Science and Education scientific journal
Not a member yet
    1500 research outputs found

    Siydik toshi kasalligi haqidagi adabiy ma’lumotlarni talqin qilish

    Get PDF
    Epidemiologik maʼlumotlarni toʻplash va talqin qilish usullarini standartlashtirish kasallanish darajasini yanada xolisona aniqlash, uning oʻsish tendensiyalarini kuzatish va mintaqaviy xususiyatlarni aniqlash imkonini beradi. Keng ko‘lamli, birxillashtirilgan tadqiqotlarning o‘tkazilishi statistik ko‘rsatkichlarning ishonchliligini oshirish, yagona axborot bazasini shakllantirish va siydik toshi kasalligining oldini olish, tashxis qo‘yish va davolashning samarali dasturlarini ishlab chiqish uchun shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqdа

    Talabalarning cholg‘u ijrosini ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari (skripka cholg‘usi misolida)

    Get PDF
    Ushbu maqolada talabalarning cholgʻu ijrosini (ayniqsa, skripka cholgʻusi misolida) rivojlantirish bo‘yicha pedagogik mexanizmlari tahlil qilinadi. Maqola kirish qismi hamda besh bo‘limdan iborat bo‘lib, ijro ko‘nikmalarini shakllantirish, ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan yondashuvlar, metodik vositalar, muammolar hamda takliflarga bag‘ishlanadi. Skripka cholgʻusi (violin) - torli ijro instrumentlari ichida keng tarqalgan, ijrochilik texnikasi jihatdan murakkab va talabalardan ko‘pbosqichli rivojlanishni talab qiladigan cholgʻulardan biridir. Muzik ta’lim tizimida bu instrument orqali ijro etish ko‘nikmalari shakllanishi faqat texnik jihatdan emas, balki musiqiy fikrlash, ijro madaniyati va individual musiqachilik qobiliyatni rivojlantirish bilan bog‘liq

    Musiqiy ritm orqali bolalarda harakat koordinatsiyasini rivojlantirish yondashuvlari

    Get PDF
    Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqiy ritm vositalari orqali bolalarda harakat koordinatsiyasini rivojlantirishning nazariy asoslari va amaliy yondashuvlari tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida ritm va harakat o‘rtasidagi psixofiziologik bog‘liqlik, sensomotor integratsiya mexanizmlari, koordinatsiya turlari (qo‘pol va nozik motorika, ko‘z-qo‘l, bilateral koordinatsiya), musiqiy-ritmik harakatlarning rivojlantiruvchi ta’siri keng o‘rganilgan. Maqolada musiqiy ritm orqali koordinatsiyani rivojlantirishning asosiy yondashuvlari: Dalcroze euritmikasi, Orff-pedagogikasi, ritmik gimnastika, musiqiy-harakat terapiyasi, body percussion, koordinatsion o‘yinlar va mashqlar tizimi atroflicha yoritilgan. Yosh xususiyatlariga mos mashqlar, diagnostika va baholash metodlari, maxsus ehtiyojli bolalar bilan ishlash xususiyatlari ham tahlil qilingan

    Bog‘cha yoshidagi o‘quvchilar musiqiy tarbiyasida o‘yin texnikalarining o‘rni

    Get PDF
    Maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning musiqiy tarbiyasida o‘yin texnikalarining ahamiyati va ularning qo‘llanilishining nazariy-amaliy asoslari yoritilgan. Tadqiqotda o‘yin faoliyatining bolalar rivojlanishidagi roli, musiqiy o‘yinlarning turlari va ularning tarkibiy xususiyatlari tahlil qilingan. Maqolada musiqiy-didaktik o‘yinlar, musiqiy-harakat o‘yinlari, dramatizatsiya o‘yinlari va ijodiy musiqiy o‘yinlarning bolalarning musiqiy qobiliyatlarini, ijodiy faolligini va emotsional sohasini rivojlantirishdagi imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda o‘yin texnikalarini tanlash mezonlari, turli yosh guruhlari uchun o‘yinlarni tashkil etish xususiyatlari, pedagogik rahbarlikning o‘ziga xos jihatlari hamda o‘yin orqali musiqiy ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari ilmiy asoslangan

    Umumta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilarida musiqa to‘garaklarini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari

    Get PDF
    Ushbu maqolada umumta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilarida musiqiy to‘garaklarni tashkil etish jarayonida zarur bo‘lgan pedagogik shart-sharoitlar o‘rganiladi. Xususan, to‘garak faoliyatining maqsadi va mazmuni, pedagogik yondashuvlar, metodik usullar, o‘quvchi faoliyati va uning motivatsiyasi, moddiy-texnik va ma’naviy muhit, baholash tizimi hamda faoliyatni takomillashtirish imkoniyatlari muhokama qilinadi. Metodologik jihatdan izlanishda adabiyotlar tahlili, pedagogik kuzatish, anketa-so‘rov, intervyu va tajriba usullari qo‘llanilishi mumkinligi ko‘rsatiladi. Tadqiqot natijasida musiqiy to‘garaklarni tashkil etishda pedagogik shart-sharoitlarning to‘liq va tizimli ta’minlanishi o‘quvchilarning ijodiy va estetik salohiyatini rivojlantirishga xizmat qilishi aniqlanadi

    Inson ontogenezing yoshga bog‘liq fiziologik o‘zgarishlari

    Get PDF
    Ushbu maqolada inson ontogenezi davomida ro‘y beradigan yoshga bog‘liq fiziologik o‘zgarishlar chuqur ilmiy tahlil qilinadi. Ontogenez - bu organizmning urug‘lanishdan boshlab to qariguncha bo‘lgan individual rivojlanish jarayonini o‘z ichiga oladi. Har bir yosh bosqichi organizmdagi tuzilma va funksiyalarni turlicha ifodalaydi. Yosh o‘tishi bilan fiziologik tizimlarning faoliyati ham o‘zgaradi, bu esa sog‘liq holati, moslashuvchanlik darajasi va organizmning umumiy hayotiy faoliyatiga ta’sir qiladi. Maqolada aynan shu o‘zgarishlarning asosiy bosqichlari, sabablari va ularning fiziologik mexanizmlari yoritilgan

    Когнитивное управление музыкальной информацией в процессе фортепианного обучения

    Get PDF
    В статье рассматриваются когнитивные аспекты восприятия, обработки и управления музыкальной информацией в процессе фортепианного обучения. Особое внимание уделяется механизмам памяти, внимания, мышления и восприятия, влияющим на освоение музыкального текста и развитие исполнительских навыков. Описываются педагогические стратегии, направленные на активизацию когнитивных процессов у обучающихся, в том числе анализ, внутреннее слуховое представление, структурирование информации и рефлексия. Предлагаются методики, способствующие более осознанному, эффективному и устойчивому обучению фортепианной игре

    Тонально-ритмические взаимосвязи в сложных музыкальных структурах

    Get PDF
    В статье исследуются закономерности взаимодействия тональной организации и ритмических структур в контексте сложных музыкальных форм. Анализируется, как ритм влияет на восприятие и развитие тональных процессов, а также каким образом изменение тонального плана может преобразовывать ритмическую организацию. Приводятся примеры из произведений И.С.Баха, Л.Бетховена, И.Стравинского и других композиторов. Подчёркивается значение синтеза ритма и тональности как одного из ключевых факторов формирования целостности музыкальной формы

    Структурные и периодические особенности мажорно-минорных ладов в теории музыки

    Get PDF
    Статья исследует фундаментальные структурные принципы и периодические закономерности мажорно-минорной ладовой системы в контексте современной теории музыки. Анализируются интервальные формулы, ступеневые соотношения, циклические свойства тональных связей и их влияние на гармоническую организацию музыкального материала. Рассматриваются особенности построения ладовых структур, их симметричные и асимметричные свойства, закономерности альтерационных изменений. Особое внимание уделяется периодичности квинтового круга, энгармоническим замещениям и их роли в модуляционных процессах. Исследуются взаимосвязи между структурными характеристиками ладов и их функциональными возможностями в композиционной практике

    Boshlang‘ich sinflarga gapning bosh bo‘laklarini o‘qitish bo‘yicha samarali metodlar va ularning tahlili

    Get PDF
    Ushbu maqolada gapning bo‘laklari, uning turlari, 3-sinf kitobining 2-qismida berilgan topshiriqlar va ularni bajarish haqida, yangicha metodlar haqida so‘z yuritilgan

    1,500

    full texts

    1,500

    metadata records
    Updated in last 30 days.
    Science and Education scientific journal is based in Uzbekistan
    Access Repository Dashboard
    Do you manage Open Research Online? Become a CORE Member to access insider analytics, issue reports and manage access to outputs from your repository in the CORE Repository Dashboard! 👇