Science and Education scientific journal
Not a member yet
    1500 research outputs found

    Ko‘p o‘lchovli massivlarning funksional bog‘liqliklarini tahlil qilish va ularning tuzilish hamda raqamli xususiyatlari

    Get PDF
    Ushbu maqolada ko‘p o‘lchovli massivlarning funksional bog‘liqliklari, ularning strukturaviy va raqamli xususiyatlarini o‘rganishga doir nazariy va metodologik yondashuvlar ilmiy tahlil qilinadi. Ko‘p o‘lchovli massivlar zamonaviy kompyuter grafikasi, raqamli signal va tasvirlarni qayta ishlash, sun’iy intellekt, ilmiy hisoblashlar, fizik modellashtirish va statistik tahlil kabi sohalarda asosiy matematik obyekt sifatida qo‘llanadi. Ular o‘rtasidagi funksional bog‘liqliklar algoritmik jarayonlarning aniqligi, barqarorligi va samaradorligini belgilovchi muhim omildir. Maqolada massiv funksiyalarining analitik, struktura va spektral xususiyatlari, ularni tahlil qilish usullari, shuningdek, o‘qitishda qo‘llaniladigan didaktik metodlar yoritilgan

    Inson temperamentining psixologik xususiyatlari va ularning ijtimoiy hayotdagi o‘rni

    Get PDF
    Ushbu maqolada shaxs temperamenti tushunchasining psixologik mazmuni va uning turlari keng yoritilgan. Temperamentning inson xulq-atvori, emotsional reaksiyalar tezligi, ijtimoiy muhitga moslashuv jarayonidagi o‘rni ilmiy asosda tahlil qilingan. Shuningdek, temperament masalasiga oid qadimgi va zamonaviy psixolog olimlarning - Gippokrat, Galen, va boshqa tadqiqotchilarning ilmiy qarashlari solishtirma yondashuvda ko‘rib chiqilgan. Maqolada temperament turlarining o‘ziga xos psixofiziologik xususiyatlari, ularning shaxs rivoji va faoliyatiga ta’siri, tarbiya va ta’lim jarayonida temperamentni hisobga olishning amaliy ahamiyati asoslab beriladi

    Organik dehqonchilik qilinadigon yerlarda poliz ekinlarini yetishtirish

    Get PDF
    Mazkur maqolada organik dehqonchilik sharoitida poliz ekinlarini yetishtirishning asosiy tamoyillari, agrotexnik talablari va amaliy ahamiyati yoritilgan. Organik yerlarning tabiiy unumdorligini tiklash, o‘g‘itlashning ekologik manbalari, sug‘orish tizimlari, kasallik va zararkunandalarga qarshi biologik kurash usullari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Shuningdek, organik polizchilikda hosil sifatini oshirish, tuproqning biologik faoliyatini kuchaytirish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan tavsiyalar keltirilgan. Tadqiqot natijalari organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talab ortib borayotgan sharoitda poliz ekinlarini ekologik toza texnologiyalar asosida yetishtirishning dolzarbligini ko‘rsatadi

    Bolalar musuqa va san’t maktablarida do‘mbira cholg‘usini o‘qitish jarayonida AKTdan foydalanishning metodik asoslari

    Get PDF
    Ta’lim jarayonida AKTdan foydalanish metodikasi barcha bosqichlarda (tushuntirish, mustahkamlash va nazorat qilish) o‘rganishning aniqligi, interaktivligi va qulayligini oshirish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Bunga multimedia taqdimotlari, onlayn resurslar, ta’lim o‘yinlari, shuningdek, tajribalar, mustaqil ishlar va masofaviy ta’lim uchun interaktiv doskalar va virtual laboratoriyalardan foydalanish kiradi. Dombra o‘qitish metodikasi qo‘lni parda ustiga joylashtirish, asosiy tovush chiqarish texnikasini (tremolo, chertish va urish) o‘zlashtirish, nazariy mashg‘ulotlar (notalar, ritm) va musiqiy asarlar bilan amaliy ishlashni o‘z ichiga oladi

    Dumbra ijrochiligida bolalar qobiliyatini aniqlash va rivojlantirish usullari

    Get PDF
    Ushbu maqolada an’anaviy cholg‘u san’atida dumbra va dutor ijrochiligini o‘qitishning zamonaviy pedagogik yondashuvlari tahlil qilinadi. Dumbra ijrochiligida bolalar tabiiy musiqiy qobiliyatini aniqlash mezonlari, diagnostika usullari va bosqichma-bosqich rivojlantirish tamoyillari yoritilgan. Shuningdek, dutor chalish jarayonida mustaqil ijodiy yondashuvni shakllantirish, audiovizual texnologiyalar va media pedagogika vositalaridan foydalanishning o‘qitish samaradorligini oshirishdagi o‘rni ilmiy asosda bayon etilgan. Maqola musiqiy ta’lim jarayonida milliy cholg‘u ijrochiligini rivojlantirishga qaratilgan metodik tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi

    Musiqiy ta’lim jarayonida o‘yin metodlaridan foydalanishning nazariy-amaliy asoslari

    Get PDF
    Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqiy ta’lim jarayonini o‘yin metodlari asosida tashkil etishning nazariy-metodologik asoslari, psixologik-pedagogik mexanizmlari, didaktik imkoniyatlari va amaliy texnologiyalari fundamental darajada tahlil qilingan. Maqolada musiqiy-didaktik o‘yinlarning turlari, maqsadlari va vazifalari atroflicha yoritilgan: musiqiy idrokni rivojlantiruvchi o‘yinlar, musiqiy xotirani mustahkamlovchi o‘yinlar, musiqiy tasavvurni shakllantirguvchi o‘yinlar, musiqiy-ijodiy o‘yinlar (improvizatsiya, kompozitsiya elementlari), musiqiy-harakat o‘yinlari (musiqiy-ritmik, musiqali dramatizatsiya, rol o‘yinlari), musiqiy-teatrlashtirilgan o‘yinlar, didaktik o‘yinlar (kartali, loto, domino, viktorina, krossvord, jumboq), interaktiv va raqamli musiqiy o‘yinlar, syujetli va syujetsiz o‘yinlar, individual, juftlik va guruhli o‘yinlar

    Bog‘cha yoshidagi bolalar musiqiy faoliyatida kreativ fikrlashni shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari

    Get PDF
    Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning musiqiy faoliyati jarayonida kreativ (ijodiy) fikrlashni shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari, nazariy asoslari va amaliy mexanizmlari tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida kreativ fikrlash tushunchasi, uning komponentlari (originality, fluency, flexibility, elaboration), musiqiy kreativlik xususiyatlari, maktabgacha yoshda kreativ fikrlashning rivojlanish imkoniyatlari keng o‘rganilgan. Maqolada kreativ fikrlashni rivojlantiruvchi pedagogik shart-sharoitlar: psixologik muhit (xavfsizlik, qabul qilish, xatosiz hukm qilish), moddiy-texnik ta’minot (turli asboblar, materiallar, texnologiyalar), metodik ta’minot (kreativ metodlar, improvizatsiya, eksperimentlash), pedagog shaxsi va kompetensiyalari, tashkiliy sharoitlar (vaqt, joy, ijodiy muhit) atroflicha yoritilgan

    Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqiy repertuar tanlash mezonlari

    Get PDF
    Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar uchun musiqiy repertuarni tanlashning asosiy mezonlari va tamoyillari tahlil qilingan. Musiqiy asarlarni tanlab olishda bolalarning yosh xususiyatlari, psixologik-pedagogik talablar, milliy va jahon musiqiy merosi, zamonaviy pedagogika yutuqlari va ta’limiy maqsadlar e’tiborga olinishi zaruriyati asoslanган. Repertuar tanlashning ilmiy-metodologik asoslari, amaliy tavsiyalar va pedagog-musiqiychilarning kasbiy kompetensiyasi masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, repertuarning bolalarning musiqiy-estetik tarbiyasi, shaxsiy rivojlanishi va madaniy identifikatsiyasiga ta’siri tadqiq etilgan

    Kichik yoshdagi bolalarda musiqiy xotirani rivojlantirishning metodik asoslari

    Get PDF
    Ushbu maqolada kichik yoshdagi bolalarda musiqiy xotira va uning rivojlanish xususiyatlari tahlil qilingan. Musiqiy xotira - bu musiqiy materiallarni eslab qolish, saqlash va kerak vaqtida qayta tiklay olish qobiliyatidir. Maqolada 3-7 yoshli bolalarda musiqiy xotirani rivojlantirishning ilmiy-pedagogik asoslari, psixologik mexanizmlari va amaliy metodlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, musiqiy xotira bolaning umumiy intellektual rivojlanishi, nutq qobiliyati va ijodiy qobiliyatlari bilan chambarchas bog‘liq. Maqolada musiqiy xotirani rivojlantirish uchun qo‘shiq kuylash, musiqa tinglash, musiqiy-ritimik harakatlar va musiqiy o‘yinlardan foydalanishning samarali usullari tavsiya etilgan. Shuningdek, ota-onalar va tarbiyachilar uchun amaliy tavsiyalar berilgan

    Umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf musiqa darslaridagi qo‘shiqlarni ingliz tilida o‘girib foydalanishning pedagogik va estetik asoslari

    Get PDF
    Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf musiqa darslarida ingliz tilida qo‘shiqlarni o‘girib foydalanishning pedagogik va estetik asoslari ilmiy-metodik jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada ingliz tiliga tarjima qilingan qo‘shiqlar orqali o‘quvchilarning til va musiqa kompetensiyalari, estetik didaktikaksal jihatdan shakllanishi, shuningdek o‘zbek maktabining boshlang‘ich sinf musiqiy ta’limi kontekstida mazkur yondashuvning afzallik va cheklovlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning metodologiyasi sifatida adabiy-tahliliy, kuzatuv-eksperimental, so‘rovnoma-test usullari qo‘llanilib, bosqichma-bosqich dars jarayonida ingliz tilidagi qo‘shiqlarni joriy qilish modeli taklif etiladi

    1,500

    full texts

    1,500

    metadata records
    Updated in last 30 days.
    Science and Education scientific journal is based in Uzbekistan
    Access Repository Dashboard
    Do you manage Open Research Online? Become a CORE Member to access insider analytics, issue reports and manage access to outputs from your repository in the CORE Repository Dashboard! 👇