Science and Education scientific journal
Not a member yet
    1500 research outputs found

    Epifitotik turdagi favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish

    Get PDF
    Ushbu maqolada epifitotik turdagi o‘simlik kasalliklari favqulodda holat darajasiga yetgan sharoitlarda to‘g‘ri va tizimli harakat qilish algoritmi tahlil qilinadi. Monitoring, baholash, nazorat strategiyalari va integratsiyalashgan kurash usullari orqali epifitotik holatlarni boshqarishning zamonaviy yondashuvlari ko‘rib chiqilgan. Maqola agronomlar, fitopatologlar va favqulodda vaziyatlar sohasidagi mutaxassislar uchun amaliy qo‘llanma vazifasini bajaradi

    Криминологик лексиканинг лингвистик хусусиятлари

    Get PDF
    Криминологик лексика қонунчилик, ҳуқуқ-тартибот ва жиноятчиликни ўрганиш билан боғлиқ илмий ва амалий соҳаларда қўлланиладиган махсус тил қатламидир. Ушбу мақола криминологик лексиканинг семантик, морфологик ва стилистик хусусиятларини таҳлил қилишга бағишланган. Тадқиқотда турк, форс, араб ва рус тилларидан олинган ўзлашма сўзларнинг терминология шаклланишига таъсири аниқланади, шунингдек, контекст ва прагматик омилларнинг ушбу лексикадан фойдаланишдаги роли кўриб чиқилади. Ўзбек юридик ҳужжатлари ва илмий матнлардаги лексик бирликларнинг тизимлаштирилиши, этимологияси ва функционал хусусиятларига алоҳида эътибор берилади. Мақола филологлар, криминологлар ва лексикография бўйича мутахассисларига мўлжалланган бўлиб, ўзбек криминологик терминологиясининг ривожланишига ва ҳозирги жамият талабларига мослашувига хизмат қилади

    Tovarlar barqarorligiga tashish va saqlash sharoitlarining kimyoviy hamda ekologik ta’siri

    Get PDF
    Shbu maqolada tovarlarning saqlanish sharoitlari va ularning kimyoviy barqarorligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilinadi. Mahsulot tarkibida yuz beradigan asosiy kimyoviy buzilish mexanizmlari - oksidlanish, gidroliz, fotodegradatsiya, mikrobiologik o‘zgarishlar - saqlash muhitining (harorat, namlik, yorug‘lik, atmosfera) ta’sirida qanday kechishi bayon etilgan. Turli tovar toifalari (oziq-ovqat, farmatsevtik preparatlar, polimer mahsulotlar) misolida saqlash sharoitlari o‘zgarganda mahsulot sifati, xavfsizligi va foydalanish muddati qanday ta’sirlanishi ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, maqolada zamonaviy saqlash texnologiyalari, monitoring usullari va optimal qadoqlash vositalarining roliga e’tibor qaratiladi. Ilmiy manbalar va eksperimental natijalar asosida tavsiyalar berilgan

    Трансформация музыкального материала в условиях структурных ограничений: стратегии и методы

    Get PDF
    Данная статья исследует процессы трансформации музыкального материала в контексте различных структурных ограничений, определяющих рамки композиционного творчества. Анализируются традиционные и современные стратегии работы с ограничениями как творческими стимулами, рассматриваются методы преодоления и использования лимитирующих факторов для достижения художественных целей. Особое внимание уделяется классификации типов ограничений - от формальных и жанровых до технических и концептуальных, а также изучению способов их творческого освоения. Исследование охватывает исторические примеры, современные практики и теоретические подходы к пониманию ограничений как неотъемлемой части музыкального творчества

    Fortepiano o‘qitish jarayonida AKT (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari)dan foydalanishning metodik asoslari

    Get PDF
    Pianino o‘qitishda AKTdan foydalanishga ilmiy yondashish dalillar bazasini, tadqiqotlarni o‘tkazishni, samaradorlikni o‘lchashni va texnologiyalarni oddiygina tatbiq etmaydigan, balki ularni muayyan pedagogik maqsadlarga erishish uchun birlashtiradigan usullarni ishlab chiqishni talab qiladi. Bu ilmiy yondashuvni texnologiyadan oddiy foydalanishdan ajratib turadi. Mazkur maqolada interfaol raqamli muhit, multimediya vositalari, sun’iy intellekt asosidagi o‘rgatuvchi tizimlar hamda virtual musiqa laboratoriyalarining musiqiy tafakkurga ta’sir mexanizmi yangicha yondashuv orqali yoritilgan. Shuningdek, maqolada musiqiy fikrlashni rivojlantirishda texnologiyaning shaxsiylashtirilgan o‘qitish va refleksiv ijodiy faoliyatni rag‘batlantirish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan

    The effectiveness of digital learning platforms

    Get PDF
    This article analyzes the role and effectiveness of digital learning platforms in modern education. It discusses how such platforms improve teaching and learning processes, enhance interactivity, and create new opportunities for both teachers and students. The article also highlights international experiences, existing challenges, and future prospects of using digital platforms in educational practice

    O‘quvchilarning fanlararo tafakkurini rivojlantirishda dasturiy ta’minotning roli

    Get PDF
    Maqolada o‘quvchilarning fanlararo tafakkurini rivojlantirishda dasturiy ta’minot (DT) vositalaridan foydalanish metodikalari tahlil qilinadi. Dasturiy ta’minot orqali o‘quvchilar turli fanlarni integratsiyalash, mavzularni tizimli tushunish, muammolarni hal qilish va ijodiy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interaktiv platformalar va amaliy misollar yordamida fanlararo tafakkurni oshirish usullari ko‘rsatib o‘tilgan

    Xitoy va o‘zbek tillarida so‘z tartibi: sintaktik strukturalarning qiyosiy tahlili

    Get PDF
    Ushbu maqolada Xitoy va O‘zbek tillarining so‘z tartibi sintaktik strukturalari qiyosiy tahlil qilinadi. Til tipologiyasi nuqtai nazaridan Xitoy tilining qat’iy SVO (Subyekt-Fe’l-Obyekt) va O‘zbek tilining SOV (Subyekt-Obyekt-Fe’l) asosiy so‘z tartiblari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, so‘z tartibining tilning grammatika, pragmatika va til o‘rgatishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda ona tilining til o‘rgatishda qanday ta’sir ko‘rsatishi, so‘z tartibining variantlari va ularning sintaktik strukturaga ta’siri o‘rganiladi. Natijalar tilshunoslik, tarjima, va til o‘qitish sohasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ilmiy va amaliy ahamiyatga ega

    Banklarda korporativ boshqaruv modellari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari

    Get PDF
    Bank mahsulotlari va xizmatlarini sotish har qanday kredit tashkiloti faoliyatida eng muhim bosqichdir. Hozirgi sharoitda bank biznesining rivojlanishi bank mahsulotlari va xizmatlarini bozorga olib chiqish uchun informasion texnologiyalardan keng foydalanish, eng yangi texnikaviy vositalar va ilg‘or bank texnologiyalarini joriy qilish, shuningdek, xizmatlarning jozibadorligini oshiruvchi bank uslublarini izlash bilan bog‘liqdir

    O‘zbekiston kichik va o‘rta biznes korxonalari faoliyatida xorijiy tajriba asosida sun’iy intellektga asoslangan savdo agentini joriy etish masalalari

    Get PDF
    Ushbu maqolada kichik va o‘rta biznes (KO‘B) korxonalari faoliyatida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalangan holda savdo jarayonlarini avtomatlashtirish masalalari yoritilgan. Sun’iy intellektga asoslangan savdo agentlarining afzalliklari, ularni joriy etish mexanizmlari va O‘zbekiston sharoitida tatbiq etish imkoniyatlari tahlil qilinadi

    1,500

    full texts

    1,500

    metadata records
    Updated in last 30 days.
    Science and Education scientific journal is based in Uzbekistan
    Access Repository Dashboard
    Do you manage Open Research Online? Become a CORE Member to access insider analytics, issue reports and manage access to outputs from your repository in the CORE Repository Dashboard! 👇