Science and Education scientific journal
Not a member yet
1500 research outputs found
Sort by
O‘quvchilarni skripka cholg‘u asbobiga o‘rgatish metodıkаsı
Ushbu maqola skripka cholg‘u asbobiga o‘rgatish metodikasi, uning tarixi, nazariy asoslari va amaliy ahamiyatini yoritib beradi. Maqolada skripka ijrochiligining anatomik-fiziologik asoslari, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos o‘qitish usullari, boshlang‘ich ko‘nikmalardan professional mahoratgacha bo‘lgan ta’lim bosqichlari tahlil qilinadi. Shuningdek, skripka ijrochiligi maktablari, notani o‘qish, yoy texnikasi, chap qo‘l texnikasi, suzish texnikasi, artikulyatsiya, dinamika va ifodali o‘yinni shakllantirish bo‘yicha metodlar tadqiq etiladi. Maqolada zamonaviy skripka pedagogikasidagi innovatsion yondashuvlar, guruh va individual darslarning samaradorligi, o‘quvchilarni rag‘batlantirish usullari ham o‘z aksini topgan
Приёмы, методы преподования тренировочного процесса в группах по художественной гимнастике
Анотация: К достоинствам урочной формы проведения занятий следует также отнести их коллективность. Находясь в среде своих товарищей, занимающийся может легче обнаружить и исправить свои недостатки. Под руководством преподавателя он учит своих товарищей и учится у них не только правильным способам выполнения упражнений, но и этике поведения. Гимнастику отличает многообразие упражнений, предоставляющих широкие возможности для наиболее успешного решения конкретных педагогических задач. Гимнастика - система специально подобранных физических упражнений, методических приемов, применяемых для укрепления здоровья
Bolalar va o‘smirlarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda gigiyena va profilaktikaning ilmiy asoslari
Maqolada bolalar va o‘smirlarning sog‘lom hayot tarzini shakllantirishda gigiyena va profilaktik chora-tadbirlarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, gigiyenik tarbiyaning kundalik hayotdagi roli va sog‘liqni saqlashda oldini olish choralarining ilmiy asoslari yoritilgan
Bolalar va o‘smirlarning ovqatlanish fiziologiyasi: metabolik jarayonlar va oziq moddalari almashuvi
Ushbu maqolada bolalar va o‘smirlarning ovqatlanish fiziologiyasi chuqur yoritilib, ularning metabolik jarayonlari, oziq moddalari almashinuvi hamda yoshga xos ovqatlanish ehtiyojlari tahlil qilingan. Oqsillar, yog‘lar, uglevodlar va mikroelementlarning bolalar organizmiga ta’siri izchil tushuntirilgan. Sog‘lom ovqatlanishning o‘sish, rivojlanish va umumiy salomatlikdagi o‘rni amaliy tavsiyalar bilan mustahkamlangan. Maqola ota-onalar, pedagoglar va tibbiyot xodimlari uchun foydali ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi
Yosh fiziologiyasida energiya almashinuvi: metabolizm regulyatsiyasi va adaptatsion javoblar
Ushbu maqolada yosh organizmlarda energiya almashinuvining fiziologik asoslari, metabolik jarayonlarning regulyatsiyasi va organizmning turli tashqi omillarga adaptatsion javoblari tahlil qilingan. Asosiy e’tibor bolalik va o‘smirlik davrida organizmdagi o‘zgarishlar, gormonlar va fermentlar orqali energiya iste’moli va saqlanishiga qaratilgan. Shuningdek, stress, jismoniy faollik, iqlim va ovqatlanish omillarining metabolizmga ta’siri o‘rganilgan
Управление системой музыкальных правил при освоении нового фортепианного репертуара
В статье рассматриваются методологические и практические аспекты управления системой музыкальных правил в процессе освоения нового фортепианного репертуара. Анализируются типы музыкальных правил - от технических до стилистических - и их роль в интерпретации произведения. Предлагаются педагогические стратегии и исполнительские подходы, способствующие эффективному усвоению и интеграции музыкальных норм в художественное исполнение. Особое внимание уделяется балансу между соблюдением традиций и индивидуальной интерпретацией
Fizikadan grafik ko‘rinishdagi masalalarni raqamli texnologiyalardan foydalanib yechish molekulyar fizika bo‘limi misolida
Ushbu maqolada raqamli texnologiyalardan foydalanib fizikaga oid grafik masalalarini python dasturi yordamida yechish afzalliklari, imkoniyatlari va darslarda qo‘llanishlari molekulyar fizika misolida keltirib o‘tilgan
Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush” dramasi - jadidchilik ruhidagi ilk oʻzbek sahna asari
Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush” dramasi o‘zbek dramaturgiyasining ilk namunalaridan biri bo‘lib, jadidchilik g‘oyalarini aks ettiradi. Asarda ilm va jaholat to‘qnashuvi, ota-onaga hurmat va jamiyat taraqqiyoti masalalari yoritilgan. Drama xalqni ma’rifat sari yetaklashga xizmat qilgan va o‘zbek sahna san’atining shakllanishida muhim o‘rin tutgan. Ushbu maqolada asarning mavzusi, g‘oyasi va adabiyotdagi ahamiyati tahlil etiladi. Kalit soʻzlar: dramaturgiya, tragediya, ma’rifatparvarlik, realiz
О происхождение языков
В данной статье рассматриваются вопросы происхождения языков, его основные закономерности, возникновение наций и национальных языков, языковые отношения в разные эпохи развития человеческого общества
Akademik vokal san’atida milliy ohangdorlik: Sharq va G‘arb vokal maktablari sintezi asosida ijro texnikasini shakllantirish
Mazkur maqolada akademik vokal san’atida milliy ohangdorlikni shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Xususan, Sharq va G‘arb vokal maktablarining uslubiy xususiyatlari, nafas olish, rezonans, artikulyatsiya, tembr nazorati va ifoda vositalarining o‘ziga xos jihatlari o‘rganiladi. Maqolada ikki maktabning vokal texnikasi va musiqiy estetikasi o‘rtasidagi o‘zaro uyg‘unlik nuqtalari aniqlanib, milliy vokal maktab asosida ijrochilik madaniyatini shakllantirish bo‘yicha metodik tavsiyalar beriladi. Vokal ijroda milliy ohangdorlikni saqlagan holda akademik talablar asosida shakllantirish orqali o‘quvchi va ijrochilarda musiqa madaniyatiga chuqur yondashuv rivojlantiriladi. Shu orqali vokal san’atining xalqona ifodasi bilan xalqaro vokal ijrochilik mezonlari uyg‘unlashtiriladi