Science and Education scientific journal
Not a member yet
1500 research outputs found
Sort by
Maktabgacha ta’lim tizimida musiqa mashg‘ulotlarini loyihalashtirish modeli
Maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa mashg‘ulotlarini zamonaviy pedagogik talablar asosida loyihalashtirish modeli ishlab chiqilgan. Tadqiqotda mashg‘ulotlarni rejalashtirish, tashkil etish va amalga oshirishning ilmiy-nazariy asoslari, tizimli-faoliyat yondashuvi, integratsiya prinsipi va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim konsepsiyalari tahlil qilingan. Maqolada musiqa mashg‘ulotlarining maqsad va vazifalari, tarkibiy qismlari, turli shakllari hamda pedagogik texnologiyalari ko‘rib chiqilgan. Loyihalashtirish modelining asosiy komponentlari - diagnostik, maqsadli, mazmuniy, texnologik, tashkiliy va baholash-refleksiv bloklari batafsil yoritilgan. Tadqiqotda turli yosh guruhlari uchun musiqa mashg‘ulotlarini loyihalashtirish xususiyatlari, pedagoglarning professional kompetensiyalari hamda mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirish yo‘llari taqdim etilgan
Dutor tarixi va sinfi haqida
Ushbu maqolada o‘zbek xalqining eng qadimiy va mashhur torli cholg‘usi - dutorning kelib chiqish tarixi, shakllanish bosqichlari, ijrochilik maktablari hamda uni o‘qitish metodikasi chuqur tahlil etiladi. Dutor darslarini samarali tashkil etish, o‘quvchilarda ijrochilik malakasini shakllantirish va milliy qadriyatlarga hurmatni kuchaytirishning zamonaviy metod va pedagogik texnologiyalari yoritilgan. Tadqiqotda milliy cholg‘u madaniyatining tarbiyaviy, estetik va ijodiy ahamiyati ham asoslab beriladi. O‘zbek xalqi musiqiy madaniyatining ajralmas qismi bo‘lgan dutor asrlar davomida xalqimizning ruhiy holatini, orzu-umidini, muhabbatini va turmush tarzini aks ettirib kelgan. Dutor nafaqat cholg‘u, balki millat ruhining timsolidir
Technologies for the development of students’ creative abilities in individual classes
In this article, the role and importance of individual classes in the development of students’ creative abilities are analyzed. Pedagogical technologies aimed at taking into account the personal capabilities of each student in the educational process, the formation of their creative thinking, and the development of independent thinking skills are considered. In particular, the effectiveness of the use of innovative methods such as problem-based learning, a project approach, developmental games, reflection, and "brainstorming" in individual classes is highlighted on a scientific basis. The article analyzes the role of the teacher in organizing an individual approach and the factors of creating a creative environment. The research results show that individual lessons are an important tool for developing students’ independent thinking, creative approach, and self-expression abilities
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Arximed qonunini gamifikatsiya elementlarini qo‘llash asosida takomillashtirish
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika fanini o‘qitishda gamifikatsiya elementlarini qo‘llash orqali Arximed qonunini yanada samarali o‘rgatish usullari tahlil qilingan. O‘yinli topshiriqlar, raqamli vositalar, laboratoriya mashg‘ulotlari va ball tizimidan foydalanish orqali o‘quvchilarning motivatsiyasi hamda o‘zlashtirish darajasi oshiriladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, gamifikatsiya asosida tashkil etilgan darslar o‘quvchilarda qiziqish, raqobat va ijodkorlikni kuchaytiradi
Globalizatsiya davrida o‘zbek raqs san’atining yo‘qolib borayotgan elementlari: tahlil va saqlash strategiyalari
Globalizatsiya bugungi kunda dunyo xalqlarining madaniy o‘zaro ta’siri va integratsiyasini kuchaytirayotgan, bir tomondan taraqqiyotga xizmat qilayotgan, ikkinchi tomondan esa milliy madaniy an’analar, xususan, nomoddiy madaniy meros ob’ektlarining yo‘qolish xavfini tug‘dirayotgan murakkab jarayondir. Ayniqsa, o‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixiy va estetik merosiga mansub raqs san’ati bu jarayon ta’sirida jiddiy o‘zgarishlarga uchramoqda. Ushbu maqolada o‘zbek raqs san’atining global omillar ta’sirida yo‘qolib borayotgan elementlari, ularning asosiy sabablari va bunday yo‘qotishlarning salbiy oqibatlari tizimli ravishda tahlil qilinadi. Maqolaning asosiy maqsadi - an’anaviy o‘zbek raqslarining tarixiy, mintaqaviy, ramziy va estetik jihatdan o‘ziga xos elementlarini aniqlash, ularning globalizatsiya davridagi transformatsiyasini chuqur o‘rganish, shuningdek, bu bebaho madaniy merosni saqlab qolish, tiklash va rivojlantirish bo‘yicha taklif va strategiyalarni ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot doirasida Farg‘ona, Buxoro, Xorazm kabi hududlarga xos raqs maktablarining o‘ziga xosliklari, ularning yo‘qolish sabablari (ustoz-shogird an’analarining uzilishi, tijoratlashtirish, texnologik omillar, ommaviy madaniyat bosimi) tahlil qilinadi. Shuningdek, raqamlashtirish, ta’lim tizimida raqsga e’tiborni kuchaytirish, festivallar va raqs arxivlarini yaratish kabi saqlab qolish strategiyalari asoslab beriladi. Maqolada sifatli kontent, video va raqamli texnologiyalar orqali raqs san’atini ommalashtirish yo‘llari, yosh avlod orasida milliy san’atga qiziqishni oshirish metodlari, milliy raqsni turizm va madaniy diplomatiya vositasi sifatida rivojlantirish imkoniyatlari keng muhokama qilinadi.Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek raqs san’atining boy merosini saqlab qolish faqatgina san’atkorlar yoki madaniyat sohasidagi mutaxassislarning emas, balki butun jamiyatning umumiy vazifasidir. Ushbu maqola san’atshunoslar, madaniyat tadqiqotchilari, raqqoslar, ta’lim sohasi vakillari hamda siyosat ishlab chiquvchilar uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, milliy merosni global maydonda asrab-avaylashga xizmat qiladi
Melodisplastik sindrom bilan og‘rigan bemorlarda kimyoterapiyaning infeksion asoratlari
Miyelodisplastik sindromlar (MDS) - bu miyeloid naslning gematopoezidagi anomaliyalar bilan tavsiflangan kasalliklar guruhidir. Ushbu anomaliyalar natijasida yetuk qon hujayralarini ishlab chiqarish qobiliyati qisman saqlanib qoladi, lekin ba’zi turlari yetilmaydi va hujayralarning o‘zi o‘zgaradi. MDS bilan og‘rigan bemorlarning sezilarli qismi bir muncha vaqt o‘tgach, odatda bir necha oydan bir necha yilgacha o‘tkir miyeloid leykemiyani rivojlantiradi. MDS ba’zan “preleykemiya” deb ham ataladi va ilgari “past darajadagi leykemiya”, yoki “harakatsiz leykemiya” atamalari ham ishlatilgan. Bu suyak iligidagi blast hujayralarining tarkibi bilan bog‘liq: agar 20% dan ortiq (Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tasnifiga ko‘ra) yoki 30% dan ortiq (Fransiya-Amerika-Britaniya FAB tasnifiga ko‘ra) bo‘lsa, biz miyeloid leykemiya haqida gapiramiz, ammo agar ularning darajasi chegaradan past bo‘lsa, MDS tashxisi qo‘yilishi mumkin
Хоразм вилояти тупроқ-иқлим шароитида қалампир ялпиз ўсимлиги ер устки қисмининг фитокимёвий таркиби ва эфир мойининг компонетлар миқдори
Абу Райҳон Беруний номидаги Урганч давлат университет
Хоразм вилояти тупроқ-иқлим шароитида Rubia Tinctorum L ва Mentha Piperita Lнинг биометрик кўрсаткичлари ва интродукцион баҳоланиши
Ушбу мақолада Хоразм вилоятининг ўртача шўрланган тупроқларида етиштирилаётган бўёқдор рўян ва қалампир ялпиз каби илдизпояли доривор ўсимликларнинг ўсиши, ривожланиши ва интродукцион баҳоланиши бўйича илмий-тадқиқот натижалари ҳақида фикр юритилган. Ўрганилаётган илдизпояли доривор ўсимлик бўёқдор рўян илдизпоялари Хоразм вилоятининг ўртача шўрланган тупроқлари шароитида яхши ўсиб ривожланиши, шунингдек, иккинчи ва учинчи йиллари ҳам ўсимликнинг бўйи, асосий поянинг баландлиги, илдиз узунлиги ва майда илдизпоялар сони ҳамда ҳосилдорлиги юқори бўлиши қайд қилинди. Қалампир ялпиз илдизпоялари эса биринчи йили ўртача шўрланган тупроқларга унчалик мослаша олмагани, бироқ, иккинчи ва учинчи йилларида ўзининг адаптатив хусиятларини намоён қилиши аниқланди
Переосмысление роли учителя музыки в системе методических подходов к подготовке руководителей ансамблей
Современное музыкальное образование требует пересмотра традиционных ролей педагогов, особенно в контексте подготовки руководителей музыкальных ансамблей. В статье рассматриваются изменения в профессиональном профиле учителя музыки, акцентируется внимание на трансформации методических подходов и подчеркивается необходимость перехода от авторитарной модели преподавания к партнерской. Автор выделяет современные педагогические практики, способствующие эффективной подготовке будущих руководителей ансамблей, и предлагает новое видение роли учителя как менторa, фасилитатора и организатора образовательной среды
Самостоятельное и исследовательское обучение в музыке: педагогические поиски за рубежом
В статье рассматриваются современные тенденции развития самостоятельного и исследовательского обучения в музыкальном образовании за рубежом. Анализируются различные педагогические модели, методы и технологии, направленные на формирование у студентов способности к самостоятельной творческой и научно-исследовательской деятельности. Особое внимание уделяется интеграции исследовательских подходов в практическую и теоретическую подготовку музыкантов, а также влиянию инновационных образовательных технологий на повышение качества обучения. Обсуждаются проблемы внедрения самостоятельного обучения и перспективы его развития в контексте международного опыта