Science and Education scientific journal
Not a member yet
    1500 research outputs found

    Bolalarda tug‘ma yurak nuqsoni shakllanishida zamonaviy ma’lumotlar

    Get PDF
    Tug‘ma yurak nuqsonlari bolalar sog‘lig‘ida jiddiy muammolarga va nogironlikka olib kelishi, ularning keng tarqalganligi va erta jarrohlik korreksiyasi talab qilishi tufayli pediatriyada muhim muammo hisoblanadi. jsst ma’lumotlariga ko‘ra, tug‘ma yurak nuqsoni yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning 0,7-1,7% da uchraydi. Ba’zi hollarda tug‘ma yurak nuqsonlari kechishining bosqichlari tez rivojlanishi nafaqat uning og‘irlik darajasi, balki komorbid holatlarning ta’siri bilan ham belgilanadi, jumladan gipoksik-ishemik ensefalopatiya, oziqlanish yetishmovchiligi, defisit anemiyalar va boshqalar. Ushbu buzilishlarning rivojlanish mexanizmlarini bilish va ularni zamonaviy tadqiqot usullari yordamida o‘z vaqtida aniqlash imkoniyati rivojlanayotgan patologik holatlarni imkon qadar erta tashxislash va korreksiyalash imkonini beradi. Shu munosabat bilan tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan erta yoshdagi bolalarga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatishni takomillashtirishning klinik diagnostika mezonlarini o‘rganish masalasi dolzarbligicha qolmoqda va bu yo‘nalishda ilmiy izlanishlarni taqozo etadi

    Methods and technologies for increasing the energy efficiency of portable medical devices

    Get PDF
    The role of portable medical devices in modern medicine is increasingly increasing. One of their main problems is the limited energy supply and low energy efficiency. The study studied methods and technologies for increasing the energy efficiency of portable medical devices. 120 portable medical devices used in medical institutions of Uzbekistan were analyzed. A special microcontroller system and artificial intelligence algorithms were developed to reduce energy consumption. As a result, the energy consumption of the devices decreased by an average of 35%, and the service life increased by 1.8 times. The introduction of the created technologies into clinical practice made it possible to significantly increase the efficiency of portable medical devices

    Inklyuziv ta’limni samaradorligini oshirishda qollaniladigan metod va usullar

    Get PDF
    Maqolada, shuningdek, inklusiv ta’limda bu metodlarning amaliy qo‘llanilishi orqali o‘quvchilarning ijtimoiy va kognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirishda qanday yordam berishi ko‘rsatilgan. Inklusiv ta’limda metodlarni to‘g‘ri tanlash o‘quvchilarga o‘z qobiliyatlarini maksimal darajada namoyish etish imkonini beradi va jamiyatda adolat va bag‘rikenglikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu yondoshuvning samarali qo‘llanilishi jamiyatda tenglikni ta’minlashga, shuningdek, o‘quvchilarning ta’lim olish huquqlarini himoya qilishga yordam beradi. Ushbu ilmiy maqola inklyuziv ta’limda qo‘llaniladigan metod va usullar samaradorligini o‘rganishga qaratilgan

    Oilada yuzaga keladigan nizolarning bola ijtimoiylashuvi va tarbiyasiga ta’siri hamda nizolarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari

    Get PDF
    Oilaviy nizolar - bu oila a’zolari o‘rtasidagi qarama-qarshi munosabatlar, motivlar va muayyan vaziyatda bir-biriga mos kelmaydigan maqsadlar asosida yuzaga keladigan kelishmovchiliklarni bildiruvchi tushuncha bo‘lib, ushbu maqolada oilaviy munosabatlar, oilada nizolarning turlari va yuzaga kelish sabablari hamda oiladagi nizolarning farzand tarbiyasiga ta’siri psixologik jihatdan tahlil qilingan va ma’lumotlar berilgan.Nazariy ma’lumotlar asosida tavsiyalar ishlab chiqilgan

    Psixologik ta’lim va uning mazmuni

    Get PDF
    Mazkur maqola psixologik ta’limning mohiyati va mazmunini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda psixologik ta’limning zamonaviy metodlari, mazmuni, ahamiyati va uni amalga oshirishdagi asosiy yo‘nalishlar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari asosida ta’lim jarayonida psixologik yondashuvlarning qo‘llanilishi samaradorligini oshirish yuzasidan xulosalar chiqariladi

    Talabalarning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda divergent tafakkur ahamiyatining nazariy tahlili

    Get PDF
    Talabalarning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda divergent tafakkur muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tafakkur turi talabalarga muammolarni turli nuqtai nazardan ko‘rib chiqish, innovatsion yechimlarni ishlab chiqish va o‘z fikrlarini yanada mustahkamlash imkoniyatini yaratadi. Shuning uchun ham ta’lim jarayonida divergent tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan metodlar va yondashuvlardan keng foydalanish zarur. Ularning kelajakda muvaffaqiyatli va raqobatbardosh mutaxassis bo‘lishlarida muhim omil hisoblanadi. Zamonaviy jamiyatning tezkor rivojlanishi va innovatsion taraqqiyot jarayonlari talabalarning ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirishni talab etmoqda. Divergent fikrlash - bu bir nechta mumkin bo‘lgan echimlarni o‘rganish orqali ijodiy g‘oyalarni yaratish uchun ishlatiladigan fikrlash jarayoni

    Ansambl cholg‘u ijrochiligi darslarida o‘quvchilarning kreativ iste’dodini shakllantirishning interfaol metodlari (klavish cholg‘ulari turlari misolida)

    Get PDF
    Ansambl cholg‘u ijrochiligi darslarida o‘quvchilarning kreativ iste’dodini shakllantirish uchun interfaol metodlardan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Klavish cholg‘ulari misolida muammoli ta’lim, rolli o‘yin, improvizatsiya va texnologik yondashuv kabi metodlar orqali o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlari rivojlantiriladi. Ushbu uslublar nafaqat texnik mahoratni oshirish, balki ijodiy fikrlashni ham shakllantirishga xizmat qiladi. Ansambl cholg‘u ijrochiligi musiqaning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, turli xalqlar madaniyatini birlashtiradi va ijodiy ifodani kengaytiradi. U nafaqat san’at turi, balki ijrochilar o‘rtasida uyg‘un hamkorlikni talab qiluvchi jarayondir. O‘zbekistonda milliy cholg‘u ansambllari boy an’analarga ega bo‘lib, hozirgi kunda ham rivojlanishda davom etmoqda

    Milliy qo‘shiqlar vositasida o‘quvchilarni ijrochilik malakalarini shakllantirish metodlari (umumta’lim maktablari misolida)

    Get PDF
    Milliy qo‘shiqlar vositasida o‘quvchilarning ijrochilik malakalarini shakllantirish nafaqat ularning musiqa savodxonligini oshiradi, balki milliy madaniyatni chuqur anglashlariga ham xizmat qiladi. Turli metodlardan foydalanish orqali o‘quvchilarning qiziqishini oshirish va ijodiy rivojlanishini ta’minlash mumkin. Shunday qilib, umumta’lim maktablarida milliy qo‘shiqlarga asoslangan ta’lim jarayoni samarali bo‘lib, o‘quvchilarning estetik va badiiy dunyoqarashini kengaytiradi. Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning ijrochilik malakalarini shakllantirish jarayonida milliy qo‘shiqlardan foydalanish samarali usullardan biri hisoblanadi

    Buxoro shashmaqomining ilmiy falsafiy asoslari

    Get PDF
    Buxoro Shashmaqomi o‘zining ilmiy, falsafiy va musiqiy jihatdan boy merosi bilan Markaziy Osiyo san’atining durdonasi sanaladi. Uning nazariy va falsafiy jihatlari hali ham ilmiy izlanishlarga ehtiyoj sezadi va kelajak avlodlar uchun qimmatli boylik bo‘lib qoladi. Buxoro Shashmaqomi Markaziy Osiyo musiqa madaniyatining eng yuksak san’at yutuqlaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada Shashmaqomning ilmiy-falsafiy asoslari, uning shakllanishi, musiqiy tuzilishi va falsafiy mohiyati haqida tahlil qilinadi. Uning chegaralari amalda belgilab qo'yilgan ma'lum tartiblar va usullar bilan belgilanadi. Yozma va og‘zaki manbalarga ko‘ra, Shashmaqomning asl modal tizimi oltita asosiy - maqom va o‘n oltita ikkinchi darajali modal shakl - nasrdan iborat yigirma ikki maqom nomini (modal shakllanishlarni) qamrab olgan

    Inson tarbiyasida sport va musiqaning integratsiyalashish jarayonida pedagogik texnologiyani qo‘llash

    Get PDF
    Sport sohasida pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning dolzarbligi, asosiy yondashuvlari va samaradorlik omillari tahlil qilinadi. Sportda pedagogik texnologiyalarni qo‘llash sportchilarni har tomonlama rivojlantirishga yordam beradi. Raqamli texnologiyalar, shaxsiy yondashuv va innovatsion uslublar sport mashg‘ulotlarini yanada samarali va qiziqarli qiladi. Ushbu texnologiyalarni doimiy ravishda yangilash va tatbiq etish orqali sport ta’limi jarayonini yangi bosqichga olib chiqish mumkin. Innovatsion yondashuvlar sport mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish, motivatsiyani oshirish va natijalarga tezroq erishishda muhim rol o‘ynaydi

    1,500

    full texts

    1,500

    metadata records
    Updated in last 30 days.
    Science and Education scientific journal is based in Uzbekistan
    Access Repository Dashboard
    Do you manage Open Research Online? Become a CORE Member to access insider analytics, issue reports and manage access to outputs from your repository in the CORE Repository Dashboard! 👇