Science and Education scientific journal
Not a member yet
    1500 research outputs found

    Ideal gaz qonunlari mavzusini o‘qitishda raqamli simulyatsiya va animatsiyalardan foydalanish samaradorligi

    Get PDF
    Maqolada ideal gaz qonunlari mavzusini o‘qitishda raqamli simulyatsiya va animatsiyalardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot ikki umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazildi. Eksperimentda PhET, maktabda fizika va boshqa virtual platformalardan foydalanilib, o‘quvchilarning bilim darajasi testlar yordamida baholandi. Natijalar ko‘rsatishicha, raqamli vositalar mavzuning nazariy tushunchalarini chuqurroq anglash, vizuallashtirish va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda samarali ekan

    Maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasini boshqarishda shaxslararo munosabatlarning roli

    Get PDF
    Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasini boshqarish jarayonida shaxslararo munosabatlarning o‘rni va ta’siri ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida rahbarning kommunikativ madaniyati, muloqot uslubi, psixologik yetukligi hamda jamoa a’zolari bilan konstruktiv munosabatlarni shakllantira olish qobiliyati boshqaruv samaradorligining asosiy omili sifatida ko‘rsatib beriladi

    Sharl qonunining fizik mazmunini tushuntirishda virtual laboratoriyalarning o‘rni

    Get PDF
    Ushbu maqolada Sharl qonunining fizik mazmunini o‘quvchilarga chuqur va vizual tarzda tushuntirishda virtual laboratoriyalarning o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqotda efizika.ru platformasidan foydalangan holda virtual tajriba o‘tkazish, natijalarni tahlil qilish hamda real va raqamli muhitdagi o‘xshashliklar solishtirilgan

    Oliy ta’limda ovozni sozlash mashqlari orqali vokal ijrochiligini rivojlantirishning optimal usullari

    Get PDF
    Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida vokal yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarda ovoz imkoniyatlarini rivojlantirish, vokal texnikasini mustahkamlash va professional ijrochilik malakalarini shakllantirishda ovozni sozlash mashqlarining ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilinadi. Ovozning fiziologik, akustik va psixologik jihatlari, shuningdek, rezonans, nafas boshqaruvi va artikulyatsiya bilan bog‘liq optimallashtirilgan metodlar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot oliy ta’limda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan zamonaviy vokal pedagogikasi yondashuvlariga tayangan holda talabaning individual ovoz tabiatiga moslashgan mashqlar kompleksini ishlab chiqishga qaratilgan

    Zamonaviy texnologiyalarning atrof-muhitga ta’siri

    Get PDF
    Ushbu maqolada texnologik rivojlanishning salbiy ekologik oqibatlari, texnologiyalar ishlab chiqarish jarayonining kengayishi va resurslardan haddan ortiq foydalanish ekologik muvozanatga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi, texnologiyalar orqali ekologik muammolarni hal etish imkoniyatlari, elektron chiqindilar (e-waste) muammosi ham jiddiy ekologik tahdidga aylanganligi yoritillib, bir tomondan ekologik muammolarni keltirib chiqarsa, boshqa tomondan ularni bartaraf etish vositasi bo‘lishi mumkinligi bayon etilgan

    Maktabgacha yoshdagi bolalar musiqiy qobiliyatini rivojlantirishda integrativ ta’lim texnologiyalari

    Get PDF
    Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishda integrativ (integratsiyalashgan, kompleks) ta’lim texnologiyalarini qo‘llashning nazariy-metodologik asoslari, pedagogik imkoniyatlari va amaliy mexanizmlari fundamental darajada tahlil qilingan. Maqolada shuningdek, integrativ yondashuvning bolalar rivojlanishiga ta’siri, yaxlit dunyoqarash shakllanishi, universal bilimlar tizimiintegr muammolarni hal qilish ko‘nikmalari, kreativlik va ijodiy fikrlash rivojlanishi, fanlararo aloqalarni tushunish, amaliy qo‘llash ko‘nikmalari, motivatsiya va qiziqishni oshirish, shaxsning garmonic rivojlanishi. Tadqiqot natijalari maktabgacha ta’lim pedagoglari, magistr va doktorantlar hamda zamonaviy integativ ta’lim texnologiyalariga qiziqish bildiruvchi barcha mutaxassislar uchun mo‘ljallangan

    Bog‘cha yoshidagi bolalar uchun musiqiy o‘yinlar tizimini ishlab chiqish

    Get PDF
    Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida bog‘cha yoshidagi bolalar uchun musiqiy o‘yinlar tizimini ishlab chiqishning nazariy asoslari, metodologik prinсiplari va amaliy texnologiyalari tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida musiqiy o‘yin tushunchasi, uning pedagogik funksiyalari, turlari va tasnifi, yosh xususiyatlariga mos o‘yinlar tizimi, o‘yinlarni loyihalash va tashkil etish metodikasi keng o‘rganilgan. Maqolada musiqiy o‘yinlar tizimining komponentlari: maqsad va vazifalar, mazmun, metodlar va shakllar, materiallar va vositalar, baholash mezonlari atroflicha yoritilgan. Tadqiqot natijalari asosida maktabgacha ta’limda musiqiy o‘yinlar tizimini yaratish va amalda qo‘llash bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan

    Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan vokal mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasi

    Get PDF
    Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar bilan vokal (qo‘shiq kuylash) mashg‘ulotlarini tashkil etishning nazariy asoslari va amaliy metodikasi tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida bolalar vokal apparati anatomiyasi va fiziologiyasi, yosh xususiyatlariga ko‘ra tovush diapazoni, nafas olish texnikasi, tovush hosil qilish, diktsiya va artikulyatsiya, vokal xigienasi keng o‘rganilgan. Maqolada vokal mashg‘ulotlarining tuzilishi, qo‘shiq o‘rganish bosqichlari, nafas va artikulyatsion mashqlar, vokal-texnik mashqlar, repertuar tanlash mezonlari, ansambll va xor ijrosi metodikasi, vokal qobiliyatlarini diagnostika qilish atroflicha yoritilgan. Bolalarda ovozni sog‘lom rivojlantirish, vokal nuqsonlarining oldini olish va bartaraf etish masalalari ham chuqur tahlil qilingan

    Musiqiy ta’lim jarayonida psixologik-pedagogik yondashuvlarning uyg‘unligi

    Get PDF
    Maqolada musiqiy ta’lim jarayonini tashkil etishda psixologik va pedagogik yondashuvlarning integratsiyasi masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotda musiqiy ta’limning psixologik asoslari, bolalarning yosh va individual xususiyatlari, musiqiy qobiliyatlarning rivojlanish mexanizmlari hamda pedagogik jarayonni loyihalashtirishda psixologik bilimlardan foydalanish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Maqolada kognitiv, gуmanistik, faoliyat, shaxsga yo‘naltirilgan va boshqa zamonaviy psixologik-pedagogik yondashuvlarning musiqiy ta’limdagi o‘ziga xos jihatlari yoritilgan. Tadqiqotda pedagog va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, motivatsiya mexanizmlari, emotsional muhitning ta’siri, individual va guruhli ishlash metodikasi, shuningdek, ta’lim jarayonida psixologik qulay sharoitlarni yaratish masalalari ilmiy asoslangan

    Ethical and pedagogical implications of artificial intelligence in education

    Get PDF
    The rapid integration of artificial intelligence into educational contexts has generated both unprecedented opportunities for personalized learning and significant ethical challenges. This article explores the ethical and pedagogical implications of AI in education, focusing on issues of privacy, bias, transparency, and the evolving role of teachers and students. While AI systems promise to enhance adaptive learning, automate assessment, and support institutional decision-making, they also risk reducing education to a transactional process governed by data-driven algorithms. Ethical concerns such as surveillance, commercial exploitation of student data, and algorithmic bias are analyzed alongside pedagogical consequences, including shifts in teacher responsibility, student autonomy, and the cultivation of critical thinking skills. The discussion emphasizes the necessity of developing transparent, fair, and culturally responsive AI systems while ensuring that educators and learners remain central to the educational process. Ultimately, the article argues for a balanced approach in which AI complements human-centered pedagogy, preserving the values of inclusivity, creativity, and critical inquiry that define meaningful education

    1,500

    full texts

    1,500

    metadata records
    Updated in last 30 days.
    Science and Education scientific journal is based in Uzbekistan
    Access Repository Dashboard
    Do you manage Open Research Online? Become a CORE Member to access insider analytics, issue reports and manage access to outputs from your repository in the CORE Repository Dashboard! 👇