Science and Education scientific journal
Not a member yet
1500 research outputs found
Sort by
Raqamli O‘zbekiston sharoitida davlat xaridlarini yanada rivojlantirish istiqbollari
Mazkur maqolada raqamli O‘zbekiston sharoitida davlat xaridlarining hozirgi holati, mavjud muammolar hamda ularni yanada rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollari tahlil qilindi. “2025-2027-yillarda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va rivojlantirish” strategiyasida belgilangan ustuvor maqsadlar doirasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan xorij tajribasi o‘rganildi. Xususan, davlat xaridlari sohasida raqamli texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish borasida amaliy yechim va tavsiyalar berildi
Kichik hajmli kemalar haydovchilari uchun guvohnoma berish tizimini takomillashtirish
Ushbu maqolada kichik hajmli kemalar haydovchilarini guvohnomalash tizimidagi mavjud muammolar, xalqaro tajriba asosidagi tahlil va zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish yo‘llari tahlil qilinadi. Shuningdek, mazkur tizimni huquqiy, texnologik, xavfsizlik va ekologik jihatdan takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqiladi
Zamonaviy axborot texnologiyalariga o‘tishda axborot xavfsizligi
Ushbu maqolada insoniyat taraqqiyotida XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asr boshlarida kechayotgan global jarayonlar barcha ijtimoiy munosabatlar tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal sur’atlarda rivojlanishi, bugun dunyo maydonida axborot birlamchi omilga aylanishida axborot, axborot texnologiyalari, axborot xavfsizligi to‘g‘risida tushunchalar berilgan
O‘quvchilarda ijodiy fikrlashni rivojlantirishda fortepiano asarlarini tanlashning didaktik asoslari
Mazkur maqolada o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirishda fortepiano asarlarini to‘g‘ri tanlashning ahamiyati, bu tanlovning didaktik tamoyillari va musiqa pedagogikasidagi o‘rni yoritilgan. Fortepiano ijrochiligi orqali bolalarda nafaqat texnik ko‘nikmalar, balki estetik did, musiqiy tafakkur, emotsional sezgirlik va mustaqil mushohada qilish qobiliyati shakllanadi. Asar tanlashda yosh, daraja, shaxsiy qiziqishlar, asarning mazmuni va pedagogik maqsadlarni hisobga olish zarurligi asoslab berilgan. Tadqiqotda musiqa ta'limi jarayonida ijodiy fikrlashga yo‘naltirilgan yondashuvlar, musiqiy nutqni rivojlantirish va interpretatsiya ko‘nikmalarini shakllantirish vositasi sifatida fortepiano asarlarining roli o‘rganiladi
Fortepiano darslarida interfaol metodlardan foydalanishning samaradorlik mezonlari
Musiqada dars samaradorligi - musiqa ta’limi jarayonida belgilangan maqsad va vazifalarning qanchalik muvaffaqiyatli amalga oshirilganligini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichdir. Oddiy qilib aytganda, bu o‘quvchilarning dars davomida egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarning natijasidir. Ushbu maqolada fortepiano darslarini qiziqarli tashkil etish tizimining zamonaviy pedagogik asoslari, innovatsion metodlari va o‘quvchilar motivatsiyasini oshirish texnologiyalari tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor dars jarayonini ijodiy muhitda tashkil etish, raqamli resurslardan foydalanish va fortepiano o‘rgatishning interaktiv modellarini yaratish masalalariga qaratilgan. Maqolada ilgari surilgan g‘oyalar musiqiy ta’lim jarayoniga yangi nazariy va amaliy yondashuvlarni taklif etadi
Fortepiano mashg‘ulotlarida o‘quv motivatsiyasini oshirishning innovatsion usullari
Musiqadagi innovatsion usul - musiqani yaratish, ijro etish, o‘rganish yoki idrok etish jarayonini o‘zgartiradigan printsipial jihatdan yangi yondashuv yoki tizim. Innovatsion texnika - bu musiqa vositalarini, ijro texnikasini yoki ovoz ishlab chiqarishni qo‘llashning o‘ziga xos, yangi usuli. Innovatsion usullar bir nechta texnikani o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan global, kontseptual g‘oyalarni anglatadi. Innovatsion usullar bir nechta texnikani o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan global, kontseptual g‘oyalarni anglatadi. Mazkur maqolada fortepiano mashg‘ulotlarini tashkil etishda o‘quvchilar motivatsiyasini oshirishning zamonaviy, innovatsion usullari hamda talabalar o‘rtasida hamkorlikka asoslangan guruhli ta’lim tizimini yaratish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda fortepiano darslarida raqamli platformalar, peer-learning (o‘zaro o‘rganish) va kooperativ ijro texnologiyalarini integratsiyalash orqali musiqiy faoliyatga bo‘lgan ichki ehtiyojni kuchaytirish imkoniyatlari tahlil qilingan
Sport va musiqaning inson tarbiyasidagi psixologik omillari: integratsiyali yondashuv va tarbiyaviy ta’siri
Ushbu maqolada sport va musiqa faoliyatining inson shaxsini shakllantirishdagi psixologik mexanizmlari va tarbiyaviy ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda sport va musiqaning integratsiyalashgan ta’sirining shaxsning kognitiv, hissiy-emotsional va ijtimoiy rivojlanishiga qo‘shadigan ta’siri ko‘rib chiqilgan. Sport mashg‘ulotlari iroda, intizom, maqsadga intilish kabi sifatlarni shakllantirsa, musiqa esa emotsional intellekt, estetik his va ijodiy fikrlashni rivojlantirishi isbotlangan. Maqolada bu ikki soha birgalikda qo‘llanilganda shaxsning harmonik rivojlanishiga, stressga chidamlilik, o‘z-o‘zini boshqarish va ijtimoiy adaptatsiya qobiliyatlarining oshishiga olib kelishi ko‘rsatilgan. Integratsiyali yondashuv doirasida sport va musiqaning o‘zaro to‘ldirib turuvchi xususiyatlari, ularning pedagogik jarayonda qo‘llanilishi va zamonaviy ta’lim tizimida ahamiyati ochib berilgan
Paving the Path to Sustainability: Insights and Innovations in the Green Economy
The green economy is a new way of thinking through the most challenging environmental degradation problems while concurrently contributing to sustainable development. This paper discusses the principles of the green economy, its challenges, and future directions, drawing from the foundational works of Blueprint for a Green Economy and Doughnut Economics. It underlines the need for a balance between economic growth and ecological preservation, with equity in social terms. Key discussion areas entail measurement methodologies, critiques, and the role of innovative policies. The paper, through such critical analysis, points out the shifting to the green economy as a pathway to achieving the global sustainability goals
Enhancing student learning through practical applications of Natural Language Processing
The integration of Natural Language Processing into higher education offers significant opportunities to enhance student learning by combining computational thinking with linguistic analysis and critical reflection. This article explores how practical applications of NLP can transform the teaching and learning experience in universities. By engaging students in hands-on projects such as text classification, sentiment analysis, and conversational AI, educators can foster deeper conceptual understanding, interdisciplinary collaboration, and ethical awareness. Practical engagement with NLP tools and real-world data enables learners to bridge theory and practice, develop digital literacy, and cultivate problem-solving skills relevant to the evolving demands of the knowledge economy. The paper argues that experiential approaches to NLP education not only strengthen technical competence but also encourage creativity, social responsibility, and lifelong learning. As a result, teaching NLP through practical applications prepares students to become active contributors to the development of ethical and human-centered artificial intelligence in diverse academic and professional contexts
Xitoy tili o‘rta darajadagi o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish
Ushbu maqola xitoy tilini o‘rta darajadagi o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirishning samarali usullarini yoritadi. Matnda o‘rta darajadagi o‘quvchilar uchun iyerogliflarning tuzilishi va kelib chiqishi, grammatik qoidalar, so‘z boyligini oshirish, o‘qish odatlarini shakllantirish hamda amaliy mashqlarni bajarish kabi muhim jihatlar ko‘rib chiqiladi. Maqola o‘quvchilarga o‘z o‘qish malakalarini yaxshilashga yordam berish, tilni chuqur anglash va undan amaliy foydalanishni oshirish maqsadida tayyorlangan. Shuningdek, o‘qish jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni yengish uchun strategiyalar taklif etiladi va o‘quvchilarni mustaqil ravishda o‘qish mashqlarini bajarishga rag‘batlantirishga alohida urg‘u beriladi