Science and Education scientific journal
Not a member yet
    1500 research outputs found

    Fortepiano o‘qitishda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari

    Get PDF
    Ushbu maqolada fortepiano o‘qitish jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy musiqiy ta’lim metodlarini takomillashtirish, raqamli resurslardan samarali foydalanish, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni kuchaytirish, ijodiy fikrlashni rivojlantirish va o‘quvchi musiqa ijrochiligini sifatli shakllantirish masalalari yoritilgan. Fortepiano darslarida interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, modulli o‘qitish tizimi, kompetensiyaviy yondashuv, innovatsion baholash mexanizmlari va ijodkorlikni rag‘batlantiruvchi pedagogik amaliyotlar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada pedagog-ijrochining professional tayyorgarligini kuchaytirish, talabaning musiqiy idrok va texnik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda musiqa o‘qitish jarayonida motivatsiyani oshirishning samarali usullari ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan

    Buxoro bastakorlik maktabining rivojlanish tendensiyalari

    Get PDF
    Ushbu maqolada Buxoro bastakorlik maktabi (ya’ni Buxoro mintaqasida shakllangan musiqa ijodiy maktabi) ning rivojlanish tendensiyalari ilmiy-metodik asosda tahlil etiladi. Maqolada bastakorlik maktabi tushunchasi, Buxoro bastakorlik maktabining tarixiy ildizlari, bugungi holati, shakllanuvchi yo‘nalishlari va muammolari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda adabiy-tahliliy, tarixiy-komparativ, kuzatuv-eksperimental metodlar qo‘llanib, Buxoro maktabining zamonaviy pedagogik hamda madaniy muhitda o‘z o‘rnini kuchaytirishi uchun tavsiyalar beriladi. Buxoro bastakorlik maktabining rivojlanish tendensiyalarini ilmiy-metodik yondoshuv bilan tahlil qilish zarurdir. Bugungi globalizatsiya sharoitida milliy musiqiy maktablar, ularning madaniy-tarbiyaviy salohiyati juda qadrli bo‘lmoqda

    Ayrim qiziqarli mulohazalarni hamda tengsizliklarni isbotlash

    Get PDF
    Sonlar nazariyasining ayrim sodda xossalari yordamida ba’zi qiziqarli mulohaza, tenglik va tengsizliklarning isboti qaralgan

    Inson ontogenezining yoshga bogʻliq xususiyatlari

    Get PDF
    Ushbu maqolada inson ontogenezining turli bosqichlarida sodir boʻladigan yoshga bogʻliq fiziologik oʻzgarishlar tahlil qilinadi. Har bir davr - prenatal hayotdan boshlab qarilikka qadar - alohida ko‘rib chiqilgan. Unda organizmning rivojlanish xususiyatlari, gormonal va funksional o‘zgarishlar, markaziy va periferik tizimlar faoliyatining bosqichma-bosqich yetilishi yoritilgan. Ushbu ma’lumotlar tibbiy, pedagogik va ilmiy amaliyotda muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi

    Morphometric and morphological changes in the spleen in the context of experimental modeling of chronic kidney failure

    Get PDF
    The article explores the structural alterations in the spleen resulting from chronic kidney failure using experimental animal models. Through detailed histological and morphometric analyses, the study reveals significant changes in spleen architecture, including lymphoid depletion, vascular alterations, and disruption of the white-to-red pulp ratio, which correlate with the progression of CKF. These findings suggest that chronic renal dysfunction exerts a systemic impact extending to lymphoid organs, underscoring the spleen’s potential role in the immunopathogenesis associated with CKF and highlighting its value as a secondary indicator in experimental nephrology

    Методологические барьеры в научном осмыслении вокального исполнительства

    Get PDF
    В статье рассматриваются основные методологические проблемы, возникающие при научном исследовании вокального исполнительства. Анализируются противоречия между субъективной природой вокального искусства и объективными требованиями научного познания. Выделяются ключевые барьеры: сложность формализации художественного процесса, междисциплинарный характер предмета исследования, недостаток унифицированного понятийно-терминологического аппарата, проблемы измерения и оценки исполнительских качеств. Предлагаются пути преодоления выявленных методологических ограничений через развитие интегративных подходов и создание новых исследовательских инструментов

    Asab tizimi va stress fiziologiyasi: bolalar va oʻsmirlar uchun psixoneyroimmunologik tadqiqotlar

    Get PDF
    Ushbu maqolada bolalar va o‘smirlar organizmida stressning asab tizimi, gormonal tizim va immunitetga ta’siri yoritiladi. Stress vaqtida yuzaga keladigan biologik jarayonlar va ularning sog‘liq uchun oqibatlari tushuntiriladi. Shuningdek, stressni kamaytirish va oldini olish yo‘llari haqida amaliy tavsiyalar beriladi

    Mehnat nizolari bo‘yicha qarorlarni ijro etilishining xususiyatlari

    Get PDF
    Mazkur maqolada mehnat nizolari yuzasidan sud qarorlarini ijro etish jarayonining o‘ziga xos jihatlari tahlil qilinadi. Mehnat huquqining asosiy prinsiplari, sud qarorlarini amalga oshirishda uchraydigan huquqiy va amaliy muammolar, hamda bu borada xalqaro tajriba ko‘rib chiqiladi. Maqolada qaytarma ijro masalasiga alohida e’tibor qaratilib, sud qarorining ijro etilmasligi yoki to‘liq bajarilmasligi natijasida yuzaga keladigan huquqiy oqibatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, sudyalarning javobgarligi masalasi ko‘rib chiqilib, sud qarorlarining o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishiga ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilinadi. Sud qarorlarining ijro etilishi tizimidagi institutsional yondashuvlar, davlat organlarining roli hamda mehnat munosabatlaridagi nizolarni samarali hal etish yo‘llari yoritiladi

    STEAM ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni ilmiy faoliyatga yo‘naltirishning innovatsion texnologiyalari

    Get PDF
    Bugungi globallashuv sharoitida o‘z maqsadlari va vazifalarini ongli yo‘naltira oladigan kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj kun sayin ortib bormoqda. Ana shu ma’noda ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish uchun yetarli shart-sharoit yaratish masalasi o‘quv amaliyotida keng muhokama qilinmoqda. Talaba-yoshlarga zamonaviy bilimlar berish va rivojlantirishda o‘quv - tadqiqot faoliyati va izlanishli ijodiy faoliyat ko‘nikmasini shakllantirish eng asosiy vazifa sifatida qaralmoqda. Boshlang‘ich sinfdan boshlab bu faoliyatga yo‘naltirish juda muhim sanaladi, chunki bu bosqichda talabaarning bilim, ko‘nikmalarini shakllantirish, ijodiy va mustaqil faoliyatlarini yo‘lga qo‘yish, bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil, sintez qilish va faoliyat natijalarini baholay bilishlariga o‘rgatish orqali kognitiv faoliyat tashkil etiladi. Shu bilan bir qatorda talabaarni dastlabki tadqiqot ishlariga yo‘naltirish ham bu muammoni hal qilishning eng muhim yechimlaridan biridir. Talabaarning “kichik tadqiqotchi” mavqeiga erishishdagi dastlabki qadamlari zamonaviy rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish uchun poydevor vazifasini bajaradi. Boshlang‘ich sinf talabaarining izlanishli-ijodiy faoliyatga bo‘lgan ehtiyoji har bir bolada genotipik jihatdan turlicha determenatsiyalashgan bo‘lib, ba’zi bolalar ilmiy faoliyatka layoqat bilan tug‘iladi. Ayrim bolalar esa ijtimoiylashuv jarayonida - o‘yin, kattalar va tengdoshlari bilan bevosita muloqot, maktabgacha ta’lim tashkilotidagi maxsus tashkil etilgan mashg‘ulotlar davomida bunday imkoniyatga ega bo‘lib boradilar. Izlanishli - ijodiy faoliyat doimo hodisalar va voqealarning tub mohiyatini anglash, yangi taassurotlar olishga bo‘lgan barqaror qiziqish, amaliy tajribalar o‘tkazishga chanqoqlik, faollik, tabiat hodisalari haqida mustaqil ravishda yangi ma’lumotlarni izlashga bo‘lgan istakning mavjudligi, kuzatish va tajriba o‘tkazish kabi muhim xususiyatlarni taqozo etadi

    O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish

    Get PDF
    Ushbu maqolada ta’lim muhitida o‘quvchilarni ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, tafakkurni shakllantirish, aqliy tarbiya, ilmiy dunyoqarashning asosiy belgilari, o‘quvchi dunyoqarashini shakllantirishning shakl, metod va vositalarining nazariy metodologik asoslari to‘g‘risida ma’lumotlar o‘rin olgan. Taʼlimning shaxsga yoʻnaltirilganligi, oʻquvchiga qaratilganligi va oʻqituvchining oʻquvchilar bilan oʻzaro munosabati, maʼnaviy-axloqiy jihati, insonparvarlik qadriyatlari almashinuvi jarayoni koʻrib chiqilgan

    1,500

    full texts

    1,500

    metadata records
    Updated in last 30 days.
    Science and Education scientific journal is based in Uzbekistan
    Access Repository Dashboard
    Do you manage Open Research Online? Become a CORE Member to access insider analytics, issue reports and manage access to outputs from your repository in the CORE Repository Dashboard! 👇