Science and Education scientific journal
Not a member yet
    1500 research outputs found

    Sotsial psixologik xizmat

    Get PDF
    Ushbu maqolada insonlarning ijtimoiy va psixologik muammolarini hal qilishga yordam beruvchi xizmat turi. U o‘z ichiga individlarning yoki guruhlarning psixologik holatini, ijtimoiy munosabatlarini, hamda shaxsiy va jamoaviy muammolarni tahlil qilish va ularga yechim topishni o‘z ichiga olad

    Dinamik sistemalar, ularning tasnifi va qo‘llanilish sohalari

    Get PDF
    Dinamik sistemalar - bu haqiqiy obektlar, jarayonlar yoki hodisalarning matematik modeli boʻlib, maʻlum bir jarayonning hatti - harakatini bir holatdan ikkinchisiga oʻtish ketma - ketligini tasvirlaydi. Dinamik sistemalar asosan fizika, biologiya, iqtisod, raqamli modellashtirish, muhandislik, astronomiya sohalaridagi dolzarb masalalarni yechishda keng qo‘llaniladi. Ushbu maqolada dinamik sistemalarning umumiy ko‘rinishi berilgan bo‘lib, uning dunyo bo‘ylab va O‘zbekistondagi qo‘llanish sohalariga alohida e’tibor qaratilgan. Maqola yurtimizda operatsion samaradorlikni oshirish va barqaror rivojlanishni ta’minlashda dinamik sistemalarning imkoniyatlarini ko‘rsatib beradi

    Jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan bolalarda komorbid holatlarni korreksiya qilish

    Get PDF
    Jarrohlik amaliyotida komorbid patologiyaning mavjudligi operatsiyadan keyingi davrning borishiga, asoratlarning rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek prognozga ta’sir qiladi. Jarrohlikdagi mavjud standartlar va yondashuvlar behushlik, intensiv terapiya va jarrohlik taktikasini tanlashda komorbid kasalliklar tahlilini o‘z ichiga olishi kerak. Bolalarda tug‘ma yurak kasalligi uchun jarrohlik aralashuvlar paytida intensiv terapiya, shu jumladan barcha muhim organlarning buzilishlarini tuzatish kerak. Tadqiqotimizda biz ba’zi kasalliklarni, xususan, jismoniy rivojlanish, gormonal va immunitet holatining buzilishi va neyrokognitiv kasalliklarni tuzatishga e’tibor qaratdik. Biz ushbu buzilishlarni tuzatish bo‘yicha bir nechta mahalliy va xorijiy adabiyot ma’lumotlarini o‘rganib chiqdik

    Modern echocardiographic methods for detection of cardiac dysynhrony

    Get PDF
    Chronic heart failure (CHF) remains one of the most pressing problems of modern cardiology. Despite modern treatment methods, the improvement of the quality of life and prognosis of patients with CHF is slowing down. Cardiac resynchronization therapy (CRT) has emerged as a new and promising direction in the treatment of CHF in the last decade. However, the effectiveness of CRT largely depends on the correct selection of patients, which requires an accurate assessment of cardiac dyssynchrony

    Tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan bolalarda gormonal va immun fondagi o‘zgarishlar

    Get PDF
    Tug‘ma yurak nuqsonlari (TYuN) bolalarda eng ko‘p uchraydigan anomaliyalardan biridir. TYuN chastotasi barcha rivojlanish nuqsonlarining 30% gacha. Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, har yili MDH mamlakatlarida bolalarda turli darajadagi murakkablikdagi 20 mingdan ortiq tug‘ma yurak nuqsonlari qayd etiladi, ularning 75 foizi nuqsonni jarrohlik yo‘li bilan tuzatishni talab qiladi. TYuN bilan og‘rigan bolalar gormonal va immun muvozanati tufayli turli kasalliklarga moyil. Qoida tariqasida, operatsiyadan keyingi davrda kardiolog va pediatrning asosiy vazifasi bolaning yurak-qon tomir tizimini moslashtirishga qaratilgan. Biroq, ushbu toifadagi bemorlarning gormonal va immun tizimi dinamik ravishda baholanmaydi. Shu munosabat bilan tug‘ma yurak nuqsonlari bo‘lgan bolalarning gormonal va immun tizimini erta yoshda o‘rganish masalasi dolzarbligicha qolmoqda va bu borada ilmiy izlanishlarni talab qiladi

    Stomatologik kasalliklarning oldini olishda og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi vositalarining ahamiyati

    Get PDF
    Odamlarning stomatologik salomatligi zamonaviy jamiyatning muhim muammosidir. Barcha davrlarda tishlarning sog‘lomligi, shubhasiz, og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi bilan bog‘liq bo‘lgan, shifokorlar inson tishlari sog‘lom bo‘lsa, sog‘lom bo‘ladi, deb ta’kidlashgan. Og‘iz bo‘shlig‘ining professional va individual gigiyenasi stomatologik kasalliklarning oldini olishning asosiy tarkibiy qismi va aholining stomatologik salomatligining asosiy ko‘rsatkichidir. Tish cho‘tkalari, tish pastalari, eliksirlar, chayish vositalari kabi maxsus gigiyena vositalari yordamida og‘iz bo‘shlig‘ini har kuni parvarish qilish og‘iz bo‘shlig‘i salomatligini saqlash va qattiq to‘qimalar, parodont to‘qimalari kasalliklari rivojlanishining oldini olish imkonini beradi

    Qon tizimining o‘sma kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda perianal infeksiyaning rivojlanishi va oldini olish

    Get PDF
    Qon tizimining o‘sma kasalliklarida (QTO‘K) perianal infeksiya (PI) patogenlarning keng doirasi, turli xil klinik ko‘rinishlar va yuqumli jarayonning rivojlanish mexanizmlari bilan tavsiflanadi

    O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tafakkurini o‘stirishda musiqa madaniyati darslarining ahamiyati

    Get PDF
    Musiqa madaniyati darslari nafaqat o‘quvchilarning musiqiy savodxonligini oshirish, balki ularning ma’naviy-axloqiy tafakkurini rivojlantirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Musiqa inson qalbini yuksaltiruvchi, uni ezgulikka undovchi san’at turi bo‘lib, uni to‘g‘ri yo‘naltirish orqali yosh avlodning barkamol inson bo‘lib shakllanishiga xizmat qilishi mumkin. Shu sababli ta’lim tizimida musiqa madaniyati darslarining ahamiyatini oshirish va uni zamonaviy metodlar bilan boyitish lozim. Faqat shundagina biz kelajak avlodni ma’naviy yetuk, axloqan pok va ijodiy fikrlovchi shaxs sifatida voyaga yetkazishimiz mumkin. Ta’lim jarayonida musiqa madaniyati darslarining o‘rni va ahamiyati beqiyosdir

    Milliy cholg‘ularda professional ijrochilikning kreativ metodlarni rivojlantirishning omillari

    Get PDF
    Milliy cholg‘ular ijrochiligida kreativ metodlarni rivojlantirish, an’anaviy va zamonaviy usullarni uyg‘unlashtirish orqali yanada yuqori saviyaga ko‘tarilishi mumkin. Innovatsion pedagogika, eksperimental ijrochilik, zamonaviy janrlar bilan integratsiya va xalqaro tajriba o‘rganish orqali milliy cholg‘ular san’ati yangi bosqichga chiqadi. Bu esa nafaqat milliy musiqiy madaniyatni saqlash, balki uni rivojlantirish uchun ham muhim omildir. Milliy cholg‘ularimiz uzoq tarixga ega bo‘lib, ular xalqimizning madaniyati, an’analari va milliy o‘zligini ifodalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda milliy cholg‘ularda ijrochilik mahoratini oshirish va yangi uslub hamda metodlarni rivojlantirish zarurati dolzarb masalalardan biridir. Ushbu maqolada milliy cholg‘ularda professional ijrochilikning kreativ metodlarini rivojlantirish omillari yoritiladi

    Жамиятдаги спорт натижаларининг тараққиётга таъсир этувчи омиллар

    Get PDF
    Ушбу мақолада спорт мусобақалари ижтимоий ҳаётнинг ажралмас қисми эканлиги, уларнинг спорт натижаларига таъсир этувчи омиллари ҳамда давлатимиз томонидан спортни ривожлантириш йўлида амалга оширилаётган чора-тадбирларнинг аҳамияти таҳлил қилинади. Шунингдек, спортчиларнинг юксак натижаларга эришишлари учун зарур бўлган шарт-шароитлар ва тавсиялар муҳокама қилинади. Спортни оммавийлаштириш, унинг жамият ривожига қўшаётган ҳиссаси ва бу йўналишда амалга оширилаётган инновацион ёндашувлар ҳақида ҳам маълумотлар келтирилади. Бундан ташқари, жаҳонда спортга оид илғор тажрибалар ва инновацион методлар таҳлил қилинади

    1,500

    full texts

    1,500

    metadata records
    Updated in last 30 days.
    Science and Education scientific journal is based in Uzbekistan
    Access Repository Dashboard
    Do you manage Open Research Online? Become a CORE Member to access insider analytics, issue reports and manage access to outputs from your repository in the CORE Repository Dashboard! 👇