Science and Education scientific journal
Not a member yet
    1500 research outputs found

    Maktab yoshidagi bolalar estetik tarbiyasida musiqa asarlarining ta’sirchanlik mezonlari va tanlash strategiyalari

    Get PDF
    Mazkur maqola maktab yoshidagi bolalar estetik tarbiyasida musiqa asarlarining ta’sirchanlik mezonlari va tanlash strategiyalarini tahlil qiladi. Musiqa, bolaning ruhiy va hissiy rivojlanishiga ta’sir etadigan kuchli vosita sifatida, estetik didni shakllantirish, axloqiy qadriyatlarni o‘rgatish va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada musiqa asarlarini tanlashda yoshga moslik, tarbiyaviy ahamiyat, ruhiy ta’sir va janr tanlovi kabi mezonlar yoritilgan. Ushbu maqola, maktab o‘qituvchilari, musiqa pedagoglari va ota-onalar uchun bolalarning musiqa orqali estetik tarbiyasini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beradi

    O‘quvchilarda musiqa orqali tanqidiy va ijodiy fikrlashni rivojlantirish

    Get PDF
    Mazkur maqola o‘quvchilarda musiqa orqali tanqidiy va ijodiy fikrlashni rivojlantirishning ahamiyatini ko‘rib chiqadi. Musiqa, nafaqat estetik zavq bag‘ishlash, balki o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini, mantiqiy tahlil qilish va ijodiy yondashuvni kuchaytirishga yordam beradi. Musiqa darslarida o‘quvchilar asarlarni tahlil qilish, yangi g‘oyalar yaratish, va hissiyotlarini musiqaviy vositalar orqali ifodalashni o‘rganadilar. Maqolada, musiqa orqali tanqidiy fikrlashning rivojlanishi va ijodiy jarayonlar o‘rtasidagi bog‘liqlik, shuningdek, musiqa ta’limining o‘quvchilarga bergan foydalari ko‘rsatilgan. Musiqa - bu insoniyatning eng qadimiy va keng tarqalgan san’at turlaridan biridir. U nafaqat estetik zavq bag‘ishlashi, balki o‘quvchilarning fikrlash tizimini rivojlantirish, muammolarni hal etish qobiliyatini oshirishda ham muhim rol o‘ynaydi

    Buxoro ixtisoslashgan san’at maktabi o‘quvchilariga vokal qo‘shiqchiligini o‘rgatishda qo‘llaniladigan metodlar va usullar

    Get PDF
    Vokal qo‘shiqchiligini o‘rgatishda turli metod va usullar qo‘llaniladi. Nafas olish texnikasi, ovozni isitgich mashqlari, diktsiyani rivojlantirish, diapazonni kengaytirish, emotsional ifoda va akustik tahlil qilish - bularning barchasi o‘quvchilarning vokal mahoratini oshirishga xizmat qiladi. Doimiy mashq va sabr bilan har bir talaba o‘z ovoz imkoniyatlarini rivojlantirib, yuksak darajaga erishishi mumkin. Vokal san’ati insonning ovoz vositasida musiqa yaratish mahoratini o‘z ichiga oladi. Vokal qo‘shiqchiligini o‘rgatish murakkab jarayon bo‘lib, unda nafaqat texnik, balki hissiy va ijodiy jihatlar ham e’tiborga olinadi. Vokal o‘qitish metodlari talabalar ovozini to‘g‘ri shakllantirish, nafas olish texnikasi, intonatsiya va emotsional ifodani rivojlantirishga qaratilgan

    Особенности проявления функциональной асимметрии у детей среднего школьного возраста в условиях начального обучения плаванию

    Get PDF
    В статье рассматриваются особенности проявления функциональной асимметрии у детей среднего школьного возраста в процессе начального обучения плаванию. Функциональная асимметрия, выражающаяся в доминировании одной из парных конечностей и органов чувств, является фундаментальным свойством нервной системы человека и влияет на различные аспекты двигательной деятельности. В контексте обучения плаванию, требующего скоординированных движений обеих сторон тела, проявление функциональной асимметрии может оказывать как положительное, так и отрицательное влияние на процесс освоения техники плавания. В статье представлены результаты теоретического анализа литературы, рассматривающие влияние функциональной асимметрии на моторное обучение, координацию движений и адаптацию к водной среде у детей среднего школьного возраста, начинающих заниматься плаванием. Подчеркивается важность учета индивидуальных особенностей функциональной асимметрии при разработке методик начального обучения плаванию, направленных на оптимизацию процесса обучения и повышение эффективности тренировочного процесса

    Methodology of clinical thinking formation in the study of phthisiology

    Get PDF
    Master degree of Samarkand State Medical Universit

    O‘tkir miyeloblastik leykemiya bilan og‘rigan bemorlarda homiladorlikni olib borish

    Get PDF
    Leykemiya va homiladorlikning birga kelishi kam uchraydigan holatlardan biri hisoblanadi. Bemorlarning og‘ir ahvoli, hayz davrining buzilishi va tuxumdonlar sohasidagi leykemiya infiltrati leykemiyada homiladorlikning riovjlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillar hisoblanadi. Asrlar davomida o‘tkir miyeloblastik leykemiyada (O‘ML) xomiladolik davrida ximiya terapiya va qon tarkibiy qismlarini quyish orqali homiladorlikni tug‘ilishgacha uzaytirish mumkin edi. Hozirgi vaqtda umumiy qabul qilingan yondashuvga ko‘ra, birinchi trimestrda O‘ML tashxisi qo‘yilganda, homiladorlikning to‘xtatilishi tibbiy sabablarga ko‘ra ko‘rsatiladi, homiladorlikning ikkinchi trimestrda va uchinchi trimestrning dastlabki bosqichlarida (33-34 yoshgacha) hafta) O‘ML ning induksion kimyoterapiyasi (IXT) homiladorlik davrida homilador bo‘lmagan ayollar bilan bir xil dozalarda va keyinroq amalga oshiriladi

    Yevropa kompozitorlarida ijro uslublarining murakkab stilistik kompozitsiyalari texnologiyasi

    Get PDF
    Ushbu maqola Yevropa akademik musiqa an’anasidagi murakkab stilistik kompozitsiyalarning ijro uslublari va texnologiyalarini tahlil qiladi. Barokko davridan to zamonaviy davrga qadar kompozitorlar tomonidan qo‘llanilgan turli uslublar, texnikalar va ularning rivojlanish tarixi ko‘rib chiqiladi. Maqolada kompozitsiya texnologiyalarining ijro amaliyotiga ta’siri, ijrochilik san’atining rivojlanishi hamda musiqiy asarlarning interpretatsiya xususiyatlari muhokama qilinadi. Shuningdek, mualliflik uslubi, milliy maktablar an’analari va zamonaviy texnologiyalarning klassik musiqa ijrochiligi bilan o‘zaro aloqasi tahlil etiladi

    Fizik masalalarni yechishda matematikaning tatbiqi

    Get PDF
    Ushbu maqolada ba’zi fizikaviy masalalarni yechishda matematikaning tatbiqlari keltirib o‘tilgan. Fizikaviy masalalarni matematik terminlar orqali tafsivlash va matematikani fizik jarayonlarni o‘rganish jarayonlariga qo‘llash orqali ta’lim samaradorligini oshirishga erishish haqida tavsiyalar berib o‘tilgan

    Организация тренировочного процесса в группах по художественной гимнастике

    Get PDF
    Процесс тренерской работы можно описать как планирование того, что вы собираетесь делать, выполнение планов и затем подведение итогов сделанного. Этот процесс планирования - выполнения - анализа в работе тренера является цикличным, он повторяется вновь и вновь. Тренировочный процесс - это комплексная и системная программа подготовки спортсменов. Если вам необходимо подтянуть свою технику, индивидуальное мастерство, чтобы наверстать упущенную базу или повысить свою игровую конкурентоспособность, вам нужен этот формат. Программа составляется персонально под игрока. Тренировочный процесс включает в себя техническую, физическую,тактическую, психологическую, теоретическую подготовку

    Musiqa madaniyatida an’anaviy musiqa ijrochiligini rivojlantirish orqali oliy ta’lim tizimiga qo‘yiladigan talablar

    Get PDF
    Boshlang‘ich maktab musiqasi darslarida o‘quvchilarning umumiy o‘quv harakatlarini shakllantirishning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan turli xil musiqiy-amaliy faoliyatlar qo‘llaniladi. Musiqa sohasidagi oliy ta’lim tizimi bu jihatlarni inobatga olishi va nafaqat akademik mahorat va nazariyani o‘rgatishni, balki o‘quvchilarga an’anaviy ijro uslublarini o‘zlashtirish imkoniyatlarini yaratishni ko‘zda tutishi kerak. An’anaviy musiqa ijrosi oliy ta’lim tizimida nafaqat professional musiqachilarni shakllantirishning asosiy poydevori, balki musiqa an’analarini saqlash va rivojlantirishning muhim vositasi hisoblanadi. Musiqa ta’limida an’anaviy ijro uslubini o‘rgatish talablariga e’tibor qaratish zarur, ularni zamonaviy real va tendensiyalar asosida moslashtirish kerak

    1,500

    full texts

    1,500

    metadata records
    Updated in last 30 days.
    Science and Education scientific journal is based in Uzbekistan
    Access Repository Dashboard
    Do you manage Open Research Online? Become a CORE Member to access insider analytics, issue reports and manage access to outputs from your repository in the CORE Repository Dashboard! 👇