Science and Education scientific journal
Not a member yet
1500 research outputs found
Sort by
Evolving roles of librarians in the digital knowledge ecosystem
The digital transformation of society has fundamentally reshaped the profession of librarianship, expanding its scope beyond traditional collection management to encompass new responsibilities in digital curation, information literacy, and knowledge mediation. This article examines the evolving roles of librarians within the digital knowledge ecosystem, highlighting how technological innovation, open access movements, and data-driven research have redefined library practices. It explores the emergence of librarians as educators, research partners, and ethical guardians of information in an environment characterized by information abundance and rapid technological change. The discussion emphasizes the librarian’s role in fostering digital literacy, ensuring equitable access to knowledge, and safeguarding the ethical dimensions of information use. By analyzing these developments, the paper argues that librarianship remains an essential human-centered profession, committed to connecting people with knowledge, preserving cultural memory, and supporting lifelong learning in the digital age
An’anaviy ijrochilikni zamonaviylashtirish usullari (polifonik kompozitsiyaga moslashtirish)
Ushbu maqolada o‘zbek an’anaviy musiqa ijrochiligini zamonaviylashtirishning innovatsion yo‘llari, xususan, monofonik xalq musiqasini polifonik kompozitsiya shaklida qayta ishlash va ijro etish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotda an’anaviy va zamonaviy musiqa uslublarining integratsiyasi, milliy musiqa merosini saqlab qolish bilan birga uni zamonaviy talablarga moslashtirishning nazariy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada monofonik xalq kuy va ashulalarini polifonik fakturaga o‘tkazish texnikasi, garmonik rivojlantirish prinsiplari, kontrapunkt qonuniyatlarini milliy musiqa xususiyatlari bilan uyg‘unlashtirish usullari o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, an’anaviy musiqaning polifonik qayta ishlanishi milliy melodiya va maqomiy tizimning o‘ziga xos xususiyatlarini saqlab qolgan holda, zamonaviy tinglovchilar uchun yangi estetik tajriba yaratadi va milliy musiqa merosining xalqaro miqyosda tan olinishiga yordam beradi. Shuningdek, maqolada polifonik aranjirovka yaratish bosqichlari, ijroda yuzaga keladigan texnik va badiiy muammolar hamda ularni hal qilish yo‘llari tahlil qilingan. An’anaviy musiqani zamonaviylashtirish nafaqat milliy meros saqlash, balki uni rivojlantirish va keng ommalashtirishning muhim vositasi ekanligi asoslab berilgan
Fortepiano ta’limida o‘yinli metodlar orqali o‘quvchilar faolligini oshirish texnologiyasi
Ushbu maqolada fortepiano ta’limida o‘yinli metodlardan foydalanish orqali o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning musiqiy tafakkurini rivojlantirish va ijodiy faoliyatini kuchaytirish imkoniyatlari ilmiy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, amaliy misollar va metodik yondashuvlar asosida o‘yinli metodlarning samaradorligi tahlil qilingan. O‘yinga asoslangan ta’lim usullari - bilim olish va malaka oshirish kabi ta’lim maqsadlariga erishish uchun o‘yin holatlari, rollari va qoidalarini o‘z ichiga olgan o‘yinga asoslangan o‘qitish usullari. Bu usullar o‘quv jarayonini yanada faol va qiziqarli qiladi, fikrlashni rag‘batlantiradi, ijodiy qarorlar qabul qilishga undaydi va o‘quvchilarning motivatsiyasini oshiradi
Грация и сила: как гимнастика формирует тело и характер
В статье рассматривается комплексное влияние занятий гимнастикой на физическое и психологическое развитие личности. Анализируются механизмы формирования физических качеств, таких как гибкость, сила, координация, выносливость и баланс, а также их взаимосвязь с развитием волевых и нравственных качеств характера. Рассматриваются возрастные особенности воздействия гимнастических упражнений на развитие детей, подростков и взрослых. Статья представляет интерес для специалистов в области физической культуры и спорта, тренеров, педагогов, а также всех, кто интересуется вопросами физического воспитания и личностного развития через спорт
O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari va undagi mavjud moliyaviy risklar
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida davlat xaridlari tizimining huquqiy va tashkiliy asoslari hamda unda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy risklar tahlil qilinadi. Davlat xaridlari mamlakat byudjeti mablag‘larini samarali boshqarish, resurslardan oqilona foydalanish va iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashning muhim vositasi hisoblanadi. Shu bilan birga, xarid jarayonida korrupsiya, shaffoflikning yetarli emasligi, narxlarning sun’iy oshirilishi, shartnomalarning bajarilmasligi kabi bir qator moliyaviy risklar mavjud. Tadqiqotda davlat xaridlarida uchraydigan asosiy risklar turlari tasniflanib, ularning iqtisodiy oqibatlari yoritilgan. Shuningdek, risklarni kamaytirish va samarali boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Maqola natijalari davlat xaridlarini yanada shaffof, samarali va adolatli amalga oshirishga qaratilgan nazariy hamda amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi
Umumta’lim maktablarida musiqa darslari istiqbollarida raqamli texnologiyalarni qo‘llash usullari
Texnologiyalashtirish - bu ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalar, multimediya vositalari, internet resurslari, interaktiv platformalar va mobil ilovalardan foydalanish orqali o‘quvchilar bilimini mustahkamlash va o‘quv jarayonini optimallashtirishdir. Musiqa madaniyati darslarida musiqa ta’limini texnologiyalashtirish deganda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalangan holda o‘quvchilarga musiqa fanini yanada samarali va interaktiv tarzda o‘rgatishni anglatadi
Ko‘p o‘lchovli massiv funksiyalari va ularning tuzilish, topologik va algebraik xususiyatlari
Ushbu maqolada ko‘p o‘lchovli massiv funksiyalarining matematik tabiatini tashkil etuvchi tuzilish, topologik va algebraik xususiyatlar chuqur o‘rganilgan. Ko‘p o‘lchovli massivlar (tensorlar) bugungi kunda tasvirlarni qayta ishlash, kompyuter grafikasi, sun’iy intellekt, fizik modellashtirish, raqamli geometriya, statistik tahlil kabi ko‘plab sohalarda asosiy matematik obyekt sifatida qo‘llanadi. Maqolada ularning struktura parametrlari, tartibi, o‘lchamlari, indekslash tizimi, topologik bog‘liqliklari, algebraik amallar, chiziqli va nolinear transformatsiyalar hamda funksional xususiyatlari keng tahlil qilinadi. Shuningdek, ularni oliy ta’limda o‘rgatishga oid didaktik tamoyillar, bosqichli o‘qitish metodlari, amaliy mashg‘ulotlarni tashkil qilish yo‘llari ham asoslab beriladi
Ko‘p o‘lchovli massivlarda belgilangan funksiyalarning matematik xususiyatlari va ularning hisoblashlarda qo‘llanilishi
Ushbu maqolada ko‘p o‘lchovli massivlar va ular ustida belgilangan funksiyalarning matematik xususiyatlari chuqur tahlil qilinadi. Massiv elementlari ustida olib boriladigan funksional amallar, chiziqlilik, differensiallanuvchanlik, normallar, optimizatsiya bilan bog‘liq funksiya turlari va ularning matematik tavsifi yoritiladi. Shuningdek, ushbu funksiyalarning kompyuter hisoblashlarida, sonli metodlarda, sun’iy intellekt tizimlarida, fizik modellashtirishda, iqtisodiy tahlil va katta ma’lumotlar (Big Data) muhitida qo‘llanishi keng ko‘lamda tahlil qilingan. Maqola ta’lim tizimi uchun ham ahamiyatli bo‘lib, unda ushbu murakkab mavzuni o‘qitishning didaktik asoslari, bosqichma-bosqich yondashuv, vizualizatsiya, muammoli vazifalar asosida o‘rgatish metodlari bayon etilgan
Ko‘p o‘lchovli massivlarda belgilangan funksiyalar va ularni matematik tahlil nuqtai nazaridan o‘rganish
Maqolada ko‘p o‘lchovli massivlarda belgilangan funksiyalarning matematik tahlili, ularning struktura va funksional xususiyatlari, analitik va raqamli tahlil usullari, shuningdek, zamonaviy hisoblash algoritmlarida tutgan o‘rni chuqur yoritilgan. Ko‘p o‘lchovli massivlar murakkab ma’lumotlarni ifodalashda eng qulay matematik modellardan biri bo‘lib, ular tasvirlarni qayta ishlash, sun’iy intellekt, fizik modellashtirish, statistik tahlil, iqtisodiy prognozlash va matematik optimizatsiya kabi sohalarda keng qo‘llanadi. Maqolada massiv funksiyalarining differensiallanuvchanlik, uzluksizlik, konvekslik, spektral xususiyatlar, normativ tavsiflari kabi jihatlar ilmiy asosda bayon etiladi. Didaktik qismda ushbu murakkab mavzuni o‘qitishning samarali metodlari, bosqichli pedagogik yondashuvlar, vizual modellash va muammoli ta’limning afzalliklari ko‘rsatib beriladi
O‘zbekiston an’anaviy kulolchiligida terrakota plastikasining shakllanishi va badiiy-estetik xususiyatlari
Ushbu maqolada O‘zbekiston hududida qadimdan shakllanib kelgan an’anaviy kulolchilik san’atida terrakota plastikasining o‘rni, uning tarixiy ildizlari, badiiy-estetik xususiyatlari hamda zamonaviy davrda davom etayotgan rivojlanish jarayonlari tahlil qilingan. Tadqiqotda qadimgi Xorazm vohasida topilgan arxeologik terrakotalar misolida bu san’at turining ijtimoiy-madaniy mohiyati va xalq hayotidagi o‘rni ochib berilgan. Shuningdek, terrakota haykalchalari va sopol buyumlar orqali xalqning dunyoqarashi, diniy e’tiqodi hamda san’at didi aks etishi ilmiy nuqtai nazardan asoslab berilgan. Maqolada shuningdek, kulolchilik san’atining pedagogik ahamiyati, xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarda estetik did, ijodkorlik va milliy qadriyatlarga hurmatni shakllantirishdagi roli yoritilgan