shakllantirish
Ushbu maqola musiqa ta’limida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan zamonaviy innovatsion usullar va yondashuvlarni chuqur tahlil qiladi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xususan Virtual reallik, Sunʼiy intellekt, mobil ilovalar, bulutli texnologiyalar va kengaytirilgan reallik kabi innovatsion vositalarning musiqa ta’limidagi o‘rni va ahamiyati har tomonlama ko‘rib chiqilgan. Maqolada musiqa o‘qituvchilari va talabalar uchun mo‘ljallangan 10 ta innovatsion g‘oya tavsiya etilgan bo‘lib, ular musiqa ta’limining samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning motivatsiyasini kuchaytirish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Shuningdek, maqolada innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etishning samarali usullari, mavjud muammolar va ularning yechimlari ham muhokama qilinadi
O‘quvchilarda xalq musiqasi orqali estetik didni rivojlantirish
Ushbu maqola bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilarida xalq musiqasi orqali estetik didni rivojlantirishning pedagogik usullarini tahlil qiladi. Xalq musiqasining estetik jihatdan ta’siri, uning musiqiy madaniyat, badiiy tasavvur va milliy qadriyatlarni anglashdagi o‘rni ko‘rsatilgan. Maqolada estetik didni rivojlantirishda xalq musiqasining pedagogik ahamiyati va uning turli usullar orqali amalga oshirilishi, xususan, musiqiy tinglash, ijro etish, musiqiy-madaniy kontekstda o‘qitish kabi pedagogik yondashuvlar taqdim etilgan. Xalq musiqasi orqali o‘quvchilarning musiqiy sezgilari va estetik qobiliyatlarini rivojlantirish uchun samarali usullar tavsiya etilgan
Fortepiano ta’limining bolalar musiqa maktablaridagi o‘rni
Fortepiano ta’limining bolalar musiqa maktablaridagi o‘rni muhim ahamiyatga ega. Fortepiano o‘qitish, nafaqat musiqiy mahoratni rivojlantiradi, balki yosh avlodning umumiy intellektual va emotsional rivojlanishiga, ijodiy fikrlashini shakllantirishga katta yordam beradi. Mustaqillik yillarida bu soha yanada rivojlanib, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, metodikalar va texnologiyalar orqali fortepiano ta’limining samaradorligini oshirish bo‘yicha jiddiy ishlarga erishildi. Mazkur maqolada O‘zbekistonda bolalar musiqa maktablarida fortepiano ta’limining o‘rni va uning yosh avlodni musiqa madaniyati bilan tanishtirishdagi roli tahlil qilinadi. Maqola fortepiano ta’limining pedagogik metodlari, bolalar musiqa maktablarida fortepiano o‘qitishdagi amaliyotlar va mavjud muammolarni o‘rganishga qaratilgan
Fortepiano ta’limida zamonaviy pedagogik texnologiyalar
Ushbu maqolada fortepiano ta’limida zamonaviy pedagogik texnologiyalarning roli, ularning mazmuni, amaliy qo‘llanilishi va samaradorligi haqida fikr yuritiladi. Fortepiano darslari avvallari faqat amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘rgatilgan bo‘lsa, bugungi kunda ularni onlayn darslar, video darsliklar, interaktiv dasturlar va raqamli simulyatorlar orqali o‘rgatish imkoniyati mavjud. Ushbu maqolada fortepiano ta’limiga joriy etilayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalarning mohiyati, ularning afzalliklari va qo‘llanilish mexanizmlari tahlil qilinadi. Fortepiano ta’limida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish ta’lim jarayonini tubdan o‘zgartirmoqda. Bu texnologiyalar orqali o‘quvchilarning faolligi, musiqaga qiziqishi va ijodiy fikrlash qobiliyatlari oshmoqda
ХIХ asr birinсhi yarmida rus musiqa madaniyati
Mazkur maqola XIX asr birinchi yarmida rus musiqa madaniyatining rivojlanish yo‘llari, unga ta’sir ko‘rsatgan omillar va muhim kompozitorlar ijodini tahlil qiladi. Bu davrda rus milliy musiqa maktabining shakllanishi, opera janrining taraqqiyoti, milliy folklor an’analarining professional musiqaga kirib kelishi kabi jarayonlar ko‘rib chiqiladi. Maqolada Mixail Glinka va uning izdoshlari tomonidan yaratilgan asarlar, ularning musiqa san’atining kelgusi rivojlanishiga ta’siri o‘rganiladi. Shuningdek, musiqiy hayotning ijtimoiy aspektlari, konsert faoliyatining rivojlanishi va musiqa ta’limining shakllanishi haqida ma’lumot beriladi