Science and Education scientific journal
Not a member yet
1500 research outputs found
Sort by
Периодические проявления доминанты или субдоминанты в каденции при использовании приёмов секвенции
В статье рассматривается роль доминантовой и субдоминантовой функций в каденции при использовании приёмов секвенции. Анализируются различные виды секвенций и их влияние на формирование гармонической структуры. Особое внимание уделяется периодическим проявлениям доминанты и субдоминанты, их взаимодействию и роли в подготовке и завершении каденций. Приводятся примеры из произведений классических композиторов, демонстрирующие использование этих приёмов для создания тонального напряжения и его разрешения
Теория музыкальных моделей при решении систем родственных тональностей
Данная статья посвящена исследованию применения теории музыкальных моделей для анализа и решения проблем в системах родственных тональностей. В работе рассматриваются математические и структурные аспекты взаимосвязей между тональностями первой степени родства, предлагается формализованный подход к моделированию тональных переходов и модуляций. Авторы представляют новую методологию, основанную на теории графов и алгебраических структурах, позволяющую систематизировать и прогнозировать тональные взаимодействия в классической и современной музыке. Особое внимание уделяется практическому применению разработанных моделей в композиции, импровизации и музыкальном анализе
Musiqa ta’limida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish
Musiqa ta’limida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish va o‘quvchilarga yangi imkoniyatlar yaratish uchun muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada musiqa ta’limida AKTning o‘rni va afzalliklari, shuningdek, bu texnologiyalarning ta’limda qanday qo‘llanilishi ko‘rib chiqiladi. AKT yordamida talabalar uchun interaktiv o‘quv platformalari, mobil ilovalar va kompyuter dasturlari orqali musiqa o‘rganish imkoniyatlari yaratiladi. Bunda o‘quvchilar o‘z ijodiy salohiyatlarini rivojlantirish, musiqa yaratish jarayonini osonlashtirish va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Shu bilan birga, AKTni joriy qilishda texnik, metodik va resurslar bilan bog‘liq ba’zi qiyinchiliklar ham mavjud
Oilaning tarixiy rivojlanishi va bola tarbiyasidagi ijtimoiy psixologik o‘rni
Maqola qadimgi sharq va g‘arb mamlakatlarining huquqiy normalari asosida oila va nikoh institutlarining shakllanish jarayonining ba’zi jihatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Oila- muhim ijtimoiy tuzilma bo‘lib, uning a’zolari bir-biriga nikoh, qon-qarindoshlik aloqalari bilan bog‘langan bo‘ladi. Oila, shuningdek, insonning birinchi jamiyatga kirish nuqtasi bo‘lib, u yerdan u ta’lim, axloqiy qadriyatlar hamda ijtimoiy me’yorlar va hayotiy tajriba oladi. Oila bolalar tarbiyasida, shaxsiy va ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada xususan, oilaning ijtimoiy institut sifatidagi xususiyatlari, nikohning jamiyat, farzand ijtimoiy psixologik hayotidagi o‘rni yoritib o‘tilgan
Ta’lim metodlari
Ushbu maqolada ta’lim metodlarining turlari va samaradorligi tahlil qilingan. An’anaviy va innovatsion oʻqitish usullarini solishtirib, ularning afzalliklari va kamchiliklari koʻrsatib berilgan. Kalit soʻzlar: metod, ta’lim metodlari turlari va samaradorligi, an’anaviy metodlar, interfaol, interaktiv, innovatsion, gamifikatsiya, muammoli ta’lim, solishtiris
Xalq musiqasi asarlaridan foydalanish orqali milliy o‘zlikni shakllantirishning pedagogik usullari
Ushbu maqolada xalq musiqasi asarlarini pedagogik jarayonda qo‘llash orqali milliy o‘zlikni shakllantirishning metodik usullari tahlil qilinadi. Xalq musiqasi o‘zining boy tarixiy va madaniy merosi orqali yosh avlodni milliy qadriyatlar, an’analar va madaniyat bilan tanishtiradi. Musiqaning tarixi, janrlari va tuzilishi haqida o‘rgatish bolalarga o‘z xalqining madaniy merosini anglash va hurmat qilishga yordam beradi. Pedagogik jarayonlarda interaktiv yondashuvlar, musiqiy ijro va faoliyatlar orqali milliy o‘zlikni shakllantirishning samarali yo‘llari ko‘rsatilgan. Xalq musiqasi ta’limi nafaqat musiqiy qobiliyatlarni rivojlantiradi, balki o‘quvchilarda milliy faxr va o‘z tarixiga bo‘lgan hurmatni kuchaytiradi. Maqola milliy o‘zlikni shakllantirishda xalq musiqasining o‘rni va uning pedagogik usullarini chuqur o‘rganishga yo‘naltirilgan
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun musiqiy mashg‘ulotlarni tashkil etishning ilg‘or tajribalari
Mazkur maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun musiqiy mashg‘ulotlarni tashkil etishning ilg‘or tajribalari haqida so‘z yuritadi. Musiqa ta’limining bolalar rivojlanishidagi o‘rni va ahamiyati, shuningdek, musiqiy o‘yinlar, interaktiv mashqlar, musiqa va madaniyatni o‘rganish, musiqiy asarlar bilan tanishish, ijro etish va jamoada ishlash kabi usullar orqali musiqiy ta’limni qiziqarli va samarali tarzda olib borish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Musiqa orqali o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish, musiqiy savodxonlikni oshirish va jamoaviy ruhni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan
Bolalar xor jamoalarini tashkil etishda innovatsion usullardan foydalanish
Ushbu maqolada bolalar xor jamoalarini tashkil etishda innovatsion usullar, texnologiyalar va kreativ pedagogik yondashuvlar ko‘rib chiqilgan. Bolalar musiqiy ta’limining samarali bo‘lishi uchun yangi texnologiyalardan, interaktiv ta’lim platformalaridan, multimedia yondashuvlaridan va kreativ metodlardan foydalanish zarurligi ta’kidlangan. Xor jamoalarini tashkil etishda onlayn mashg‘ulotlar, mobil ilovalar, musiqiy dasturlar va gamifikatsiya kabi innovatsion usullar bolalarga musiqani o‘rganish jarayonini yanada qiziqarli va samarali qiladi. Shuningdek, bolalarning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishda ko‘p madaniyatli yondashuv va ustozlar bilan hamkorlikning ahamiyati yoritilgan
Развитие психодиагностической компетентности будущих педагогов в условиях цифровизации
В данной работе рассматривается проблема развития психодиагностической компетентности будущих педагогов в условиях цифровизации образования. Анализируются современные подходы к использованию цифровых технологий в психодиагностической практике, а также выявляются ключевые аспекты их внедрения в образовательный процесс. Особое внимание уделяется цифровой кейс-методике, позволяющей эффективно формировать навыки диагностики и анализа психолого-педагогических данных у студентов педагогических специальностей. Предоставляется сравнительный анализ эффективности традиционных и цифровых методов психодиагностики, основанный на результатах проведенного исследования. Рассматриваются преимущества и возможные недостатки использования цифровых инструментов, а также их влияние на профессиональную подготовку будущих педагогов
Ko‘p sonli miyelom kasalligida dasturlangan davolashda autologik gemotopoetik o‘zak hujayralarni transplantatsiyasi
Innovatsion texnologiyalarni klinik amaliyotga tatbiq etish. Miyelom kasalligida terapiya usullari oshirish orqali davolash samaradorligini 58% gacha oshirdi. Shu bilan birga, miyelom kasalligi yuqori xavf guruxi hisoblanadi va murakkab terapevtik muammoni ifodalaydi va juda past omon qolish darajasi bilan tavsiflanadi